loading...

Chiqindilarning ikkinchi hayoti 

3760

  Eski daftar, gazeta yoki ishlatilgan qog‘ozni axlat chelagiga tashlab yuborishdan avval sellyuloza qo’lingizdagi ushbu foydali buyumga aylanguncha qancha yo’l bosib o'tgani haqida o’ylab ko‘ring. Yoki cheti uchgan shisha... Ha, to‘g‘ri, ushbu shishani qabul qilishmaydi. Lekin siz, baribir bulami po’choqlar bilan birga tashlab yuborishga shoshilmang.
  E’tibor bering, har kuni axlat tashlash uchun chiqqaningizda maishiy chiqindilarni yig‘ish joyida ikkita konteyner turadi, ularning biriga "shisha”, boshqasiga esa "qog‘oz” deb yozib qo'yilgan.
  Axlatlarni alohida tashlashga erinmang, shunday qilsangiz siz tabiatni muhofaza qilish yo‘lini tutgan bo'lasiz.
  Biz ayovsiz ravishda yer osti boyliklarini qazib olmoqdamiz, o‘rmonlarni kesmoqdamiz va bu ishni to‘xtatolmaymiz, chunki insoniyat ko‘payib bormoqda va rivojlanishi uchun tabiiy manbalar yanada ko‘proq kerak bo‘lmoqda.
Ushbu manbalarning bir qismi qayta tiklanadigan deb ataladi. Chunki uni tabiatdan olsak ham, tez orada o’rni tiklanadi, manbalarning yana bir qismi tiklanmaydigan deyiladi. Barcha qazilma boyliklar tiklanmaydigan manbalarga kiradi.
  Tabiiy boyliklari yetarli darajada bo‘lmagan davlatlar, masalan, Yaponiya manbalami qayerdan oladi. Ular ikkilamchi xom ashyo deyiladigan qog’oz, shisha, avtomashinalar chiqindi laridan unumli foydalanishadi.
  Eski temirlami eritib undan yangi avtomobil, shishalarni qayta eritib yangi shisha olish mumkin. Qog‘oz fabrikalari eski daftarlami oppoq qog‘ozga aylantirishi mumkin va shunda o’rmonlardan ortiqcha daraxt kesishga to‘g‘ri kelmaydi.
  Mamlakatimizda foydah maishiy chiqindilarni axlatga aylantirib yubormaslik uchun ulami alohida yig‘ish dasturi ishlab chiqilgan. Natijada ulami yig‘ish joylarida "qog‘oz” va "shisha” so‘zlari yozilgan konteynerlar paydo bo‘ldi. Buni biz yaxshi anglab olmas ekanmiz, ular bo’m-bo‘shlgicha turaveradi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.