loading...

Aksilreyting: Dunyoning eng iflos 7 shahri 

3093

Iflos havo yiliga deyarli 3,3 million kishining hayotiga zomin bo'ladi. Olimlarning ta`kidlashicha, 2050-yilga borib bu ko'rsatkich ikki barobarga ko'payadi. Xulosalar havoda materiyaning qattiq zarrachalari miqdori hisobidan kelib chiqadi. Bu yerda raqam zarrachaning mikronlardagi diametrini bildiradi. Bu zarrachalar tutun va chiqindi gazlari tarkibida bo'ladi. Ular organizmda astma va surunkali o'pka kasalliklari kabi uzoq davom etuvchi muammolarni keltirib chiqaradi.

Afsuski, bugunga kelib havoning ifloslanish darajasi dunyo xaritasidagi aksariyat mamlakatlar hukumatlarini u qadar tashvishga solmayapti. Ba`zi shaharlarda o'rtacha umr ko'rsatkichi yildan-yilga qisqarib bormoqda, biroq mahalliy aholining boradigan boshqa joyi yo'q. Don'tPanic "havo aksilreytingi" yetakchiligida dunyoning nafas olish juda og'ir bo'lgan yetti shahri haqidagi ma`lumot bilan bo'lishdi.
 
Lakxnau, Hindiston

Shimoliy Hindistondagi Lakxnau shahri aksilreytingni boshlab beradi. Bu yerda odamlar zararli gazlar va zavod chiqindilari aralashmasiga to'lgan havodan nafas olishadi. Qonun tomonidan deyarli nazorat qilinmaydigan ko'p sonli transport vositalari esa muammoni yanada chuqurlashtiradi.
 
Xurramobod, Eron

Eronning eng ko'p aholiga ega shaharlaridan biri - Xurramobod butun mamlakatning qishloq xo'jalik markazi hisoblanadi. Aftidan, ekspertlarning shaharni nafas olish uchun deyarli yaroqsiz deb topishiga sabab ham aynan shu sabab bo'lgan. Bu shaharda o'lim darajasi mamlakat bo'ylab umumiy o'rtacha ko'rsatkichdan deyarli 3,5 barobar yuqori.
 
Ravalpindi, Pokiston

Ravalpindi - Pokiston poytaxti Islomobodning birodar shahri. Muntazam jamoatchilik transporti tizimining yo'qligi ishlab chiqarish kollapsiga va xususiy avtomobillar ekspluatatsiyasiga olib keldi. Natijada zararli gazlar miqdori aql bovar qilmas darajada ko'payib ketmoqda. Joriy yilning oxirida mamlakat hukumati metropoliten qurilishini boshlamoqchi, bu esa muammo yechimida yordam berishi mumkin.
 
Raypur, Hindiston

Bu shahar Hindiston markazida joylashgan: u bundan avval ro'yxatda keltirilgan shaharlarchalik katta emas, lekin bu yerdagi havoning ifloslik darajasi juda yuqori. Tadqiqotchilar buning sababini shahardagi bir necha po'lat va alyuminiy ishlab chiqarish korxonalaridan ko'rishmoqda.
 
Gvalior, Hindiston

Mazkur ro'yxatda hind shaharlarining ko'pligi bu mintaqada dam olishni xush ko'ruvchi sog'lom hordiq tarafdorlarini tashvishga solishi kerak. Gvalior shu qadar ifloslanganki, hatto mahalliy aholi ham imkon qadar bu yerdan qochishga urinmoqda. Mamlakat hukumatni vaziyatni yaxshilash borasida hech qanday qaror qabul qilmayapti.
 
Patna, Hindiston

Patna - Hindistonning sharqiy qismidagi kattaligi bo'yicha ikkinchi o'rindagi shahar. U mamlakatning asosiy qishloq xo'jalik markazlaridan biri hisoblanadi. Elektr energiyasidan noratsional foydalanish, xususiy transportning ko'pligi va periferiyada ishlab chiqarishning ko'pligi Patna havosini nafas olish uchun yaroqsiz ahvolga keltirmoqda.
 
Pekin, Xitoy

Ro'yxatni ulug'vor Pekin tugallaydi. Bu surat o'tgan yilning fevralida olingan - aksariyat holatlarda bu yerning havosi aynan shunday bo'ladi.
Manba: kun.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash