Taqvim
Taqvim (kalendar).
Siz bugun oyning nechanchi kuni, bugun qaysi kun, degan savollarni ko’p eshitgansiz. Biror voqea yoki hodisa qachon ro‘y bergani haqida odamlar so`zlashib qolishadi. Xo‘sh, yil, oy, kunlar hisobining o’zi nima? Insonlar shunday hisoblarni olib borish uchun taqvim tizimini o’ylab topishgan.
Taqvim (kalendar) deb uzoq vaqt hisoblab boriladigan sana tizimiga aytiladi.
Taqvim tizimi tabiiy hodisalarning osmon yoritgichlari bilan bog’liq holdagi davriyligiga asoslanib tuziladi. Taqvimlar Quyosh Va Oy harakatlari bilan bog‘langan. Quyoshning yillik harakati bilan bogiiq bo’lgan Quyosh (Shamsiya) taqvimi, Oyning harakati bilan bog’liq bo’lgan Oy (Qamariya) taqvimi hamda Quyosh-Oy harakati bilan bog’liq bo‘lgan Quyosh-Oy (Shamsiya- Qamariya) taqvimi mavjud. Hijriy Shamsiy yil 21-martda boshlanadi. Hijriy Shamsiy yilda quyidagi oylar bor: Hamal—30 kun Savr—31 kun, Javzo—31 kun, Saraton—31 kun, Asad—31 kun, Sunbula—30 kun, Mezon —29 kun, Aqrab—29 kun, Qavs—30 kun, Jadiy—31 kun, Dalv—31 kun, Hut—31 kun bo’ladi. Shamsiya taqvimida ham har 4 yilda 1 yil kabisa yili hisoblanadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.