Aholi soni kamayayotgan mamlakatlar
2050-yilga borib sayyoramiz aholisi 37 foizga o’sadi va 9,5
milliardga yetadi, deydi BMT. Ammo demografik o’sish hamma davlatlarga ham tegishli emas, ba’zi mamlakatlarda aholi
soni ortishi o’rniga kamayib ketmoqda. Quyida Population Reference Bureau tadqiqot markazining (AQSh) aholisi jadallik bilan
kamayayotgan mamlakatlar beshligi haqidagi
ma’lumoti berilgan.
1. Yaponiya
- Hozirgi aholisi: 126 million 981 ming
- 2050 yilga bashorat: 95 million 152 ming
- Qanchaga kamayadi: 25%
- 65 yoshdan oshganlar nisbati: 23%
- Tug`ilish indeksi: 1.4
- Migratsiya indeksi: -1
Kunchiqar mamlakatda aholining qarib borishi allaqachon dolzarblik kasb
etgan. 1970-yildayoq bu yerda qariyalar
soni uch baravardan ortib ketdi. Tug`ilish darajasining
pastligi, asosan iqtisodiy va bir qator
ijtimoiy muammolar tufayli odamlarning boshqa o’lkalarga ko’chib
ketishi mamlakat aholisining kamayib borishiga sabab bo’lmoqda.
2. Ukraina
- 2014-yil boshidagi aholi soni: 45 million 864 ming
- 2050-yilga bashorat: 35 million 273 ming
- Qanchaga kamayadi: 23%
- 65 yoshdan oshganlar soni: 16%
- Tug`ilish indeksi: 1.5
- Migratsiya indeksi: 0
Population Reference Bureau
tahlilchilari Ukrainaning o’tgan yil boshidagi aholisi soniga asoslangan holda tadqiqot o’tkazishgan. Hatto shu holda ham mazkur mamlakatdagi demografik vaziyatning
istiqboli umidbaxsh emas, Qrimning Ukraina hududidan ajratilishi esa vaziyatni yanada yomonlashtirdi. Ukraina janubi-sharqidagi hozirgi beqarorlik
ham demografiyaga ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
3.
Bosniya-Gersegovina
- Hozirgi aholisi: 3 million 826 ming
- 2050-yilga bashorat: 3 million 075 ming
- Qanchaga kamayadi: 19,6%
- 65 yoshdan oshganlar soni: 14%
- Tug`ilish indeksi: 1.2
- Migratsiya indeksi: 0
Bosniya-Gersogovinadagi tug`ilish ko’rsatkichi dunyo bo’yicha eng pastlardan biri hisoblanadi. Hozir u taxminan o’lim ko’rsatkichiga teng,
biroq 15-20 yildan keyin pensiya yoshiga yetadiganlar soni ko’payadi, tug`ilish esa yanada kamayish kutilmoqda.
4. Bolgariya
- Hozirgi aholisi: 7 million 210 ming
- 2050-yilga bashorat: 5 million 894 ming
- Qanchaga kamayadi: 18,2%
- 65 yoshdan oshganlar soni: 18%
- Tug`ilish indeksi: 1.6
- Migratsiya indeksi: -2
Bu yerda demografik vaziyat
bilan bog`liq ijobiy o’zgarishlar
kuzatilayotgan bo’lsa-da (tug`ilish ko’rsatkichi 1993-yildan
beri eng yuqori bo’lib turibdi), odamlarning boshqa mamlakatlarga ko’chib ketayotgani hisobiga
aholi kamaymoqda. Ko’chib ketayotganlarning ko’pchiligi
ota-ota bo’lish mumkin yoshda – 20 dan 39 gacha. Shunday qilib,
nikohlar soni kamaymoqda. Bolgariya hozirdanoq qariyalar soni bo’yicha
yetakchilardan sanaladi.
5. Gruziya
- Hozirgi aholisi: 4 million 340 ming
- 2050-yilga bashorat: 3 million 591 ming
- Qanchaga kamayadi: 17,2%
- 65 yoshdan oshganlar soni: 14%
- Tug`ilish indeksi: 1.7
- Migratsiya indeksi: -2
Gruziya avvaldan uzoq umr ko’ruvchilar yurti hisoblanadi, bu yerda
o’lim ko’rsatkichi 1000 kishiga 10 tani tashkil etadi. Ustiga-ustak, iqtisodiy muammolar sabab yoshlarning mamlakatni tark etayotgani aholi sonining kamayishiga olib kelmoqda.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.