loading...

O’zbekistonda yo’qolib ketgan deb hisoblangan, noyob yovvoyi nok daraxti topildi 

8936

  O’zbekiston olimlarini ajablanishi va xursanchiligini cheki bo’lmadi. O’zbekiston «Qizil kitobi»ga – O’rta Osiyo noki (Pyrus asiae mediae) nomi bilan kiritilgan daraxtni bugungi kunda uchrashi, kutilmagan omaddir. «Ekologik xabarnomasi» jurnalini sahifalarida, shuningdek www.econews.uz saytida, Global ekologik fondi va Xalqaro biorang-baranglik tashkiloti ko’magida, O’zbekiston olimlarini Markaziy Osiyo agrobiorang-baranglikni va turi bir xil bo’lgan yovvoyi o’simliklarni saqlash  borasidagi loyihasini e’lon qilingan. Bu loyiha besh yilga mo’ljallangan va mevali daraxtlarni yovvoyi urug`doshlarini, va «tabiyi seleksioner» yaratgan o’simliklarni o’rganib, dunyo ahamiyatiga ega kolleksiyani yaratish ko’zda tutilgan. O’zbekiston uchun ajratilgan birinchi o’rindagi o’simliklar yovvoyi arpa, bodom, pista, yong`oq, olma.
  Bu loyihada, O’zbekiston o’simlikshunoslik Ilmiy-tekshirish instituti, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’simliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi, manzarali daraxtlar va mevali ko’chatlar o’stirish bo’yicha Respublika Ilmiy-ishlab chiqarish markazi  mutaxassislari, faoliyat olib bormoqdalar. Loyiha asosida, olimlar o’simliklarni tarqalib o’sayotgan zamonaviy pista, yovvoyi arpa, bodom, grek yong`og`i, olmani, yovvoyi holda o’sayotgan urug`doshlarini katta yer maydonlarni tekshirib chiqishdi.
  Olimlarni kuzatishlari, bo’yicha ko’pgina yo’qolib bormoqda, shuningdek, ularni vatani bo’lgan Tyan-Shan tog`i yon bag`irlarida ham. Mana shunday ekspeditsiyalardan birida, G`arbiy Tyan-Shan tog`ida yo’q bo’lib ketgan noyob yovvoyi nok daraxti topildi. Toshkent viloyati, Bostonliq tumani, Burchimulla qishlog`ida istikomat qilayotgan Shoyunusov Shorasul tamorqasida yuz yoshli, yovvoyi nok daraxti, yaxshi saqlangan holda o’smoqda. Bu daraxt O’zbekiston «Qizil kitobiga» O’rta Osiyo noki (Pyrus asiae mediae) nomi bilan kiritilgan. Bu vaqtgacha, yovvoyi nokni yagona aniqlangan joyi, Toshkent viloyati, Ispay-Mullali qishlogi atrofidagi, Pskom daryosi bo’yidagi vodiy edi. Loyiha mutaxassislarini gapi bo’yicha yovvoyi nokni mevalari yirik, yuqori hosildor, zamburug`lik kasalliklarga va meva qurtlariga chidamli. Hozirgi vaqtda bu daraxt navini ko’paytirish choralari ko’rilmoqda. Agarda, biz madaniylashtirilgan o’simliklarni avlodi bo’lgan, yovvoyi o’simlik turlarini saqlasak, ularni genlaridan fodalanib serhosil, qurg`oqchilikka va sovuqqa, zararkunandalarga chidamli, navlarini yetishtirishimiz mumkin.
  Mutaxasislarni gapi bo’yicha, O’zbekiston mintaqasida, 4500 turdagi yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar, 2000 turdan ortiq zabrug-qo’ziqorinlar hisobga olingan. Ulardan 400 ga yaqini kamyob, endemik va relikt turlariga mansub, ularni saqlashni samarali yo’llarini qidirmoq lozim.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.