loading...

Antarktida muzlarining qisqarishi Jahon okeani sathini ko'tarmoqda 

2222

So'nggi 25 yilda Antarktida 3 trillion tonnadan ortiq muz yo'qotdi. Ta`kidlash joizki, oxirgi 5 yilda muzlarning yo'qolish ko'rsatkichlari keskin oshdi. Mazkur qit`aning muz qatlami holatiga doir eng keng ko'lamli tadqiqotlar natijasija shunday xulosalar keltirildi. Tadqiqot 1992 yildan 2007 yilgacha sun`iy yo'ldosh kuzatuvlari doirasidagi ma`lumotlarni tahlil qilgan 84 nafar olimdan iborat xalqaro guruh tomonidan o'tkazildi. 


Tadqiqotchilar hozirda qit`a o'z muz zaxiralarini 2012-yilgacha bo'lgan davrga qaraganda uch baravar tezroq yo'qotayotganini aniqlashdi. Yillik yo'qotish darajasi 241 milliard tonnadan ko'proqqa baholanmoqda. Bunda so'nggi 25 yilda Antarktida muz zaxiralari yo'qotishining umumiy hajmda Jahon okeani sathini taxminan 8 millimetrga oshirdi. Boz ustiga, bu o'sishning 40 foizi (3 mm) oxirgi 5 yilga to'g'ri kelmoqda. 


Jahon okeani sathining bir necha millimetrga ko'tarilishi bir qarashda u qadar ahamiyatsizdek tuyulishi mumkin, biroq agar avvalgi tadqiqotlar natijalarini yodga oladigan bo'lsak, iqlimning global o'zgarishi Antarktida muz qatlami hajmining qisqarishiga hech qanday ta`sir o'tkazmaydi. Yangi ma`lumotlar esa qit`aning "muz qalpog'i" iqlim o'zgarishlariga (birinchi navbatda, isishiga) u qadar chidamli emasligiga ishora qilmoqda. Shu bois uning Jahon okeani sathiga ta`sir salohiyatiga doir prognozlarni qayta ko'rib chiqish joiz. Xalqaro olimlar guruhi tomonidan o'tkazilgan tahlil Antarktida muzlari erishi natijasida Jahon okeani sathi 58 metrga ko'tarilishi mumkinligini ko'rsatdi.


Olimlarning yangi hisoboti Nature Research jurnalida taqdim etildi va Antarktidaning holati haqida bir vaqtning o'zida chop etilgan besh ma`ruzadan biri bo'ldi. Bu tadqiqotlar umumiy hisobda bunday o'zgarishlarning global iqlim o'zgarishlariga ta`sir darajasini aniqlash uchun qit`aning ham o'tmishdagi, ham hozirgi holatiga taalluqlidir. Bundan tashqari, inson faoliyatining qit`adagi roliga doir masalalar ham shu yerda ko'rib chiqilmoqda va ekologiya hamda geologiyani muhofaza qilish variantlari muhokama qilinmoqda. 

manba: kun.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash