Toza suv-sog`lom avlod demak!
O`tgan asrning 90-yillaridayoq hurmatli Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich
Karimov Markaziy Osiyo mintaqasida suv zahiralarining tashqi muhit ta’sirida
tobora ifloslamib, sifati pasayib borayotganligidan tashvishlanib shunday
yozgan edilar:
"Suv zahiralarning sifati eng muhim
muammolardan biridir. 1960-yillardan boshlab Markaziy Osiyoda yangi yerlar keng
ko`lamda o`zlashtirildi. Sanoat,
chorvachilik komplekslari ekstensiv rivojlantirildi.
Urbanizatsiya kuchaydi. Kollektor-zovur
tizimlari qurildi hamda daryo suvlari sug`orish uchun
muttasil yuqori hajmlarda olindi. Shu bois havzalardagi suvning sifati tobora yomonlasha bordi”.
Mustaqilligimizga qadar "Suvni tejab sarflash, uvol qilmaslik, tozaligini saqlash kerak" degan gaplarga uncha ahamiyat bermay qo`yilgan edi. Ayshiqsa,
shaharlarda oqar suvlarning qadri qolmagan,
pasaygan edi. To`g`risini aytganda, suv islofgarchiligiga ham loqayd, befarq bo`lib qolgan
edik.
Oqar suvlarimizga tashlanayotgan chiqindi
va axlatlar ichida nimalar yo`q deysiz... Odam bolaning suvga bo`lgan tuban
munosabatlarini - qilmishlarini ko`rganda beixtiyor sharqninig mashhur masali
yodga tushadi.
...Toshbaqa chayoni ustiga
mingashtirib daryodan sog`-omon olib o`tmoqchi bo`ladi. Chayon esa unga nish sanchish
payiga gushadi. Yaxshilikka-yomonlik... Suv ham toshbaqa misoli odam bolasi hayotini
saqlab qolishga intiladi. Chanqog`ini qondiradi, yashashga umid tug`diradi. Ko`zi
quvonsin, dili yayrasin, mehri qonsin uchun turfa xil anvoyi gullar bilan jahonni
ziynatlaydi, yeb-ichib to`ysin, bahra olsin, - deb bug`doyni, poliz ekinlarini,
ho`l mevalarni, kiyinib o`ziga zebo bersin, sovuqdan saqlanish uchun
paxtani.... xullas tiriklik - hayot davom etishi uchuy nimai-ki zarur bo`lsa undiradi
– o`stiradi, barchasini muchayyo qiladi.
Ammo odam bolasinnig ba’zi birlari
bo`lsa, chayon misoli suvning "yelkasiga minib", olganlaricha unga "nish
uradilar". To`g`ri, chayonning odati "nish urmoqdir. Lekin basher farzandining
avvallari bunday odati yo`q edi-ku, qayoqdan paydo bo`lib qoldi. Ajabo, ehtimol
suvga bo`lgan azaliy e’tiqodimiz so`nayotganligidan, hurmat va ehtirom yo`qolib
borayotganligidan bo`lsa kerak. Aqlimizni yig`ib olaylik, axir suvga e’tiqod -
oilaga e’tiqoddir, hurmatdir, kindik qonimiz to`kilgan shu muqaddas Vatanga e’tiqoddir,
hurmatdir.
Ba’zi kimsalarning suvni uvol qilish,
turli maishiy, kimyoviy chiqindilar, axlatlar, oqovalar bilan bulg`ash, zaharlashi
chayonning qabih qilmishidan ortiq bo`lsa ortiqdir, aslo kam chmas.
.... Toshbaqa chayondan ko`ra niyatini sezib,
daryo tubiga sho`ng`ib uni g`arq etadi. Ba’zi bir odamlarinng goh o`zlari
bilib, goh bilmay qilgan xatolari, hatti-harakatlari uchun "birniki
mingga, mingniki tumanga" deganlaridek suv ham toshbaqa misoli bir kunmas,
bir kun sog`lig`imiz, umrimiz hisobidan bizdan "tovon" olishi mumkindir.
Suv tashqarida ham ichkarida ham yomonlikni
ko`tarmaydi, badniyatlikni qo`llamaydi. Chayonning shum niyatiga erisholmagani
shundan. Zero, suv xolis harakat, toza niyat, go`zal orzu umidlarni qo`llaydi.
Shuning uchun bog`u-buston, gulzor-u chamanzorlarni suvdan ayri holda tasavvur qilib
bo`lmaydi. Shularni o`ylaganda suvning qadr-qiymati yanada ortadi. Suvning har qatrasi
dur va hayot gavharidirki, bu bebaho boylikni e’zozlash o`ziga xos madaniyat va
donolikni talab qiladi. "Sog`lik - tuman boylik” ekanini ko`pchilik biladi.
Biladi-yu, ammo hamma ham suvni ifloslantirish ixtiyoriy ravishda turli-tuman
xastaliklarga yo`l berish ekanini chuqur mushohada qilolmaydi. Natijada hech
kutulmagan tarzda birov u, birov bu kasallikka yo`liqadi. Xolbuki, bularning bari suv tufayli emas,
suvni bulg`agan, nodonlik, gumrohlik ila unga javr o`tkazgan insonlarnnng
kasofatidan sodir bo`ladi.
Bizlarga - odamlarga nima bo`layapti?
- Suvga nisbatan razillarcha, yevvoyilarcha munosabagda bo`lib, naqd chayonga o`xshab
qolmayapmizmi? Suvdan o`ch olmoqchimizmi? Aks bo`lib chiqsa-chi? Endilikda suvning
bizdan "uch-tovon” olishi haqiqatga aylanayapti. O`z sog`lig`imizning, jonimizning,
umrimzning bir qismini suvga "tovon” sifatida to`layapmiz, biz to`xtamay qabul qilayotgan
dori-darmonlar, jarrohlik amaliyotlari ... barchasining pul bilan bog`lik hisob-kitobi
bor-ku. Bular to`lov bo`lmay yana nima?
Suv bilan bevosita bog`liq turli
kasalliklar, toshma, o`sma, sariq, jigar, buyrak, oshqozon-ichak kasalliklari
va hakazolar. Xullas, suvning ifloslanishi, sifatning pasayishi, buzulishi
natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning turlari haddan ziyod ortib borayotganligini
hozirda tibbiy tashxislar ham tasdiqlab turibti. Suvni avaylab asramas,
sifatini saqlamas, tejamas ekanmiz, u bizdan sog`lig`imiz hisobidan
"tovon" olishni yanada oshiraveradi. Oxir - oqibat suv g`olib keladi.
Biz turli kasalliklarga chalina berib mag`lub bo`lamiz.
Suv dunyoning yaralishiga asos bo`lgan
chor unsure – to`rt qudratli unsurdan biri. Biroq, eng asosiysi - olov bilan
suvning oldini to`sish mumkin emas, suv esa har qanday alangani o`chirishga qodir.
Suvning tuproq madadiga muhtojligi yo`q. Yer va tuproq taqdiri haqida o`ylaganda
hech shubchasizki birinchi galda xayolga keladigani suv. Shu ma`noda suv-harakat,
umumiy faoliyat, ulkan-ulkan yutuqlar sarchashmasi hamdir.
"Nonni uvol qilmang”, "Nonning
uvoli tutadi”, degan gaplarni har kuni eshitamiz. Suvning uvoli yo`qmi? Nega
hamma ham "Suvni uvol qilma!” deb aytavermaydi? Chunki aksariyat odamlarning nazarida
suv tekin - daryo, anhor, ariqlardan sharqirab oqib kelaveradi. Undan istalgan
tarzda foydalanish mumkin. Vaholanki, xuddi nonga, olovga o`xshab suvni ham
tejash, asrab-avaylash zarur.
Axir, daryo suvlari
turli-tuman chiqindi, kimyoviy, maishiy oqovalar bilan bulg`ansa, ulardan tortilgan
kanal va ariqlarning suvlari ham toza bo`lmaydi. Xalq maqolida to`g`ri
ta’kidlangan:
Daryo chuchuk - ariq chuchuk.
Daryo achchiq - ariq achchiq.
Ba’zan oqar suvlarga axlat
tashlayotgan, oqova oqizayotgan qo`ni- qo`shnilarni ko`ramiz, ammo "Hoy, bunday
qillmang, Xudoning qahri keladi", deb aytmaymiz. Katta-kichik ariqlarning
bo`yida avtoulovlarini yuvayotganlarga befarqmiz. Nima uchun ariqdan olingan
toza suv ifloslantirilib unga qaytarilishi kerak?
Agar Respublikamizda
Suv nazorati militsiyasi tashkil etilsa,
ozgina tanbehga "Suv senikimi, suvga sen xo`jayinmisan?” deya udag`aylovchilarning
ham tanoblari tortilib qolardi, deb uylaymiz.
Bundan necha o`n yillar muqaddam bir
qancha ariq suvlari aholi xonadonlarining ichidan oqib o`tgan. Kundalik turmush
va ro`zg`orga shu suv ishlatilgan. Xovlisidan oqib o`tayotgan suvning
tozaligiga har bir xonadon mas’ul bo`lgan. Xonadonlarimizga suv quvurlari
tortib kelinganidan buyon, oqar suvlarning tozaligiga uncha ahamiyat bermay qo`ydik.
Afsuski, o`sha ariq suvlarining ba’zilari to`xtab, qurib qoldi, ayrimlari ko`milib
ketdi. Vaholanki, o`sha ariq suvlari atrofga go`zallik
ulashib, odamlarning dillariga rohat-farog`at baxsh etardi. Salqin, so`lim
ariq bo`ylaridan ko`z quvnab, ko`ngil yayrardi.
Fan-texnika, kimyo tarmog`i, qishloq
xo`jaligining taraqqiy etishi, aholi zichligining orta borishi natijasida
tabiatga, havo va suvga o`tkaziladigan salbiy ta’sir va "antropogen bosim”
ham o`z-o`zidan kuchayib boradi. Eng yomoni shundaki, bu salbiy ta’sir vaqt
o`tishi bilan tabiiy holga aylanishi muqarrar. O`z hayoti davomida inson
uzluksiz tarzda atrof-muhit bilan to`qnash keladi, . muvozanatiga ta’sir etadi...
Oxir-oqibatda tabiat, jumladan, suv insonning
"antropogen bosim”ga dosh berolmay o`z muvozanatini yo`qotadi va ekologik tanazzul ro`y beradi.
Taraqqiy etgan qator xorijiy davlatlarda
"antropogen bosim” ortib ketib, "ekologik tanazzul", jumladan, "suv
tanazzuli” ro`y bergani ma’lum. O`zbekistonda ham "antropogen bosim"
kuchayib borayotgani sir emas. Yer osti
va yer usti suvlari ifloslanib sifati tobora pasayotgani shundan. Mutaxassislar
bergan ma’lumotlariga qaraganda, ayniqsa. Chirchik, Ohangaron, Sirdaryo, Zarafshon
daryolari oqib o`tadigan vohalarda, Farg`ona vodiysining janubiy hududlarida
yer osti suvlari turli-tuman kimoviy va neft mahsulotlari chiqindilari hisobiga
tobora ifloslanayotir.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.