BMT rahbarlari faoliyati tarixiga nazar
Hammamizga ma’lumki, 1945-yil 24-oktabrda
tashkil topgan BMTga mustaqil O’zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda a’zo
bo’lgan va xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub’yektiga aylangan. Xalqaro
munosabatlarning hozirgi rivojlanish bosqichida BMTning tutgan o’rni va
ahamiyati beqiyosdir. Prezidentimiz I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining
48-sessiyasidagi o’z nutqlarida ushbu tashkilotning faoliyati to’g’risida
gapirib: ,,BMT barcha davlatlarning, mintaqalarining, butun jahon ham
jamiyatining eng muhim muammolarini muhokama qilish va yechish uchun tuzilgan
noyob tashkilotdir”,- deb ta’kidlagan edilar.
Ushbu tashkilot boshqaruvida Bosh Kotib va
Kotibiyat BMTning bosh organlaridan biri hisoblanadi. Hozirda Kotibiyat hodimlari soni 25 mingdan ziyod bo’lib, ular
150 dan ortiq davlat vakillaridir.
BMTda Bosh Kotibning shaxsi ushbu
tashkilot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. BMT tashkil topgandan buyon Bosh
kotiblikni quyidagilar bajargan:
1. Li Pryugve Xolvdan
(1896-1968) - Norvegiya davlat va siyosiy arbobi, diplomat, huquqshunos.
Pryugve Li Xolvdan 1919-yili Oslo universitetini tugatib, huquqshunos
mutaxassisligini oldi. U 1935-yildan
savdo va sanoat, ta’minot va suv xo’jaligi ishlari, tashqi ishlari
vaziri lavozimlarida ishlab, 1936-yili Norvegiya parlamentiga a’zolikka
saylandi.
Pryugve Li Xolvdan 1946-yil yanvarda Londonda bo’lib o’tgan Bosh
Assambleya sessiyasida Norvegiya delegatsiyasini boshqardi.
1946-yil 1-fevralda Pryugve Li BMT birinchi Bosh Kotibi etib saylandi. 1950-yil 1-noyabrda Bosh
Assambleya Pryugve Lining faoliyatini 1951-yil 1-fevraldan boshlab yana uch
yilga uzaytirdi. 1952-yil noyabr oyida Pryugve Li BMTning Bosh Kotibi lavozimidan bo’shash
haqida ariza berdi.
2. Xammarsheld Dag Yalmar Agne Karl (1905-1961) shved
davlat arbobi va diplomati. 1941-1948 yillarda
Milliy bank raisi lavozimida
ishlagan.
1947-yili Tashqi ishlar vazirligining
kotibi, 1949-yili tashqi ishlar vazirligining bosh kotibi va 1951-yili tashqi
ishlar vazirligining hay’at a’zosi lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.
Dag Yalmar Agne Karl Xammarsheld 1953-yil
10-apreldan 1961-yil 18-sentabrgacha BMT bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.
Dag Xammarsheld Afrika qit’asidagi
siyosiy ahvolni bartaraf etish va qit’adagi qabilalar o’rtasidagi nizolarni hal
qilishga ketayotganda, kutilmaganda samolyot portlashi natijasida halok
bo’ladi. BMT qarorgohiga kiraverishga unga haykal o’rnatilgan.
3. U
Tan (1909-1974) - Myanma (Birma) diplomati va davlat arbobi. Rangun universitetini tugalab, faoliyatini
jurnalistika sohasida boshlagan. U Tan 1961-yildan boshlab BMT iroiya
kengashining a’zosi va 1962-yildan
1971-yilgacha BMT Bosh Kotibi lavozimida
ishlagan. U Tanning ta’rificha: ,,BMT Bosh Kotibi bo’lish – bu BMTning
,,xizmatchisi” bo’lish demakdir, chunki u BMTga a’zo – davlatlar va
tashkilotlar bilan doim hamkorlik ishlarini olib borishi lozim”.
U Tan dunyodagi eng ko’zga ko’ringan 30 ta
universitetning faxriy unvoniga sazovor bo’lgan.
4. Kurt Val’dhaym - Avstriya davlat
arbobi va diplomati.
1944-yil Vena universitetini tomomlagan
vaqtida u yuridik fanlar doktori unvonini olgan hamda Vena akademiyasining
bitiruvchisi hisoblangan. 1971-yildan 1981-yilgacha BMT Bosh Kotibi
lavozimida ishlagan.
Uning uchinchi marotaba BMT Bosh Kotibi
bo’lishi ancha munozarali bo’lib, barcha asosiy da’vogarlar yetarli ovoz
olomadilar va u iste’foga chiqishga majbur bo’ldi.
Kurt Val’dhaym navbatdagi saylovlarida
g’olib chiqib Avstriya federatsiyasining prizdenti lavozimiga tayinlandi. Kurt Val’dhaym BMT doirasida olib borilgan bir qancha
ishlarda faol qatnashdi. Masalan, 1972-yili Afrika va Lotin
Amerikasida, OAEning 10 yiligi munosabatiga doir ishlarida, qolaversa, 1973-yil
fevral oyida Jeneva Konvensiyasi bo’yicha Yaqin Sharq masalalariga doir
tadbirlarda qatnashgan.
5. Xav’er Peres de Kuel’yar –
olim, diplomat va davlat arbobi.
Xav’er Peres de Kuel’yar 1981-yil dekabr
oyida BMTning Bosh Kotibi lavozimiga
saylandi va 1982-yil 1-yanvardan o’z vazifasini bajarishga kirishdi. 1986-yil
10-oktabrda ikkinchi navbatga saylanadi.
U, ,,BMT Nizomini o’zgarishsiz qolishi
kerak, - deb ta’kidlardi, - chunki BMT doirasidagi davlatlar uning bosh dasturi
va Nizomini o’rganib chiqqan holda bu tashkilotga qo’shilgan, qolaversa, BMT
tinchlik va hamkorlik tashkilotidir”, degan fikrni doim olg’a surib kelgan.
Xav’er Peres de Kuel’yar jahondagi 22 ta
universitetning faxriy doktori, 25 davlat mukofotlari sovrindori, bundan
tashqari, Assuriya qurolligi, Ulofa Palma va Javoharlal Neru mukofotlarining
sovrindoridir.
6. Butros Butros Goliy – Misr
davlat arbobi, diplomat olim. 1946-yili Qohira universitetining huquq bo’yicha
bakalavr diplomini olgan.
1991-yil 3-dekabrda Butros Butros Goliy
BMT Bosh Kotibi etib saylanadi va
1992-yil 1-yanvardan o’z vazifasini bajarishga kirishdi.
Butros Butros Goliy o’z faoliyati davrda
bir qancha xalqaro huquqiy va xalqaro siyosiy masalalarni hal etdi, u davlatlar o’rtasidagi diplomatik
aloqalarga katta e’tibor beradi.
Uning ta’kidlashicha, BMT uchun hech
qanaqa unchalik qimmatga ega bo’lmagan narsa yo’q, lekin o’zining ish
tajribalaridan kelib chiqqan holda u to’rtta tamoyilga asoslanadi.:
qo’rqmaslik, tenglik, ixchamlik va vazifani o’z vaqtida bajarish. Beshinchi
tamoyil – mustaqillikdir.
7.Kofi Annan (1938-yil) – Gana davlat
arbobi va diplomati.
1961-yildan Gena davlatining Kumasi shahridagi Ilmiy va tehnika universitetini tamomlagan, Sent – Poli (Minnesota shtati)
makalester kollejida iqtisod fanidan
diploma himoya qildi.
1996-yil 17-dekabrda BMT Bosh Kotibi etib
saylandi. Kofi Annan o’zining ko’p chiqishlarida BMTning xalqlar o’rtasidagi
tinchlik va xavfsizlik, ijtimoiy
tenglik, qolaversa, eski sarqidlardan qutulish kabi bir qancha shunga
o’xshash masalalarini ko’rib chiqdi. Tinchlik va xavfsizlik bo’yicha yangi
shunchalar va g’oyalar paydo bo’lishi kerak, deb ta’kidlab, insoniyatning
asosiy muammolarini iqtisod bilan bog’laydi.
2001-yil Kofi Annan BMT Bosh Kotibligiga
qayta saylangan.
8.Pan Gi Mun (1944-yil 13-iyun) Janubiy Koreya Respublikasi davlat arbobi va diplomati.
Pan
Gi Mun Birlashgan
Millatlar Tashkilotining joriy bosh kotibidir. Bu
mansabga Kofi Annandan so`ng,
2007-yili saylangan. Bungacha u Koreya
Respublikasi Tashqi
Ishlar va Savdo Vazirligida diplomat bo`lib ishlagan. Diplomatlik karyerasini
universitetni bitirgan yiliyoq Hindistonda boshlagan.
2004–2006-yillarda Pan Tashqi Ishlar Vaziri bo`lgan.
2006-yil
13-oktabrda Pan Gi Mun BMT Bosh Assambleyasida bosh kotib etib saylandi. 2007-yil
yanvarida Annan mansabdan ketdi, uning o`rnini Pan egalladi. 2011-yili Pan bosh
kotib martabasiga ikkinchi marotaba nomzodini qo`ygan. 2011-yil 21-iyunida u
bir ovozdan bosh kotib etib qayta saylangan, u bu mansabda 2016-yil
31-dekabrigacha faoliyat yuritadi. 71 yoshli diplomat bugungi kunda 192 ta mamlakatni birlashtirib turuvchi tashkilotning sakkizinchi rahbaridir.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.