loading...

Dunyodagi eng ajoyib ko‘llar reytingi 

9050

Bugun sizni dunyoning eng hayratlanarli va noodatiy ko‘llari reytingi bilan sizni tanishtirib o‘tamiz. Ishoning, ushbu ko‘llar har qanday insonni lol qila oladi. Reytingimizni 10-o‘rin bilan boshlab, 1 o‘rin bilan yakunlaymiz.

Dominika - Boyling qaynovchi ko‘li


Dominika ittifoqi mittigina orol mamlakat bo‘lib, aynan shu yerda Boyling nomli qaynaydigan ko‘l joylashgan. Uning nomi ingliz tilidan tarjima qilinganda ham aynan “qaynovchi” degan ma’noni bildiradi. Bu shunchaki o‘xshatish emas. Boyling ko‘lidagi suv harorati 200 daraja Selsiygacha chiqishi mumkin va bunday vaziyatda u haqiqatan qaynay boshlaydi. Ushbu suv havzasining yana bir o‘ziga hosligi shundaki, Boyling maydon kattaligi bo‘yicha dunyodagi barcha issiq ko‘llar ichida ikkinchi o‘rinda turadi. Ko‘l issiq havo ta’sirida sanoqli daqiqalar ichida qaynab ketadi, shu bilan birga suvning harorati 10 gradusgacha ham tushishi mumkin. Bu fasl va ob-havo sharoiti ta’sirida bo‘lib o‘tadi, albatta. Ko‘lda cho‘milish mutlaqo ta’qiqlangan va hayot uchun xavfli sanaladi. 

Laguna-Kolorado


9-o‘rindan Laguna-Kolorado qonli ko‘li o‘rin olgan. Laguna-Kolorado Suv-botqoqlik mulklari konventsiyasiga kiritilgan halqaro miqyosidagi muhim tabiat ob'yektlaridan biri hisoblanadi. 2007-yilda ushbu mineral ko‘l yangi yetti mo‘jiza ro‘yxati nomzodlaridan biriga aylangan, ammo ovozlar soni yetarli bo‘lmagani sabab tanlov finalidan o‘ta olmagan. Tabiat qonunlariga hilof ravishda bu yerdagi suv moviy yoki yashil emas, qizil rangda bo‘lib, ajoyib manzaralar va bu yerga maftun bo‘lgan flamingolar galasi ko‘lga behad noyob ko‘rinish hamda o‘ziga hos kolorit bag‘ishlaydi. Suvning noodatiy rangi kunning turli qismlari va havo haroratiga qarab qizil, yashil va to‘q siyohrang tuslarga kiradi. Bu holatni suvda dengiz o‘tlarining yo‘qligi va tuz, shuningdek tog‘ jinsi cho‘kindilari pigmentatsiyasi bilan izohlashadi.

To‘q qizil suv oppoq bura mineralidan tashkil topgan orolchalar bilan fantastik ko‘rinish hosil qiladi. Yoz paytida bu yer anchagina iliqlashib qoladi, ammo kechki paytga kelib, havo harorati 0 gradusdan ham pastga tushib ketishi mumkin. Ko‘ldagi turistik ekskursiyalar odatda aynan iliq mavsumga mo‘ljallanadi. Sababi shu paytda tabiat manzarasi ajoyib bo‘yoqlar bilan go‘zallashadi. 

Nyos ko‘li


8-o‘rinni portlovchi Nyos ko‘li band etdi. Kamerunda joylashgan ushbu ko‘l dunyodagi mashhur va sanoqli portlovchi ko‘llardan biri. Uning ostida magniy qatlami bo‘lib, u ko‘lni karbonad angidrid gazi bilan to‘ldiradi va uning suvini ham karbonad angidrid gaziga aylantiradi. 1986-yilda bu yerda ulkan gaz portlashi sodir bo‘lgan va natijada 1700 ta odam hamda yaqin qishloqlardan 3500 nafar chorva mollari bo‘g‘ilib o‘lgan. Bu tabiiy hodisa sabab sodir bo‘lgan eng yirik asfiktsiya holatidir. Bunday hodisa xavfi dunyoning uchta portlovchi ko‘llarida ham bor. Ammo aynan Nyos ko‘li takroriy falokat manzili bo‘lishi mumkin. Sababi ko‘lning tabiiy o‘zani juda mo‘rt va yoriqlar borasida nozik. 

Orol dengizi


Reytingimizning 7-o‘rnida Orol dengizi nomini ko‘rish mumkin. Orol dengizi bir vaqtlar dunyodagi eng katta ko‘llar sirasiga kirgan va ming afsuski ayni kunlarda bu yerda qurib qolgan sahronigina ko‘rish mumkin. Uning hududida ko‘p vaqtlar avval ko‘lning qanchalar ulkan ekanligini bildirgancha suv yuzasida suzib yurgan va bugungi kunda zang bosgan kema qoldiqlari ham ko‘zga tashlanadi. 1960-yildan boshlab orol sobiq Sovet ittifoqiga tegishli irrigatsion loyihalar sabab kichkinalashib borgan. Loyihalar ko‘lni suv bilan ta’minlab turgan daryolar yo‘nalishini boshqa tomonga o‘zgartirishni ham o‘z ichiga olgan edi. Hududning baliqchilik xo‘jaligi va ekotizimi singan, Orolning qurishi esa koinotning eng yomon tabiiy halokatlari qatorida tan olingan.

Don-Juan ko‘li


Reytingimizning 6-o‘rni Don-Juan ko‘liga tegishlidir. Antarktidaning g‘arbiy qismida joylashgan Rayt vodiysida shimoliy yarimsharning eng sho‘r suvga ega bo‘lgan havzasi joylashgan. Uning sho‘rligi 402 promillga teng bo‘lib, bu O‘lik dengizi suvining sho‘rligidan 65 promill va okeanlar sho‘rligidan 18 barobar ko‘proq degani. Boshqa sho‘r suvli Antarktida ko‘llari qatorida Don-Juan ham hech qachon muzlamaydi, hattoki uning harorati - 53 darajaga tushib ketsa ham!

Ko‘l ilk bor 1961-yilda vertolyotchilar Don Moro va Jon Xikkilar tomonidan topilgan,so‘ng aynan ularning ismi sharafiga nom olgan.


Tadqiqotlar paytida ko‘l yer osti suvlari maskani sifatida qayd etilgan. Ko‘l joylashgan Rayt vodiysi juda quruq tabiatli va bu yerda kuchli shamol hamda quruq havo kuzatiladi. Aynan shuning uchun ham atrofdagi muzliklardan hosil bo‘lgan ko‘l suvi bug‘lanib, uzoq muddat davomida o‘zida mineral moddalarni jamlaydi. Million yillar davomida Rayt vodiysida quruq vodiylar kabi ma’lum sharoitlar saqlanib qolgan, buning natijasida esa tuz va boshqa mineral moddalar kontsentratsiyasi vujudga kelgan.

O‘lik dengizi


O‘lik dengizi - dunyodagi eng chuqur gipergalin ko‘l hisoblanadi. Bu yerdagi suv unda tirik jonzotlar hayot kechirishi uchun juda sho‘rlik qiladi, aynan shu sababli ham u O‘lik dengizi deya atalgan. Ko‘l yuzasi dengiz sathidan 415 metr chuqurlikda joylashgan, bu esa uning dunyodagi eng chuqur gipergalin  ko‘l bo‘lishini ta’minlab beradi. O‘lik dengizining suvi tarkibidagi tuzlar miqdori sabab bu yerda cho‘milish juda qiyin, ammo oqim bilan suzish o‘ta yoqimli! 20 asr o‘rtalarida Isroilda joylashgan O‘lik dengizi g‘orlaridan injil o‘ramlari topilgan. Ularning bir qismi bu yerdagi noyob iqlim sharoiti tufayli saqlanib qolgan. O‘lik dengizi shuningdek Iordan mamlakatini ham chegaralab turadi.

Taal ko‘li


Ro‘yxatimizning 4-o‘rnidan Taal ko‘li o‘rin oldi. Ushbu ko‘l Fillippin o‘lkasida joylashgan va alohida diqqatga sazovor. Bu ko‘l markazida Vulqon nomi bilan ataluvchi orol bor. Vulqonning kraterida ham yana bir kichik ko‘l bo‘lib, ushbu kompleks ko‘l ichida joylashgan orol ichidagi ko‘l sifatida mashhur. Ushbu ajoyib ketma-ketlik shuning o‘zi bilan tugamaydi. Eng qizig‘i, kichik ko‘l markazidaVulqon-point deya ataluvchi yana bitta mittigina orolcha ham bor. Bunisiga nima deysiz?

Balxash ko‘li


Ro‘yxatning 3-o‘rnidan Balxash ko‘li o‘rin olgan. Balxash Qozog‘istonda joylashgan bo‘lib,u kattaligi bo‘yicha dunyoda 12-o‘rinda turadi. Ammo uning qiymatini oshiruvchi jihat bu emas. Ushbu ko‘l suvining yarmi chuchuk suv, teng yarmi esa sho‘r suvdan iborat. Ko‘lning ikki qismini eni 3,5 kilometr va chuqurligi 6 metr keladigan ingichka yer bo‘lagi ajratib turadi. Balxash ko‘lining ham Orol dengizi kabi qurib qolish xavfi bor. Ayni paytda uni suv bilan ta’minlab turadigan manbalar o‘zanini o‘zgarmoqda.

Tonlesap ko‘li



Ikkinchi o‘rinda ikki tomonga oqadigan Tonlesap ko‘li nomini ko‘rishingiz mumkin. Ushbu noyob ekotizim Kambodjada joylashgan va uni ko‘l ham, daryo ham deyish qiyin.Yilning quruq mavsumlarida Tonlesap suvlari Mekong daryosiga qarab oqadi,mussonlar paytida esa oqim shunchalar kuchli bo‘ladiki, suvni qaytarib ko‘lga olib keladi. Natijada janubi-sharqiy Osiyodagi eng katta chuchuk suvli ko‘l hosil bo‘ladi. Ko‘l yiliga ikki marta o‘z oqim yo‘nalishini o‘zgartiradi va shu sababli hudud noyob tabiat rang-barangligini ta’minlagan maskan sifatida YUNESKO biosferasi deya tan olingan.

Baykal ko‘li


Reytingimizning mutlaq g‘olibi - Baykal ko‘lidir. Rossiyaning ushbu ulkan suv havzasi dunyodagi eng qadimiy va chuqur ko‘l hisoblanadi. Bundan tashqari u kattaligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, shu bilan birga suvi eng toza ko‘l ham hisoblanadi. Noma’lum sabablarga ko‘ra ko‘l 250 000 000 yil davomida suvini to‘liq holatini saqlab qolishga erishgan bo‘lib, u o‘zida butun Yerning yuzining 20% chuchuk suvini jamlagan. Ko‘lda yashovchi jonivorlarning 2/3 qismini dunyoning boshqa hech bir burchagida uchratmaysiz. Ko‘l YUNESKOning halqaro meroslar ro‘yxatiga kiritilgan. Baykal Osiyo markazida, Irkutsk viloyati va Buryatiya respublikasi chegarasida joylashgan bo‘lib, janubi-g‘arbdan shimoli-sharq tomon 620 kilometrga yarimoy shaklida cho‘zilgan.

Suv havzasining eni 24 kilometrdan 79 kilometrgacha o‘zgarib turadi. Baykal tubi dunyo okeani sathidan 1167 chuqurlikda joylashgan, suvning ochiq qismi esa 356metr balandlikda. Baykalning suv yuzasi maydoni 31722 kilometrga teng bo‘lib, bu Belgiya va hatto Niderlandiya maydoni bilan barobar deganidir. Suvning ochiq qismi maydoni bo‘yicha Baykal dunyoning eng katta ko‘llar qatorda 7 o‘rinda. Suv yig‘iladigan maydon 57000 kilometrga teng keladi, qirg‘oq chizig‘i uzunligi esa 2000 kilometr. Ko‘l o‘ziga hos havzada joylashgan bo‘lib, har tomoni tog‘ cho‘qqilari va tepaliklar bilan o‘ralgan. Bunda g‘arbiy qirg‘oq tepalik va qoyalardan tashkil topgan bo‘lsa, sharqiy qirg‘oq relefi tog‘larning qiyaroq qismlariga to‘g‘ri keladi va qirg‘oqdan o‘n kilometr uzoqlikda joylashadi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash