loading...

Kanallar- Toshkentning qon tomirlari 

13425

 Respublikamizning bosh shahri - Toshkentdan juda ko‘plab kanal va anhorlar o‘tgan. Ulaming ayrimlari ming yillardan buyon oqadi.
 Toshkentni suv bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega boigan eng katta kanal Bo’zsuvdir. Bo’zsuv Chirchiq daryosidan suv oladi. Bo’zsuv qadimdan Toshkentning qurilishini belgilagan. Shahar chetida Bo’ zsuv kanalidan Qorasuv kanali ajrab chiqadi. Ushbu kanal o‘zining mayda tarmoqlari bilan shaharning butun janubi-sharqiy qismini sug‘oradi.
 Shaharning shimoli-sharqiy chegarasi yaqinida Bo’zsuvdan yirik kanallardan biri - Salor ajrab chiqadi. Undan Kaykovus kanali suv bilan ta’minlanadi, u esa, o‘z navbatida Janggoh, Qichqiriq, Chig‘atoy kanallarini ta’minlaydi.
 Kanallar haqida gap ketar ekan, shuni eslash kerakki, о ‘tgan asrda Toshkentda ko‘p imoratlar qurilib, shahar ancha kengaygan va kanallar shaharning asosiy suv tomirlariga aylanib qolgan. Bunga Anhor yaqqol misol bo‘lishi mumkin. U Bo’zsuv kanalining O‘zbekiston ko‘chasidan keyingi irmog'i bo‘lib, Toshkentning markaziy qismi bo‘ylab oqadi.
 Anhorning o‘zi esa Tolyangi va Cho‘ponota kanallarini ta’minlaydi. Bo’zsuv esa o‘z suvini janubiy-g‘arbga olib boradi va o’z nomini o'zgartirib Bo‘rijar kanaliga aylanadi.
 Bo‘rijarning o‘rta qismida suvning ko‘p qismini Bo’zsuvning quyi oqimida u bilan tutashib ketadigan kanal olib qo'yadi. Bo‘rijar esa 0‘zgarish degan joygacha oqib borib, Salor kanali bilan tutashib ketadi. Salar esa kuchga to`lib Sirdaryoga qo‘shiladi, daryo esa respublikamizning shimoliga qarab oqadi.
  Toshkentning shimoliy va shimoliy-g‘arbiy qismida suv tizimini Bo’zsuvga qo‘shiladigan Qoraqamish va Damariq kanallari shakllantiradi.
  Kanallar haqida gap ketar ekan, birinchi navbatda shuni unutmasligimiz kerakki, ular tufayli Toshkent shahri gullagan makonga aylangan. Shaharni qon tomirlar kabi qamrab olgan kanallar bizlami jazirama oftobdan himoya qiladigan daraxtlaming ildizlarini sug‘oradi, hovli, xiyobon va bog`larga salqinlik olib keladi. shaharliklaming sevimli dam olish maskanlariga aylanib qolgan sun’iy ko’l va hovuzlarni suv bilan toldiradi. Bu hali hammasi emas. Kanallar xo‘jalik ahamiyatiga ega - ular energiya va suv ta’minoti manbaidir.
  Eng asosiysi - kanallar zaharli chiqindilami kamaytirib, Toshkent shahrining ekologiya tizimini shakllantiradi.
  Toshkentda birinchi vodoprovod tarmog’i qurilguncha, kanallar shaharni yagona suv ta’minoti manbai bo'lgan va aholi suv tozaligini nazorat qilgan. Hozirchi? Afsuski, vaziyat yomonlashgan. Bugungi kunda eng jazirama kunda hech kim kanaldan suv ichmaydi, chunki hamma buning xavfliligini biladi, suvning tozalik darajasi yo'l qo‘yiladigan ko‘rsatkichlardan bir necha bor iflosdir.
  Ko‘p kanallar qamishzorlar va oqava suvlar oqadigan ariqlarga aylangan. Buning sababi shaharliklar va sanoat korxonalarining noto‘g‘ri xo‘jalik faoliyat yuritishidir.
 Hali hammasini o‘zgartirsa va kanallami qutqarsa bo'ladi, buning uchun, birinchi navbatda kanallarga oqava suv oqizmaslik kerak. Keyin esa kanallarni tozalab, ularning qirg ‘oq va о‘zanlarini tiklash kerak. Shundagina ular Toshkent shahriga hayot baxsh etuvchi qon tomirlarga aylanadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.