loading...

Rostmi, yolg‘on? 

2145

Ikki sayyoh choyxonada uchrashib qolib, hamsuhbat bo‘lishibdi. Ko‘rgan-bilganlari, boshdan kechirganlarini aytib xo‘p maqtanishibdi.

Birinchisi. Menchalik jahongashta  bo`lgan  emas, bo‘lmaydi  ham.  Pomir tog‘ida  tuyaqush  minib yurganimni  aytaymi,  uni yetaklab Kavkazga olib borganimni hikoya qilaymi? Qizilqum  degan o‘rmonda  oq  ayiq ovlaganimni  eslasam  etim jimirlab ketadi,  azbaroyi.  Shu deyman,  Oq  ayiq bir  yerni  kavlab, echkiemarni  tutib  oldi-ku! Endi  ayiqqa  tashlanaman degandim,  Nil  daryosidan bir  kit  chiqib qoldi-yu,  ikkalovini  ham g‘ajib tashladi. Eh, attang! 

Ikkinchisi. Men  ham  ko‘p ajoyibotlar ko‘rganman.  Baxtimni  qara-ya, bir kuni  mazza  qilib cho‘milay  deb  dengiz bo'yiga  borsam,  tepamdagi daraxtda baliq  osilib  turibdi. Darrov  ushlab  oldim-u, lippamga  qistirdim.  Boshqa daraxtga  qarasam  —yana  baliq.  Hamma shoxlariga  baliq  yopishib qolipti.  Yo  tavba! Ko‘ylagimning  yoqasini  burib, xaltacha  qildim-u, baliqlarni olma uzganday terib oldim. 


Birinchisi. Rosa  lofchi  ekansan-ku, baliqlar daraxtda  bo‘ladimi?  Mana, mening  gapimga  quloq sol.  Men  senga bo‘lgan  voqeani  aytay. Antarktikada bo‘lganimda mazza  qilib  qimron ichganman.  Bilasanmi  qimron nima?  Qimron  —tuyaning  suti.  Biram  tuya  ko‘p ekan-ki,  poda-poda  bo‘lib yuripti. 


Ikkinchisi. E, birodar, qiziq, gaplarni aytding, kulgim  qistab ketdi.  Mening gapimni  ham eshit-chi? Men bir mo'jizaning guvohi bo‘lganman.  Bir kuni, kuppa-kunduzi xonamdan hovliga chiqsam, nimani ko‘rding degin  —  osmonda to‘lin  Oy yaltirab,  yulduzlar charaqlab turibdi. 


Birinchisi. Afandimisan, birodar. Tushingni aytayapsanmi? Kunduzi  osmonda  yulduzlar-u, Oymoma  yaltirab  turgan emish,  ha-ha-ha! 


Ikkinchisi. Bu  yog‘ini eshitsang-chi!  Bir  kuni o‘t  orasida  kattagina tuxumni  ko‘rib  qoldim. Qimirlay  boshladi-yu, yorilib,  ichidan to‘rt oyoqli jonivor chiqdi. Ajabo!  Bu nima  bo‘ldi, deb  hovuzchaga  qarab, xayol surib  tursam,  bir  hayvon  tilining ostida  bolasini  qistirib turipti.  Yopiray,  shu vaqt  bir  maxluq sakrab-sakrab o‘tib ketdi — bolasini qorniga tiqib olibdi.  Yoqamni  ushlagan chaqotib qoldim.


Iljayma,  birodar. Bundan  ham  qizig‘ini aytib  beraymi? 


Birinchisi. Ayt-chi,  nimasi qiziq ekan?


Ikkinchisi. Bir  orolda yong‘oq  ko‘rdim.  10 yilda  pishar  ekan, bitta  donasining  bo‘yi salkam  yarim  metr. Mag‘zini  50  kishi yeb  tugata olmadik. 


Birinchisi. Bilasanmi,  oshna,  men «Yer  aylanadi»  degan gapni  eshitganimdan keyin,  g‘alatibir sayohatga  otlandim.  Samolyotga ham  tushmasdan,  poyezdga ham  o‘tirmasdan,  Kavkazdagi rohatijon joylarga borib keldim. 


Ikkinchisi. Qanday  qilib? 


Birinchisi. Katta pufakka osilib, bulutlargacha ko‘tarildim-u, Yerga qarab turaverdim. Yer aylanaverdi, men qimirlamay, shaharlami  birin-ketin  o‘tkazaverdim.  Qora dengizni  ko‘rishim  bilansharni  yerga  tushirdim. Sochining  qoq  o‘ziga qo‘nibman. 

Ikkinchisi. Baron Myunxauzen bo‘lib ket-e! (Shunday dedi-da,  to‘nining  etagini qoqib  turib ketdi.) Choyxonada bu  suhbatni  eshitib turgan  kishilar obdon kulishdi.  Qayerdan ham  bunday lofchilar kelib  qolibdi. Bu suhbatdagi  gaplarni  o‘ylab ko‘ring.  Yolg‘oni  qaysi-yu, rosti  qaysi?

IZОH 
Hamsuhbat  sayyohlaming  birinchisi  mutlaqo  olam  kezgan  odam  emas,  g'irt  yolg‘onchi,  lofchi...  Pomirda tuyaqush yo‘q, qizilqumda  oq  ayiq  bo`lmaydi,  u  Arktikaning  yirtqichi.  Bu  «jahongashta»  aytgan  daryodan kit  chiqishi, Antarktikada tuya  ko‘pligi  lofning o‘zginasi.  Pufakda  sayohati  ham  yolg‘on.  Chunki  osmonda  tek  turib,  Yemi o‘tkazib  yuborish  mumkin  emas.  Yer aylanishi  bilan  bab-barobar  havo  (atmosfera)  ham  aylanadi.  Bulutlaming ko‘pincha  g‘arbiy  tomondan  kelishi,  osmonda asosan g‘arbiy shamollar esishi  hech  kimning tek turishiga imkon bermaydi. 

Ammo  ikkinchi  sayyohning hamma gapida jon bor. Tropik  mamlakatlarda  dengiz  bo‘ylaridagi  mangr  o‘rmonlarini  har kuni  ikki  mahal  suv  bosadi  (qalqish  vaqtida),  ikki  mahal  (qaytish  vaqtida)  suvdan  xoli  bo‘ladi.  Suv  qaytganda baliqlar  daraxt  ustida  qolib  ketadi. 

Hind  okeanidagi  Seyshel  orollarida  chindan  ham  katta  mevali yong‘oq daraxtlari o‘sadi. 

Kunduz Oy va yulduzlar ko‘rinib turishi  mumkin.  Shimoliy  o‘lkalarda  (shuningdek,  Antarktidaning  qishi  —  iyul oyida) qish oylarida  qutbiy tunlarda shunday bo`ladi. 

Tuxum  ichidan  to‘rt  oyoqli  hayvon  chiqishi  ham  ma’lum  — Avstraliyadagi  yexidna  shunday.  Qurbaqalar  bolasini til  ostida  saqlaydi.  Kenguru  bolasini  qornidagi  xaltada  olib yurmaydi. 

Manba:  “Qiziqarli geografiya” Vahob Asomovich  Rafiqov
«Sharq»  nashr iyoti-matbaa  aksiyadorlik kompaniyasi  
Bosh tahririyati  Toshkent-2010

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash