loading...

Pestitsidlar 

11670

  Pestitsidlar - inson tomonidan sun’iy yaratilgan kimyoviy birikmalardir. Ular o‘simlik, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, yog'och, paxta va jun va charm mahsulotlarini zararkunandalardan himoya qilish va xavfli kasallik tashuvchi hashoratlarga qarshi kurashda qo‘llanadi.
Pestitsidlarning har bir guruhi o‘z norniga ega: defoliantlar (barg to‘kadi), insektisidlar (qurt-qumursqalarni yo‘q qiladi), akarisidlar (kanalarni o`ldiradi).

O'simliklarni kimyoviy vositalar yordamida himoya qilish uchun murakkab kimyoviy moddalar qo’llanadi. Ular inson va hayvonlar uchun turli darajada zaharlidir.

Mutaxassislaming hisobi bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlarda har yili 10 mingga yaqin kishi pestisidlardan zaharlanib olar ekan. Bundan ham ko‘p odamlar ovqat va suv bilan birga iste’mol qilinayotgan pestisidlar bilan zaharlanib azob chekadi.

Uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi va o‘rmonlarda pestisidlarni aviatsiya yordamida qo'llash atrof-muhitning ifloslanishiga olib kelmoqda.
Pestitsidlar inson salomatligi uchun xavfli ekan, nega ulardan voz kecha olmaymiz?

Hozircha buning iloji yo‘q: gerbesidlar ekinzordagi begona o‘tlarni yo‘q qilish uchun, insektisidlar - qurt-qumursqalarga qarshi kurashish uchun, fungisidlar-o‘simliklardagi zararli zamburug‘larni yo‘q qilish uchun kerak.

Pestisidlarning xavfli ta’sirini kamaytirish uchun olimlar qaysi yo`ldan borishmoqda?
Birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi zararkunandalarini yo‘q qilishda zararkunanda va kasallikka chidamli bo`lgan o‘simliklarni yetishtirish. 

Pestitsidlarni zararkunandalarning aniq turiga qarshi qo’llash uchun ham ко`p ishlar qilinmoqda. Olimlar tez ta’sir qiladigan va tabiatga zarar yetkazmaydigan preparatlarni yaratish ustida ish olib borishmoqda.

Pestitsidlarni qo`llash usullari ham zararsiz bo`lishi kerak. Pestisidlar samolyotlardan sepilsa, qisqa muddat ichida katta yer maydoniga ishlov berish mumkin. Ammo ishlov berish chog’ida ko’tarilgan shamol pestitsidlarni aholi yashaydigan joy yoki daryoga eltishi mumkin. Bu holda pestisidlar foyda emas, zarar keltiradi. Shuning uchun ushbu usulni juda ehtiyotkorlik bilan qo`llash zarurdir.

Pestitsidlar bilan ishlaydigan kishilar ehtiyot bo`lishi kerak. Ularni tashishda to’kib-sochmaslik, emi ifloslantirmaslik lozim.

Sabzavot va mevalarni iste’mol qilishdan avval yaxshilab yuvish kerak.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.