loading...

Orolbo’yi mintaqasini tiklash 

4814

  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yilning 29 avgustidagi 255-sonli "2015-2018 yillarda Orolbo’yi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokatining oqibatlarini yengillashtirish Kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g`risida”dagi Qarori qabul qilindi, ushbu qaror 7-sentyabrdan kuchga kirdi.
  O’tgan yillar davomida Orol dengizi fojeasini oldini olish, mintaqadagi vaziyatni yumshatish maqsadida qator chora tadbirlar amalga oshirildi. Buning natijasida oz bo’lsada vaziyatni o’nglashga, hududdagi aholining turmush darajasini yaxshilashga erishilmoqda.
  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2015-yilning 29-avgustida 255-sonli "2015-2018-yillarda Orolbo’yi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokatining oqibatlarini yengillashtirish borasidagi Kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g`risida”dagi Qarori qabul qilindi hamda ushbu qaror joriy yilning 7-sentyabridan kuchga kirdi.
  Ta’kidlash lozimki, Hukumatning mazkur qarori, Orol dengizidagi ekologik falokatning zararli oqibatlarini oldini olish  hamda  Orol bo’yi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy - iqtisodiy ahvolni  barqarorlashtirishda  xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni ta’minlashga  qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida qabul qilindi.
  Qarorga ko’ra,  O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi muammoga aloqador vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda, shuningdek, Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi Ijroiya qo’mitasi,  Orolbo’yi genofondini himoya qiluvchi xayriya jamg`armasi tomonidan 2015-2018-yillarga mo’ljallangan Orol fojiasi oqibatlarining oldini olish va Orolbo’yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tiklashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirilishi belgilab qo’yildi.
  Mazkur kompleks chora-tadbirlar dasturining birinchi bandiga muvofiq:
 - Orol  fojiasining oqibatlarini yumshatish va Orolbo’yi mintaqasini qayta tiklashning asosiy yondashuvlari va yo’nalishlari;
 - Mintaqa suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi;
 - Ekologik falokatli hududlarda yashovchi aholining genofondi va sog`lig`ini saqlab qolish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturi;
 - Orolbo’yi aholisi turmush darajasini yuksaltirish uchun qo’shimcha daromad  manbaini shakllantirish va bandlikni oshirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturi; 
 - Ekotizim va bioxilma-xillikni qayta tiklash, hayvonot va o’simlik dunyosini saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi;
 - Qoraqalpog`iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va infrastrukturani takomillashtirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturi;
 - Qoraqalpog`iston Respublikasida amalga oshirish uchun istiqbolli investitsiya loyihalarini taklif etish;
 - Xorazm viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qaratilgan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va infrastrukturani takomillashtirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ko’zda tutiladi.
  Kompleks chora-tadbirlar dasturini samarali amalga oshirilishi, imzolangan kelishuvlar doirasidagi loyihalar, loyihaviy hujjatlarni qayta ishlash, moliyalashtirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish hamda jalb qilingan kredit va texnika vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash vazifasi vazirliklar, tashkilotlar, xo’jalik boshqaruv organlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi, Xorazm viloyati hokimligi zimmasiga yuklandi.
  Qarorga binoan,O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,  Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi loyiha ijrochilari bilan birgalikda mazkur kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xayriya tashkilotlarining texnik va moliyaviy vositalarini jalb qilishning takomillashgan usullarini o’rganish va izlab topishi,  shu bilan birga amalga oshirishi belgilab qo’yildi.
  Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan mazkur qarorda kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish vazifasi hamda kadrlar bilan bog`liq masalalarni hal etishtashqi investitsiyalarni va texnik vositalarni jalb qilish mazkur masalaga aloqador bir qator vazirliklar, tashkilotlar va hokimliklarga yuklanishi qaror ijrosining samarali ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi yuridik xizmati rahbari 
B.G.Xajixanov

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash