loading...

Axlat yoqish zavodi muammoning yechimimi, yoki...? 

3411

 Shahar atrofidagi "xushbo'y” axlatxonalardagi axlatni yoqib yuborish g‘oyasi, dastlab ma'qul ko‘rinadi.
 Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi korxonalar axlat yoqish zavodlari deb ataladi. Ular haqida gap boshlangan kundan buyon ekologlar bu masalaga diqqat qaratib kelmoqda. Ushbu zavodlar boshqa zavodlardan hech farq qilmaydi, ya’ni, ular ham havoni ifloslantiradi, suvni bulg’aydi va yana yangi chiqitlar chiqaradi.
  Agarda axlat yoqish zavodi tejamkor va ekologik muammolarni hal etadi deyishsa sira ishonmang. Shunday zavodlarga ega mamlakatlar yoqilayotgan axlatlaming narxini juda yaxshi bilishadi.
  Qattiq maishiy chiqindilar tarkibida nimalar bor demaysiz. Plastmassaning o‘zidan necha tur, rezina, singan termometrlardan chiqadigan simoblar, og‘ir metallar, "maishiy kimyo” qadoqlangan ballonchalar va yana ko'plab chiqindilar.
  Agar bularning hammasi axlat yoqish zavodi o’chog’ida yoqib yuborilsa, ulardan chiqqan zararli gazlar qayerga ketadi? Albatta, havo, suv va tuproqqa, keyin esa bizning organizmga tushadi...
 Axlat yoqish zavodi chiqargan chiqindilar orasida juda ко ‘p miqdorda organik moddalarning to‘liq yonmagan qoldiqlari, oksidlar va og‘ir metal bug‘lari borligi aniqlangan.
  Axlat yoqish zavodlari atmosferani diokeinlar bilan ifloslantirishda birinchilar qatorida turadi. Ular o’tkir hidli uglevodorodlar - xavfli kanserogenlarni chiqarish bo‘yicha dizel-motor dvigatellaridan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.
Agarda dizel yonilg’si bilan yuradigan yuk mashinalarining doimiy harakatda bo’lishi, axlat yoqagan zavodning esa bir joyda turishi va yuzlab tonna axlat yoqishini inobatga olsak, zavod tevaragidagi ifloslangan havoning insongaqanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishi ko‘zga yaqqol tashlanadi.
  Axlat yoqadigan zavod chiqitlari toshqol, havoga ko’tariladigan kullar, havo tozalovchi maxsus moslama chiqindilaridan iborat. Ekolog Pol Konnetning ta’kidlashicha " Zarari kam bo’lgan uch tonna axlatni bir tonna zaharli chiqindiga aylantirish uchun hech qanday iqtisodiy va ekologik asos yo‘q. Oddiy bir tonna axlatni ko‘mish uchun o'rtacha 23 dollar sarflanadi, xavfli chiqindilarning bir tonnasini ko‘mish uchun 230 dollar sarflanadi”.
  Axlat yoqish zavodlarining yana bir xavfli chiqindisi - bu oqava suvlardir. Suv qanday ifloslanadi? Birinchidan, toshqollarni sovutish chog'ida. Toshqol tarkibida og‘ir va zaharli metallar mavjud. Agar metal zarralari og’ir bo’lsa toshqol va suvga tushadi, engil bo’lsa havoga uchadi.
 Suv zararli gazlarni ushlab qoladigan maxsus apparatlarni ishlatish chog’ida ifloslanadi. Bir tonna chiqindini yoqish davomida 2,5 m.kub oqava suv sarflanadi. Suv tuz va zaharli metallar bilan ifloslanadi. Oqava suv odatda ishqorga boy yoki juda achchiq bo‘ladi. Ikki holat ham maxsus suvga ishlov berilishini talab qiladi. Shuning uchun axlat yoqish zavodidan ko’ra oddiy axlatxonaning zarari kamroqdir.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.