loading...

Toshkent shahridagi birinchi vodoprovod 

3335

 Otgan asrning boshlarida Toshkent shahrining aholisi ichimlik suvini ariq va hovuzlardan olishgan. Faqat badavlat shaharliklar meshkoblardan suv sotib olish imkoniga ega boigan. Meshkoblar esa suvni Chimkent yoiidagi Golovachev chashmasidan olib kelishgan. Buloq suvi narxi juda qimmat boigan va uni faqat boylar sotib olgan.
Faqat 1909-yilga kelib Toshkentda "De Pantiotti and Co” xususiy oitoqlik shirkati tomonidan birinchi vodoprovod tarmog’i qurildi. Vodoprovodning asosiy inshooti artezian qudugi va Salorning qirg‘og‘ida joylashgan "Shahar vodokachka”si deb nomlangan suv bosimi minorasidan iborat boigan.
 Vodoprovod tarmogi Jukovskiy ko'chasidan (hozirgi S.Azimov) Kuropatkin (hozirgi Abdulla To‘qay) va Kaufman (hozirgi Mirzamahmud Musaxonov) ko‘chalarini qamrab olgan edi. Shahar vodokachkasi vodoprovod tarmog‘iga soatiga faqat 1500 litr suv yetkazib berish imkoniga ega boigan. Toshkentning yangi shahar qismida bir kishi bir kunda 0,45 litr suv sarflagan. Shu tariqa shaharni suv bilan ta’minlash tarixi ushbu birinchi vodoprovoddan boshlangan.
  Suv ta’minotidagi keyingi qadam 23 yildan keyin qo'yildi. Bo’zsuv kanalida vodoprovod ishga tushirildi, u shahar vodokachkasiga nisbatan 100 barobar ko‘p suv bergan. Bir kunda bir million chelak toza suv! 0‘shanda bu juda ko‘pdek tuyulgan edi, lekin shaharda kishi boshiga sarflangan suv bir kunda 2,5 litrgacha yetgan.
  Bo’zsuv vodoprovod tarmog’ining uzunligi 9 km.ni tashkil qilar edi, bu esa shahar ko‘chalari umumiy uzunligining 3 foizini tashkil etardi. Vodoprovod tarmoqlarining 60 foizi Toshkentning yangi shahar qismiga, 40 foizi esa eski shahar qismiga to‘g‘ri kelar edi.
  Vodoprovod suvi juda cheklangan boiib, talonlar bo‘yicha taqsimlanar edi. Bitta talonga bir chelak suv olish mumkin edi va uning narxi 1 so‘m 80 tiyin bo`lgan (o’sha paytdagi pulda).
  Suvni talon bo‘yicha maxsus shoxobchalarda sotishgan va alohida oichovli chelaklarda quyib berishgan. O‘shanda odamlar suvni juda qadrlashgan. Hozir esa suv har bir xonadonda, vodoprovod jurnragini burasangizbeto‘xtov oqib yotadi. Biz bu suv qayerdan kelyapti, shahar aholisini to'la ta’minlash uchun qancha mehnat vamablag‘ sarflangani to‘g‘risidao‘ylab ham o'tirmaymiz.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.