loading...

Rual Amundsen – chin ma’nodagi qahramon 

1652

Qutb tadqiqotlari tarixi – sayorramiz tabiiy sharoitlarini o’rganish yilnomasidagi eng yorqin sahifalardan biridir. Shimolni o’zlashtirish uchun olib borilgan kurashda insonlarning ajoyib xususiyatlari: oldiga qo’ygan maqsadga erishish uchun matonat bilan kurashish, kuchlilik, chaqqonlik, kurashuvchanlik, tadbirkorlik, olijanob qalbga ega bo’lish namoyon bo’ldi. Arktika va Antarktika tabiatini o’rganish uchun yangi texnika bilan qurollangan ko’pgina odamlar ishtirokida davomli ravishda sinchiklab kuzatuv ishlari olib boruvchi tadqiqotchilar maydonga tushdi.

Ko’pgina ajoyib jasorat egalari qutb mamlakatlarini  o’rganish uchun hayotlarining eng shirin yillarini, ba’zan butun umrlarini bag’ishladilar. Ular bu bilan noma’lum qutb dunyosi ustidagi pardani olib tashladilar. 

Yirik qutb sayohatchilari faoliyatlarini o’rganar ekanmiz, biz asrlar davomida rus va chet el dehgiz sayyohlari tomonidan buyuk geografik kashfiyotlar tarixi yaratilganini ko’ramiz. 

Skandinaviya dengiz sayohatchilari ­­­­– vikinchilar Arktika hududlariga suzib Islandiya va Grenlandiyani ochgan bo’lsalar, boshqa qutb sayyohlari Kanada Arktikasidagi orollarni o’rgandi. Rus dengizchi va sayyohatchilari esa Shimoliy Muz okeani va undagi orollar haqida ko’plab ma’lumotlar to’pladilar. 

Sibirni o’rgangan rus tadqiqotchilarining tajribalari Rual Amundsenning og’ir sayohatlariga yordam bergani singari, Amundsen va unga o’xshagan boshqa qutb tadqiqotchilarining tajribalari Arktika markazi tomon harakatlanishda yordam berdi. 

1918-yilning yozida Rual Amundsen Shimoliy dengiz yo’li orqali Sibir qirg’oqlarini bosib o’tdi va insoniyat tarixidagi Shimoliy Atlantikadan Tinch okeanga ikkala yo’lni ham kemada bosib o’tadigan birinchi kishi bo’ldi. 1926-yil to’rt yillik tayyorgarlikdan so’ng u “Norvegiya” drijablida Shimoliy qutb orqali Shpitsbergdan Alyaskaga uchib o’tdi. Drijablda hammasi bo’lib 16 kishi, shu jumladan parvoz rahbarlari italiyalik konstruktor – Nobile va Amundsenlar ham bor edilar. 

1928-yil 18-iyunda Rual Amundsen “Latam” gidrosamolyotida Nobile ekspeditsiyasini izlash uchun yo’lga chiqadi. Nobile “Italiya” dirijabli esa Shimoliy Muz okeanida halokatga uchragan edi. Qidiruv vaqtida Amundsen ekipajning beshta a’zosi bilan birga Barens dengizida halok bo’ldi. Nobile esa shved uchuvchisi Lundborg tomonidan qutqarildi. 

Amundsen Arktikaga suzib, uchib borganidan beri ko’p o’zgarishlar ro’y berdi. Rus mamlakatida qutb tadqiqotlari davlat ishiga aylandi. Ruslar tomonidan Arktikaga katta-katta ilmiy ekspedisiyalar yuborildi. Shimoliy Muz okeani va orollarida qutbni o’rganuvchi stansiyalar paydo bo’ldi. Arktikani o’rganish uchun alohida tashkilotlar va ilmiy-tekshirish institutlari paydo bo’ldi. Buning evaziga Sibir qirg’oqlari bo’ylab dengiz yo’li vujudga keldi. 

Ammo shimoliy dengiz yo’llari suzish uchun juda qiyin edi. Chunki unda suzib yuruvchi katta-katta ko’chib yuruvchi muzlar kemalar qatnoviga xalaqit berar edi. Bu muzlarni yorib o’tish ob-havo va dengiz oqimiga bog’liq edi. Shuning uchun ham butun Shimoliy Muz okeanining ­­– Markaziy Arktikaning rejimini o’rganishga to’g’ri kelar edi. Bu esa Arktika dengizlari muzlariga xos asosiy qonuniyatlarni aniqlashga imkon berdi. Shu maqsadda 1937-yil Shimoliy qutb rayonida birinchi ko’chma ilmiy-tekshirish stansiyasi tashkil etildi. 

Rual Amundsen bilan bog’liq ayrim ma’lumotlar

- Rual Amundsen 1872-yil 16-iyulda Norvegiyadagi Verven kemasozlik ustaxonasining egasi, kapitan oilasida dunyoga kelgan.

- 1890-yil Amundsen Xristianiya shahridagi universitetga o’qishga kirdi. 

- 1900-yil Amundsen kapitan unvonini oldi. 

- 1903-1906-yillarda Amundsen “Yoa” kemasida Shimoliy dengiz yo’lini ochdi.

- 1911-yil 14-dekabrda Amunsen janubiy qutbni zabt etdi.

- 1926-yil Amundsen Shimoliy qutbdan to’g’ri yo’nalish bo’yicha uchib o’tish maqsadida Shpisbergendan “Norga”nomli drijablda uchdi, uchish 75 soat davom etdi. Drijablda Shimoliy qutb orqali to’g’ri yo’nalishda uchib o’tib, Alyaskaga qo’ndi. 

- 1928-yil Amundsen “Latam” samolyotida Nobile ekspedisiyasini qutqarish uchun uchdi va qahramonlarcha halok bo’ldi.

Bugungi kunda Norvegiyaning milliy qahramoni, mashhur sayyoh Rual Amundsen nomi dengiz, qo’ltiq, muzlik, Amerikaning Antarktidadagi ilmiy stansiyasi (“Amundsen-Skott”) Shimoliy Muz okeanidagi qo’ltiq va havzaga berilgan. 

Zebiniso JUMAYEVA
Navoiy shahar 11-AFCHO`IM
geografiya fani o`qituvchisi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.