loading...

Bilib qo‘ygan yaxshi 

3068

«Yer aylana turib, quyoshga yaqinroq kelsa - yoz, uzoqlashsa — qish bo‘ladi» demang. Aksincha, qishda Yer quyoshga  ancha yaqinlashgan  bo‘ladi  (masofa, yanvarda  146  million kilometrgacha kamayadi),  yozda —  uzoqlashib ketadi  (masofaiyulda  151  million kilometrgacha  cho‘ziladi).  Demak,qish  yoki  yoz fasllari  Yeming  quyoshgayaqin-uzoqligiga bog‘liq emas. Mavsumlar — Yerning quyoshga nisbatan 23 yarim daraja og‘ib  turishi natijasidir. Yeming  aysi pallasi  (shimoliy yoki janubiy yarimshari) Quyosh tomonda ekanligiga qarab yoz yoki qish bo‘ladi.

Arktikaga doir Shimoli-sharqiy o‘tkil va Shimoli-g‘arbiy o‘tkil tushunchalari bor. Shimoli-sharqiy o‘tkil deganda Rossiya  Federatsiyasining  shimoliy sohillari bo‘ylab  Murmanskdan to  Bering  bo‘g‘ozigacha kema  yurishi  tushuniladi, uni  qisqacha  Shimoliy dengiz  yo‘li deb ataymiz. Shimoli  g'arbiy o‘tkil  deganda  Amerika qit’asining  shimoliy  sohillari bo‘ylab  Atlantika  okeanidan Bering  bo‘g‘ozigacha dengiz yo‘li tushuniladi.

Har qanday davlatda  hukumat  idoralari poytaxtda  joylashganini  bilasiz. Biroq  Filippinda  bunday emas.  Bu  davlatning poytaxti  Manila  shahri hisoblanadi,  ammo  hukumat Keson-siti shahrida joylashgan. Niderlandiya poytaxti Amsterdam, hukumat  qarorgohi  esa Gaaga shahrida joylashgan.

Atlantika okeanidagi Madeyra oroli uch marta «kashf» etilgan. V asrda karfagenliklar u yerga  borib, «Chorva oroli» deb atashgan. VI asrda genuyaliklar qaytadan «kashf» etib, unga «0‘rmon orol» deb nom berdilar. Oradan  qariyb  900 yil  o‘tgach  XV asrda  portugallar  topgan orol  Madeyra  «o‘rmon» bo‘lib qoldi.

Antarktida va Grenlandiyadagi  abadiy  muzliklar eritilsa  bormi, okeanlar sathi 60 metr ko'tarilib ketadi, oqibatda Yer  yuzining  10  foizi qismi suv ostida  qoladi.

Mavjud kitoblarda Indoneziyani  «Uch ming orol mamlakati» deb atashadi. Aslida orollar soni  13 yarim mingga yetadi. Lekin shulardan 6 ming tasining nomi  bor. 992 ta oroldagina  odamlar yashaydi,  xolos.

Kosmik  raketalarda parvoz  eta  turib, 24  soat  mobaynida butun Yer yuzasini fotosuratga olish mumkin. Holbuki bunday  ishni bajarish uchun kamida 1000 ta samolyot kun-u tun havoda tinmay uchib turishi kerak bo‘lar edi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash