loading...

Dunyoda nechta davlat bor? 

94741

Ma’lumki, dunyoda nechta davlat bor degan savolga aniq javob berish qiyin. Buning sababi, dunyo xaritasida turli maqomga ega hududiy-ma’muriy birliklar - mustaqil davlatlar, jahon hamjamiyati to’la tan olmagan mamlakatlar, maqomi noaniq davlatlar, qaram davlatlar mavjudligi bilan izohlash mumkin. 

Davlatlarni siyosiy birlik sifatida tan olish XXasrning boshlariga kelib birmuncha dolzarb masala bo’lib qoldi. Chunki, 1919-yildan boshlab o’tkazila boshlagan butunjahon anjumanlari, Millatlar Ligasini tashkil etilishi ushbu tadbirlarda davlatlarning qatnashish huquqlari masalasi ko’ndalang qo’yiladigan bo’ldi. Bu muammoni 1933-yil Urugvayning Montevideo shahrida o’tkazilgan xalqaro anjumanda hal etishga ilk bor harakat qilib ko’rildi. Anjumanda qabul qilingan "Montevideo konvensiyasi" deb nomlangan hujjatda "davlat" tushunchasiga ta’rif berilib, uni siyosiy-geografik birlik sifatida tan olishning quyidagi asosiy to’rtta mezoni belgilandi: 
1. Doimiy aholining mavjudligi
2. Ma’lum hududga egaligi
3. O’z hukumatining mavjudligi
4. Boshqa davlatlar bilan tashqi aloqa qilish imkoni mavjudligi
Haqiqatdan ham manbalarga ko’ra, davlat xalqaro huquqning subyekti  sifatida xalqaro munosabatlarning asosiy ishtirokchisi hisoblanadi va muayyan aholiga ega bo’lgan hududda siyosiy hokimiyatni tashkil etishni o’z ichiga oladi.

Adabiyotlarda davlat bilan bir qatorda "mamlakat" tushunchasi ham ishlatiladi. Ko’p hollarda "davlat" va "mamlakat" tushunchasi  sinonim sifatida ishlatilsada, ularning o’rtasida muayyan farq mavjud. Davlat tushunchasi, birinchi navbatda tegishli hududda o’rnatilgan siyosiy hokimiyat tizimini bildirsa, mamlakat tushunchasi ko’proq madaniy va umumgeografik omillar majmuiga tegishlidir. 

Montevideo konvensiyasida belgilab berilgan mezonlar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. BMTning yangi a’zolar qabul qilishda ushbu mezonlar albatta inobatga olinadi. Shunga ko’ra, hozirgi kunda dunyoda ushbu mezonlarga to’la javob beradigan 194ta mustaqil davlat mavjud (2011-yil 9-iyul Sudan ikkiga Janubiy Sudan ga bo’lindi va 14-iyul kuni BMTga a’zo bo’ldi). Shu davlatlardan 193 tasi BMTga a’zo, dunyodagi eng mitti davlat- Vatikan BMTda doimiy kuzatuvchi sifatida qatnashadi. Montevideo Konvensiyasiga javob bermaydigan sakkizta siyosiy birlik BMTga a’zo bo’lgan.

Shuningdek, Falastin, Sahroi Kabir, Silend kabi birliklar maqomi noma’lum hududlarga kirsada, ularda davlatning barcha belgilari bor. Ammo dunyo siyosiy xaritasida davlatning barcha belgilariga ega  lekin mustaqil boshqaruvga ega bo’lmagan 61ta hududiy birlik ham bor. Ba’zi ishlarni o’zlari hal qilishi tufayli ba’zi mamlakatlar ularni mustaqil deb tan olgan, shuning evaziga dunyoda 221 ta davlat ba’zi manbalarda 230ta davlat bor deyiladi. Masalan, Germaniyada chop etilgan adabiyotlarda 243 ta davlat borligini ko’rish mumkin. Har yili Nyu-Yorkda chop etiladigan "Dunyo mamlakatlari" jurnalida jami 195 ta davlat borligi ta’kidlangan.

Har yil Vashingtonda chop etiladigan "Jahon faktlar yilnomasida" (World Year Factbook) duynoda 266 ta siyosiy va geografik hudud borligi haqida ma’lumot beradi.
Shunday qilib, dunyodagi davlatlar soni davlat va mamlakatlarga qanday ta’rif berilishiga qarab, 196 tadan 266 tagacha o’zgarishi mumkin. Adabiyotlarda davlatlar soni turlicha bo’lishiga sabab, mutaxasislar bu masalaga qanday yondashganiga qarab belgilanishi mumkinligini xulosa qilish mumkin.
Normurod LATIPOV 
                                      Navoviy davlat pedagogika instituti
tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o`qitish metodikasi yo’nalishi
                                                         2-A guruh talabasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash