Aslida Shimoliy qutbni kim ochgan edi?
Birmuncha vaqt Shimoliy
qutbni Robert Piri ochgan deb hisoblab
kelindi. Unga admiral unvoni berilib, medal va Faxriy legion ordeni
topshirildi. Piri - qutb tadqiqotlari tarixidagi o‘z ishiga astoydil berilgan
va muvaffaqiyatga erishgan, va bir vaqtning o'zida eng yoqimsiz taassurot
qoldirgan kishilardan biri. U haqiqatan ham layoqatli, o‘z maqsadi yo‘lida
mardonavor harakat qiladigan, qat’iyatli, o'jar, tashkilotchi kishi bo‘lgan,
biroq unda shuhratparastlik, dong taratishga ishtiyoq kuchli bo‘lgan.
Frederik Kuk, kambag‘al nemis imigrantlarining o‘g‘li, o'qish uchun
mustaqil pul ishlab topib shifokorlik kasbini egalladi. Arktikaning bu ikkala
tadqiqotchisi tamomila ikki xil odamlar bo'lishgan. Kuk shuhrattalab emasdi:
«Maqsadga erishishning o‘zi emas balki unga erishish yo'lida uchraydigan
to'siqlarni yengib o‘tish kishiga haqiqiy lazzat bag'ishlaydi, - deb yozgan
edi u. - ...Men davlatdan izzat-ikrom ham, orden-medal ham, pul ham talab
qilmaganman... Inson aqlining tantana qilganligi, shu
paytgacha yengib bo'lmaydi deb hisoblab kelingan tabiat kuchlari ustidan inson
g'alabasini his qi- lishgina kishiga mamnuniyat bag'ishlaydi».
Shimoliy qutbni birinchi
bo'lib ochganligini da’vo qilgan Piri Kukni firibgarlikda aybladi. Barcha
ustunlik - mashhurlik, hokimiyat tomonidan qo'llab-quvvatlash va ko'p sonli
nufuzli homiylarning bari Piri tarafida edi. AQSh kongressi «qutbni ochilishi
to'g'risidagi ish»ni ko'rib chiqib, Kukni shon-shuhratga
intilgan firibgar deb e’lon qildi.
Bugungi kunda Piri bilib turib, dalillarni
buzib ko'rsatganligiga shubha qolmadi. Uning shaxsiy arxividagi
materiallaridan ma’lum bo'lishicha, u navigatsiya xatolari va oziq-ovqat
yetishmaganligi sababli qutbga
yetib bora olmagan.
Piri va Kukning Shimoliy qutbda bo`lganlarini tasdiqlovchi inkor
etib bo'lmaydigan dalillar yo‘q. Ularning bunga erishganlari ehtimoldan
ancha uzoq. Biroq Kuk u yerda bo'ldim deb haqiqatan ham adashgan bo'lishi
mumkin, Piri esa oldindan ma’lum noaniq kuzatuv usullaridan foydalangan, barcha
malakali guvohlarni yo'q qilgan, shuningdek uning raqibini yolg'onchi deb
topishlari uchun qo'lidan kelgan barcha chorani ko'rgan.
1926-yil 12-mayda Shimoliy qutb ustidan ilk marotaba
havo kemasi uchib o‘tdi. Bu bortida 16 nafar ekspeditsiya a’zolari bo'lgan
«Norvegiya» dirijabli edi. Ularning orasida norvegiyalik Rual Amundsen ham bor
edi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.