loading...

Nega shveysariyaliklar chiqindilarni tashlash uchun Fransiyaga yo‘l olmoqda? 

2670

Shveysariya dunyoning eng ekologik toza mamlakatlaridan biri hisoblanadi va bu birinchi navbatda chiqindilarni sortirovka qilish tufaylidir. Biroq bu fuqarolarga noqulaylik tug‘diradi va oxirgi vaqtlarda ular chiqindilarni mamlakatdan tashqariga tashlashga borgan sari ko‘proq urinmoqda. Bu haqda National Geographic xabar qildi.

Mamlakatdagi  "chiqindi siyosati” ularni ko‘plab kategoriyalar bo‘yicha sortirovka qilishni talab etadi. Qayta ishlanmaydigan chiqindilar uchun turli o‘lchamdagi maxsus paketlar xarid qilish zarur: o‘nta 17 litrlik paket taxminan o‘n frank, shuncha 110 litrlik — 30 frank turadi.

Bu tizim shveysariyaliklarning barchasiga ham ma’qul kelmaydi va ular chiqindilardan tekinga xalos bo‘lishga urinadi. Fransiya chegarasi yaqinida yashovchi fransuzlar bunga yechim topdi: ular qo‘shni davlatga yukxonalarida chiqindi qoplari bilan tez-tez borib turmoqda.

Fransh-Konte mintaqasi rasmiylarining baholashicha, qo‘shnilar har yili o‘n tonnadan kam bo‘lmagan chiqindini olib kelmoqda. Buning oldini olish uchun chegarada tekshirishlar o‘tkazilmoqda.

Oxirgi yil mobaynida 140 nafar huquqbuzar to‘xtatib qolingan; ulardan har biri 150 yevro jarimaga tortilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash