loading...

Venesiyada kanallar quriy boshladi. Sababi… 

802

Venesiya kanallari suv oqimining pastligi va yog‘ingarchilikning kamligi tufayli qurib bormoqda.

Suv toshqini odatda katta muammo bo‘lgan shaharda suv oqimi g‘ayg‘ritabiiy tarzda kamaygan, suv taksilarining ba’zi mashhur kanallarda harakatlanishida muammolar yuzaga kelmoqda.

Qayd etilishicha, Italiya yana qurg‘oqchilikka duch kelishi mumkin, chunki Alp tog‘larida qor oddatdagi nisbatan yarimiga kamaygan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish guruhi Italiya daryolari va ko‘llari jiddiy suv tanqisligidan aziyat chekayotganini aytishdi. Italiyaning eng uzun daryosi, shimoli-g‘arbdagi Alp tog‘laridan Adriatika dengizigacha oqib o‘tuvchi Po daryosi yilning shu davrida odatdagidan 61 foizga kamroq suvga ega.

“Oxirgi ikki hafta ichida Yevropada antisiklon hukmronlik qildi, ko‘plab mamlakatlarda bahor fasliga xos harorat kuzatildi. Biroq so‘nggi ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Alp tog‘larida juda zarur bo‘lgan yog‘ingarchilik kuzatiladi”, deb yozadi nashr, deb xabar berdi korrespondent.net.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.