loading...

Plyaj nimasi bilan foydali? 

2135

Yoz fasli ham keldi. Ofisda ishlaydigan xodimlar ta’tilga chiqib, dengiz sari yo’l olishdi. Hatto yurtimizdagi soy bo’ylari ham ish kompyuteri monitori yoki zavoddagi ishga qaraganda ancha yaxshi. Hordiqning ijobiy jihatlaridan biri – zo’riqishdan xalos bo’lish uchun muhitning almashtirilishi. Plyajdan qaytgach, hech kim “Rosa charchadim!” demaydi. Facte.ru plyajda dam olishning ijobiy jihatlari bilan o’rtoqlashdi.

Alvido, zo’riqish
Oqar suvga tinimsiz tikilib o’tirish mumkin. Begona tovushlar eng kam darajada bo’lgan joyda dam olish ish davrida to’plangan salbiy hislarni oqizib ketadi. Inson “huzur-halovat” holatiga tushib qoladi. Miya esa juda ko’p miqdorda xursandchilik gormoni (seratonin)ga ega bo’ladi.

Uyqu yaxshilanadi
Bir necha soatni plyajda o’tkazganingizdan keyin tunda juda yaxshi uxlash kafolatlanadi. Bu holat ham zo’riqish holatlaridan xalos bo’lish bilan bog’liq. Odatda uyqusizlik hatto tunda ham ishlashdan to’xtamaydigan miyaning faolligi tufayli kelib chiqadi. Plyajda dam olish esa deyarli umuman harakat qilmaydigan ofis xodimlarida to’planadigan jismoniy charchoq omilini olib tashlaydi.

D vitamini barchaga
Olimlar daryo qirg’og’idagi odam taxminan 10 daqiqa ichida D vitaminining sutkalik normasini olishini aytadilar. Shahar sharoitida oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminli komplekslar bilan o’rnini qoplash mumkin. Biroq quyosh nuri ostida tabiiy vitaminga ega bo’lish uni tashqaridan sun’iy qoplashga qaraganda ancha «sifatli».

Immunitetning kuchayishi
Kutilmaganda kesib olish natijasida hosil bo’lgan yara dengiz suvida qanday og’rishi yodingizdami? Albatta, bu toza plyaj va toza dengiz bo’lsa, bu kabi og’riq – yaraning tozalanishi va bitishi belgisi. Sho’r suv – tabiiy antibakterial va zamburug’larga qarshi vosita. Shu bilan birga organizmda yod darajasi ham ortadi. Bu esa immunitetning oshishini kuchaytiradi. Dengiz havosi o’pkani tinchlantiradi va hatto astma kasalligiga chalinganlar uchun ham chuqur nafas olish imkonini beradi.

Trenajyorlarsiz sport zali
Qumli plyaj – moslashuvchan bosimga ega ideal sportzal. Hatto yalangoyoqda yurish ham qon bosimini normallashtiradi va jami mushak karkasiga muayyan bosim beradi. Bu hali suzish, dayving va plyaj voleyboli kabi faol sport turlari hisobga olinmaganda.
 
Manba: kun.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash