loading...

Chiqindilar qayerga g`oyib bo`ladi? 

6933

  Uyimizdagi axlat chelagimiz tez to‘lib qolishi, sabzavot po‘chog‘i, qog‘oz parchalari, konservalardan bo‘shagan plastmassa va metal bankalar hamda singan o‘yinchoqlar bilan to‘lgan chelagimizni bo‘shatish uchun har kuni axlat konteynerlarigacha ancha masofa bosib o‘tishimizni afsus chekib ta’kidlaymiz.
  Yoz kunlari sabzavot va mevani ko‘p iste’mol qilamiz, axlat chelaklarimiz og'irroq bo‘ladi. Qish kunlari esa ular engil bo’lsada lekin tezroq to‘ladi, chunki sharbat va konserva qutilari ko‘p joy egallaydi.
  Xonadonimizdan chiqadigan axlatning ikkinchi nomi ham bor - bu "qattiq maishiy chiqindi” va ular shahar hokimiyati uchun jiddiy muammodir.
  Ko’zi tushgan barcha narsalarni hisob-kitob qilib yuruvchi statistika xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda bir kishiga har kuni 1 kilogrammdan 3 kilogrammgacha maishiy chiqindi to‘g‘ri keladi. Bu esa yiliga o‘nlab va yuzlab million tonnani tashkil qiladi. Masalan AQShda har o‘n yilda ushbu ko‘rsatkich 10 fo`zga ko‘payadi. Maishiy chiqindilarni "bekitishning” iloji ham qolmadi. U o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan tabiatning do’giga aylanibgina qolmay sog‘lig‘imizgahamxafv solmoqda.
  Yaponiya ko’rfazlarida maishiy chiqindilardan iborat "axlat orollari” tog’dek uyulib yotadi. Axlatxonalar Himolay tog ‘lari va Antarktidada ham bor. AQShning shimoli-sharqiy qirg‘oqlaridagi shaharlaro‘z axlatlarini okean kemalarida boshqa mamlakatlarga jo‘natishadi. Shunday kemalardan biri "Manroye” bilan bog’liq voqea ekologik darsliklarga kirgan. U ustidagi axlatini to’kishgajoy topolmay bir bandargohdan ikkinchishiga sargardon suza-suza bir yildan so’ng nihoyot uyiga - Nyu-Jersiga o’z "yuki” bilan qaytib keladi.
  Endi esa o‘z shahrimizga bir nigoh tashlash vaqti keldi va unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan quvonsak bo‘ladi.
  Eslab ko‘raylikchi, yaqin o‘tmishda ham shahardagi axlatxonalarda qopqoqsiz katta qutilar bo‘lar edi. Ularning atrofiga ham axlatlar to‘kilar, pashshalar g‘ij-g‘ij o’ynar edi. Zararli hashoratko‘payishi uchun barcha sharo`t mavjud edi. Chunki quti yerda turar edi, yerda esa mikroblar ko‘payishi uchun qulay sharo`t mavjud.
  Endi esa axlat yig‘iladigan maydonchalar beton bilan qoplangan, atrofi devor bilan o‘ralgan, qutilar o‘rniga og’zi yopiladigan konteynerlar o‘rnatilgan. Axlatxonalarning nomi ham o‘zgardi. Endi ularni "maishiy chiqindilarni yig‘ish shoxobchalari” deb atashadi. Shaharda axlat tashiydigan yashil mashinalar paydo bo ‘ldi. Ular do`miy ravishda maishiy chiqindilarni olib ketishadi. Lekin qaerga?
  Axlat qayerga olib chiqib ketiladi va uning taqdiri nima bilan tugaydi? Ikki million aholiga ega bo‘lgan shahar chiqindilarini yig‘adigan eng katta axlatxona qayerda joylashgan?
  Shahar axlatxonasi Toshkentdan 32 km. uzoqlikda, Olmaliq yo‘nalishida joylashgan. Tasavvur qiling-a, har kuni shahardan axlatni olib chiqib ketish uchun qancha benzin kerak?
  Benzinni tejash va konteynerlami har kuni bo'shatish maqsadida shahar hokimiyati to‘rtta axlatni qayta ortish stansiyalarini qurishga qaror qildi. Ularda axlat tashuvchi mashinalarda olib kelingan maishiy chiqindilar shahar axlatxonasiga jo ‘natilishidan oldin ezib ixchamlashtiriladi, bakteriyalami o`dirish uchun bug1 bilan ishlovberiladi. Og‘ir ezg’ilovchi moslamalar qattiq chiqindilar hajmini o‘n barobarga kichraytirish imkonini beradi va natijada Olmaliq katta yo‘liga o‘ntamashina emas - bittamashinajo‘naydi, qolgan to‘qqiztasi esa axlat yig’ish uchun shaharga qaytadi.
 Biz esa chiqindilarning keyingi taqdiri haqida gapirib berish uchun shahar axlatxonasiga yo‘l olamiz.
 Shahar axlatxonasi avtomashinalar yo`idan uzoqroqda joylashgan katta hududni egallaydi. U faqat zaharli bo`magan maishiy chiqindilarni qabul qilish va ko‘mish uchun mo‘ljallangan, sanoat chiqindilarini u yerga olib kirish taqiqlangan.
  Yom’gir suvlari chiqindilarni ochiq suz havzalariga yuvib ketmasligi uchun shahar axlatxonasi tekislikka joylashtirilgan va uni tabiatni muhofaza qilish inshooti desa bo’ladi.
  Maishiy chiqindilar axlatxonada tuproq bilan aralashtiriladi. Bu esa mikrobiologik jarayon uchun sharoit yaratadi. Uning natijasida chiqindilar zararsizlantiriladi va hajmi kamayadi. Chiqindilarning chirishi jarayonida axlatxonalarda biogaz hosil bo’ladi. Undan foydalanish ham mumkin. Hozir olimlar axlatxonalarning shahardan uzoqligini inobatga olib, ushbu biogazdan foydalanish yo‘llarini izlashmoqda.
 Axlatxonalar ham qattiq maishiy chiqindilarning yechimi emas, biroq ularni axlat yoqadigan zavodlar bilan solishtirib ko‘rsak, albatta, axlatxonalarning zarari ancha kam.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.