loading...

Iymon va yorug`lik qasri 

4153

  Bruney sultoni Hassanal Bolkiaxning saroyi arab ertaklarida tasvirlangan qasrlar kabi go`zal bo`lib, oltin va marmardan ishlangan va Istana Nurul Iman («Iymon va yorug`lik qasri») deb nomlanadi. Deraza romlari-yu, tutqichlaridan tortib konditsionerlarning tugmachasigacha hamma hammasi sof oltindan yasalgan. Uning qurilishiga o`rta hisobda $1,4 mlrd. sarf qilingan. Sultonning darvozalari oddiy xaloyiq uchun har yili faqat 3 kunga Ramazon ro`zasining oxirgi kunlarida ochiladi, lekin saroyga kirish uchun ancha navbat kutishga to`g`ri keladi va kirish ilinjidagi odamlar albatta, tibbiy ko`rikdan o`tishlari kerak bo`ladi. Saroy ichkarisida 1778 xona bir nechta taxtiravonli zal mavjud. Binoda 18 ta lift, 51000 chiroq-yoritgichlar bor. Ziyofat zali 4000 kishiga mo`ljallangan. 200 ta ot saqlanadigan otxona, 5 ta basseyn, 257 vannaxona va eng qimmatbaho avtomobillar (ba’zilari yagona nusxada ishlangan) to`plamli garaj bor.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash