Muhit
Organizmning
tevarak - atrofini o‘rab olgan va turlicha ta’sir etuvchi omillar yig‘indisi
shu organizmning yashash muhitini tashkil etadi.
Tashqi
muhit ko‘pgina ekologik omillardan iborat. Bu omillar uch guruhga bo‘lib
o‘rganiladi: abiotik (o‘lik) omil, biotik (tirik) omil, antropogen (inson)
omili. Tashqi muhit omillari tirik organizmlar hayotiga kuchli ta’sir etib,
turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Masalan,
turli ifloslanish darajasiga ega bo‘lgan muhitda kasalliklarga chalinish,
radioaktiv omillardan nurlanish va hokazolar kuzatiladi. Albatta, bunday muhit
sun’iy, ya’ni inson ishtirokida sodir bo‘ladi. Suv, tuproq, havo esa asosiy
hayot muhiti hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida turli zararkundalar, kasalliklar,
begona o‘tlarga qarshi va boshqa maqsadlarda zaharli kimyoviy moddalar
ishlatiladi. Bular pestitsidlar deb atalib, tashqi muhitga tarqalib uni
ifloslantiradi. Buning oqibatida bizni o‘rab turgan suv, havo, tuproq,
oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarning pestitsidlar bilan ifloslanib qolish
xavfi tug‘iladi.
Tashqi
muhit omillariga chidamli pestitsidlar, ayniqsa, xavflidir, chunki ularning
turli ob’ektlarga tinmay o‘tib turishi, mazkur joylarda to‘planib borib
hayvonlar hamda odam organizmiga tushib qolishi mumkin.
Pestitsidlarning
tashqi muhitdagi bir joydan ikkinchi joyga o‘tib borishiga misol keltiramiz.
Daryo, ko‘l va hovuz suvlarini tekshirib, bu suvlarda 0,025 mg/1 miqdorda
pestitsid borligi aniqlangandir.
Muhit
sifatida okeanlardagi organizmlar uchun suvning sho‘rlanish darajasi muhim
ahamiyatga ega. Bunday suvda yashovchi organizmlar sho‘rlangan suvga moslashgan
bo‘lib, ularning ayrimlari himoya vositalariga ega.
Havo
va tuproq ham muhit sifatida, tirik organizmlar hayotida muhim o‘rin tutadi.
Havoning turli sanoat korxonalaridan, avtoulov yonilg‘ilaridan chiqadigan
tutunlar, zaharli chiqindilardan ifloslansa, tuproq ham turli o‘g‘itlardan,
kimyoviy moddalardan, iflos suvlardan zararlanadi. Lekin bu muhitning barcha
elementlari ifloslanishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Yuqoridagi
salbiy ta’sirlar odamlarda turli kasalliklarni yuzaga keltirmoqda.
Tashqi
muhitni ozoda saqlash, uning har bir elementlarini asrash har birimizning
asosiy vazifamizdir.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.