loading...

Aholisi soni 100 mln kishidan oshib ketgan mamlakatlar 

2526


Dunyo aholisining o‘sishi yiliga 1,1 foizni tashkil etmoqda (83 million kishiga yaqin) deya xabar bermoqda facte.ru. Ushbu ko‘rsatkichi XVIII asrda sanoat inqilobidan keyin tez sur'atda o‘sishni boshladi. Jahon aholisi 1800 yildagi milliarddan yetti milliarddan ortiq ko‘rsatkichgacha o‘sdi, 2030 yilga kelib, 8,6 mlrd kishiga yetadi. Aholisi 100 mln kishidan ortiq bo‘lgan jami 13 ta mamlakat mavjud: Xitoy, Hindiston, AQSh, Indoneziya, Braziliya, Pokiston, Nigeriya, Yaponiya, Efiopiya, Bangladesh, Rossiya, Meksika va Filippin. Xitoy va Hindistonda mazkur ko‘rsatkich 1 mlrd.dan ortib bo‘ldi.

Xitoy - 1,409,516,397

Xitoy – Sharqiy Osiyodagi suveren mamlakat. U 3 million 7 yuz ming kvadrat mil maydonni egallagan. XXRda 56ta etnik guruhlar bor, ulardan eng yirigi xanlar (91,51 foiz). Xanlar yoki xan – dunyodagi eng ko‘p elat U soni bo‘yicha Sinszyan va Tibetdan tashqari XXRning har bir provinsiyasida ustunlik qiladi.

Hindiston - 1,339,180,127

Hindiston maydoni bo‘yicha dunyoda yettinchi, aholi soni bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinni egallaydi. 2011 yilda aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatkich 1 210 193 422 kishini tashkil qilgan. Bu esa raqamlar 2001 yildan 2011 yillarga qadar 17,64 foizgacha o‘sganini anglatadi. Aholi soni 1998 yilda 1 milliardga yetgan. Prognozlarga ko‘ra, 2024 yilga kelib, Hindiston aholisi eng zich joylashgan mamlakatga aylanadi. Aholisining 50 foizdan ortig‘i – 15 yoshdan kichik.

AQSh - 324,459,463

Amerika Qo‘shma Shtatlari 50 ta shtat, 5 ta o‘zini o‘zi boshqaradigan hudud va 1 ta federal okrugdan iborat respublika. AQSh 3,8 millionga yaqin kvadrat maydonni egallagan. Bu yagona rivojlangan yirik davlat, yaqin yillarda aholisi sezilarli darajada o‘sishi prognoz qilinmoqda. Aholisi eng zich joylashgan shtat Kaliforniya sanaladi (39 mln 536 ming 653 kishi), undan keyin Texas va Florida keladi.

Indoneziya - 263,991,379

Indoneziya Okeaniyada ham hududlariga ega, Janubi-sharqiy Osiyodagi suveren va transmintaqaviy davlat sanaladi. U siyosiy xaritadagi eng yirik orol davlat bo‘lib, 13 mingdan ortiq orollarga ega. Aholisining katta qismi Yava orolida joylashgan.

Braziliya - 209,288,278

Braziliya aholisi 1940 yildan 1970 yilga qadar o‘lim ko‘rsatkichining pastligi sabab sezilarli darajada o‘sdi. 1940 yil mobaynida o‘sish sur'ati 2,4 foizni tashkil etdi va 1950-yillarda 3 foizga yetdi. biroq 1960-yillarda o‘sish sur'ati shiddat bilan tushishni boshladi, bugun ushbu ko‘rsatkich 0,8 foizni tashkil etadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash