loading...

Quldorlik hamon mavjud bo’lgan zamonaviy mamlakat 

2620

Odatda qullar savdosi o’rta asrlarda, hech bo’lmasa o’tgan asrlarda qolib ketgan, deb hisoblanadi. Lekin, haqiqatda bo’lsa-chi? Quldorlik ayrim mamlakatlarda haligacha mavjud. Rasman ushbu mamlakatlarda quldorlik bekor qilingan bo’lsa ham, amalda bu holat mavjud.

Shunday mamlakatlarning biri – mamlakat umumiy aholisiga nisbatan qullarning solishtirma salmog’i 20 foizdan ortiq bo’lgan, bugungi kundagi quldorchilik eng gullagan mamlakat - Mavritaniya.

Bu yerda qullar savdosi bilan majburiy mehnat taqiqlanganiga qaramay Milliy bog’lar, oppoq plyajlar, qadimiy shaharlar va ajoyib tabiy go’zal manzaralarga boy mamlakat quldorik haligacha tag-tubi bilan yo’qotilmagan mamlakatlarning mudhish ro’yxatiga boshchilik qilib kelmoqda. Deyarli 40 yil avval quldorlikni rasmiy taqiqlash bo’yicha hujjatni imzolagan oxirgi mamlakat Mavritaniya bo’lib, ushbu mamlakatda 1981-yili quldorlik mutlaq bekor qilinishiga qaramay bu faqat qog’ozda qolgan.


Norasmiy jihatdan taxminan yarim milliondan ortiq odam Mavritaniyada kimningdir mulki hisoblanadi. Bu vaziyatda xatto jamoa tashkilotlarining ham qo’lidan hech narsa kelmayapti, chunki qullarga egalik qilishdan nafaqat oddiy badavlat odamlar, balki politsiya amaldorlari, qolaversa, eng yuqori rahbariyat ham manfaatdor – tarixning taqozosi shunday bo’lib qolgan va bundan hech kimning voz kechgisi yo’q. Qullarning mehnati tekin, buning turgan-bitgani esa juda katta manfaat, axir, chunki qullarning turmush sharoiti, salomatligi bilan hech kimning ishi yo’q.

Quldorlik tartibi o’ta qadim zamonlardan buyon ma’lum. Xususan Mavritaniya to’g’risida gap ketsa, bu yerdagi qullar harbiy harakatlar paytida asirlikka olingan yoki shunchaki Saxara cho’lining ko’chmanchi xalqlaridan sotib olinar edi. Ularning aksariyati qora tanlilar, ularning avlodlari esa xo’jayinlarning bir avlodidan keyingilariga meros qilib qoldirilib kelgan.

Qullar tomonidan bajariladigan asosi ishlar – bu xo’jalikka oid yumushar, mehnatning eng past turlari, hayvonga qarash, yig’ishtirish maqsadida foydalaniladi, ayollar esa aksariyat hollarda oqsochlar va oshpazlar. Qullarning farzandlari ham tabiiy ravishda qul bo’lib qoladi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, qullarning ko’pchiligini ularning taqdiri qondiradi va ular xo’jayinlaridan umuman ajralish istagi yo’q, chunki ular mustaqil hayotni xatto tasavvur ham qila olmaydi. Buning sababi shundaki, quldorlar tomonidan mustaqil hayot to’g’risida xatto orzu qilish ham taqiqlangan. Agar qullarning birortasi bir soniya bo’lsada hayol surib turgan holatda nazoratchilarning e’tiboriga tushib qolsa, u juda shafqatsizlarcha jazolanishi aniq. Qullar bu mamalakatda yolg’iz o’zi mustaqil ravishda ishlab qanday pul topish mumkinligini bilmaydi. 

Xo’jayin esa ovqat hamda suv, yana boshpana bilan ham ta’minlaydi. Qullarning ko’pchiligi taqdirga ishongani va “yaratgan peshonasiga shu taqdirni bitgan” deb hisoblashlari tufayli, xo’jayinlarining tez-tez qaytariladigan o’ta qo’pol munosabatlari-yu zo’ravonligiga qaramay, hatto ozodlik harakatiga ham qarshilik qiladilar.

Bunday ko’r-ko’rona bo’ysunuvchanlik hamda ishlatishning qulayligi quldorlarga yangi va yangi ishchi kuchlarini sotib olishga, qul sotuvchilarini esa yangi “tovar” izlashga undaydi, chunki bu juda serdaromad biznes. Agar avval qullarni bosqinlardan haydab kelingan bo’lsa, bugungi kunda qashshoq oilalar o’zlari o’z bolalarini sotib yubormoqda. 

Bir tarafdan, ularning o’zlarini bir burda non va ish bilan ta’minlash, ikkinchi tarafdan ortiqcha og’izdan qutulish uchun. Statistika ma’lumotlariga ko’ra dunyo bo’yicha bolalar majburiy mehnatining yarmidan ortiqrog’i Afrikaga to’g’ri kelmoqda.

Bugungi kunda xo’jayin-qul munosabatlarini faqatgina Mavritaniyada emas, Afrika, Hindiston, shuningdek, Lotin Amerikasining bir qator boshqa mamlakatlarida ham uchratish mumkin. Biroq bu Yevropa, Amerika, Rossiya yoki istalgan boshqa yerda quldorlarning qo’liga tushib qolish havfi yo’q degani emas, chunki bu yerlarda bir qaraganda hamma narsa qonuniydek tuyulishi mumkin. Badavlat migrantlar, badavlat mamlakatlarga ko’chib o’tib, o’zlari bilan go’yo xizmat qiluvchi shaxslarni yetaklab keladi. Ammo haqiqatda esa bu odamlarning mehnatlari uchun hech qanday haq to’lanmaydi, biroq ular quldorlardan ajralib, ozod bo’lib ketishning ham ilojini topa olmaydi. Shu tarzda ko’pchilik beihtiyor qulga aylanib qolmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash