Radioaktiv ifloslanish
Biosferaning radioaktiv ifloslanishi 1945-yilda
Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan atom bombalari
portlashidan keyin kelib chiqdi.
1962-yilgacha atmosferada, yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish, havoni global
ravishda ifloslanishga olib keldi.
Atom
bombasi portlashida, juda kuchli nurlanish vujudga keladi. Radioaktiv
zarrachalar uzoq masofalarga tarqalib, suv havzalari, tuproq va tirik
organizmlarni zararlaydi. Ko‘pgina radioaktiv izotoplarning yarim yetilish
davri uzoq va juda xavfli hisoblanadi. Barcha izotoplar tabiatda moddalarning
aylanishiga qo‘shilib ketib tirik organizmlarga o‘tib, ularning hujayralarini
nobud qiladi. Ular orasida Strontsiy-90 juda xavfli bo‘lib, odam skeletidagi
suyaklarda to‘planadi. Organizmning doimiy nurlanish manbai bo‘lib xizmat
qiladi.
Radioaktiv
tseziy-137 kaliyga yaqin bo‘lib, zararlangan hayvonlarning muskullarida ko‘p
uchraydi. Alyaskadagi tub aholini tekshirishlar natijasida, ularning
organizmlarida ancha miqdorda tseziy-137 uchrashi aniqlandi. Eskimoslar shimol
bug‘usi go‘shti bilan ovqatlanadi.
Yadro
quroli sinashning yana bir salbiy tomoni bor. Yadro portlashi jarayonida juda
ko‘p miqdorda mayda chang hosil bo‘lib, ular atmosferada uzoq vaqtlargacha
saqlanib, quyosh nurini yutib qoladi. Yadro qurollarining sinovdan o‘tkazish
natijasida, uzoq muddatli sayyoramizning harorati pasayib ketish hodisasini
kuzatish mumkin. Bu o‘z navbatida Yerdagi barcha tirik organizmlarni halok
bo‘lishiga olib keladi.
Hozirgi
vaqtda sayyoramizning har qanday nuqtasi insonning turli ta’sirlariga duch
kelgan. Bular orasida tabiiy biotsenozlarning buzilishi va atrof-muhitning
ifloslanishi ancha jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Biosfera
inson faolligining ortib boruvchi kuchli ta’sirida turibdi. Shuning uchun eng
muhim vazifalardan biri tabiatni saqlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni
ishlab chiqishdan iborat.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.