Dunyoda nechta davlat bor?
Fanda yoki xalqaro
hududlarda "davlat" tushunchasining umum tan olingan yagona tarifi
bo‘lmagan kabi dunyoda nechta davlat borligi haqidagi savolga aniq javobni
aytish birmuncha mushkul. Buning sababi dunyo kartasida mustaqil davlatlar, umum tan
olmagan davlatlar, maqomi aniqlanmagan davlatlar, o‘z-o‘zini boshqara
oymaydigan va boshqa davlatlarga qaram mamlakatlarning mavjudligi bilan
izohlash mumkin.
XX-asrning boshlariga kelib, davlatlarni
siyosiy-geografik birlik sifatida tan olish birmuncha dolzarb masalaga aylandi.
Chunki 1919-yildan boshlab o‘tkazila boshlagan butunjahon anjumanlari va
Millatlar Ligasi tashkil etilishi "Ushbu tadbirlarga kimlarni ma'lum
davlat vakillari sifatida taklif etish lozim va qaysi hududiy birliklar Millatlar
Ligasiga to‘laqonli a'zo bo‘lishi mumkin?" - degan masalani ko‘ndalang
qo‘ydi.
Bu muammoni 1933-yilda Urugvayning Montevideo
shahrida o‘tkazilgan anjumanda qabul qilingan va keyinchalik Montevideo
konvensiyasi deb nom olgan yakuniy hujjatda "davlat" tushunchasiga
ta'rif berilib, uni siyosiy-geografik birlik sifatida tan olishning quyidagi
asosiy to‘rtta mezoni aniqlanib berildi:
1. Doimiy aholining mavjudligi;
2.
Ma'lum hududga egaligi;
3. O‘z hukumatining mavjudligi;
4. Boshqa davlatlar bilan
tashqi aloqaдarni amalga oshirish imkoniyati.
Haqiqatdan ham, davlat xalqaro huquqning sub'ekti
sifatida xalqaro munosabatlarning asosiy ishtirokchisi hisoblanadi va ma'lum
aholiga ega bo‘lgan hududda siyosiy hokimyatni tashkil etishni o‘z ichiga
oladi.
Ilmiy adabiyotlarda davlat bilan bir qatorda
ko'pincha "mamlakat" degan tushuncha ishlatiladi. Mamlakat - ma'lum
chegaralar va aholiga ega bo‘lgan geografik hudud, u suverenitetga ega bo‘lgan
davlatlardan farqli o‘laroq, boshqa bir davlatga qaram bo‘lishi ham mumkin.
Ko‘p hollarda "davlat" va
"mamlakat" tushunchalari sinonim sifatida ishlatilsa-da, ularning
o‘rtasida ma'lum farq mavjud. Davlat tushunchasi, birinchi navbatda, ma'lum
hududda o‘rnatilgan siyosiy hokimyati tizimini bildirsa, mamlakat tushunchasi ko‘proq
madaniy va umumgeografik omillar majmuiga tegishlidir.
Montevideo konvensiyasida belgilab berilgan mezonlar hozirgi kunda
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yangi
a'zolar qabul qilishda ularning mavjudligi qat'iy hisobga olinadi.
Ana shunga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoda ushbu
mezonlarga to‘la javob beradigan 193 ta mustaqil davlat mavjud va ulardan 192 tasi
BMTga a'zo hamda Vatikan BMTda doimiy kuzatuvchi maqomiga ega. Ammo shu bilan
bir qatorda, Montevideo
konvensiyasining mezonlariga ma'lum darajada mos keladigan, dunyodagi ba'zi
mamlakatlar tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olingan va BMTga a'zo
bo‘lmagan 8 ta siyosiy-geografik hududiy birliklar mavjud.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.