loading...

Qutb yog`dusi 

13729

  Osmonning butun shimoliy tomoni tebranib turuvchi ikki ulkan yoy – qizil va yashil yoylari bilan yoritilgan. Yoylar muttasil o`z ko`rinishini o`zgartirib, rang-barang tovlanib, goh paydo bo`lib, goh yo`qolib turadi. Qoramtir osmonni to`satdan bamisoli o`q yoy singari yorqin nurlari yorib o`tadi, ba`zan esa havoda qizil shokilali ko`m-ko`k parda osilib turadi. 
  Bu eng ajoyib va ko`rkam tabiat hodisalaridan biri qutb yog`dusidir. Yorug` shimol yog`dusi (shimolda qutb yo`g`dusi shunday ataladi) osmonda bir necha soat jilolanib turadi. 
  Qutb yog`dulari Quyosh bilan bog`liq. Quyosh – ulkan hajmdagi qizib turgan shar ekanligini bilasiz, albatta. Ana shu ulkan "pechka” olam bo`shlig`iga juda katta miqdorda issiqlik tarqatadi va o`zidan elektr bilan zaryadlangan moddalarning zarralari oqmini chiqarib turadi. Ana shu zarralar Yer atmosferasining yuqori – qatlamlarida – yer yuzasidan 80 kilometrdan to 1000 kilometrgacha bo`lgan balandlikda havo atomlari va molekulalari bilan to`qnashadi va ular sariq, qizil, to`q-sariq ranglarda nur sochadi. Qutb yog`dusi shunday ro`y beradi. 
  Xo`sh, nima uchun ana shu ajoyib manzara odatda faqat Yerning Shimoliy hamda Janubiy qutblari yaqindagina sodir bo`ladi? Gap shundaki, butun Yer kurrasi ulkan magnitdan iboratdir. Har qanday magnitda bo`lganidek, uning ham ikkita qitbi bor. Elektr bilan zaryadlangan quyosh zarralari bizning sayyoramizga yetib kelganida ular Yerning magnet kuchlari ta`sirida Shimoliy va Janubiy magnet qutblariga og`adi, natijada bu hududlarda qutb yog`dusi  vujudga keladi.
  Olimlar Quyoshda dog`lar miqdori ortgan kezlarda qutb yog`dusi kuchliroq va tez-tez bo`lishini payqashgan. Quyoshning aynan dog`lari bor qismidan Yerda qutb yog`dusini keltirib chiqaradigan zarralarning o`ta kuchli oqimlari olam bo`shlig`iga otilib chiqadi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash