loading...

Qattiqlik - suvning salbiy xususiyatlaridan biri 

7744

  Tabiatda toza suv hech qachon bo‘lmaydi desak hayron bo‘lsangiz kerak. Tabiiy suvda har doim turli aralashmalar mavjud. Ular suvning ta’mi, hidi, elektr o‘tkazish va boshqa xususiyatlariga ta’sir qiladi.
  Siz boshqa joyga ko'chib borganingizda yoki dala hovlingizda kir yuvganingizda odatda ishlatadigan sovuningiz bu gal yaxshi ko‘pirmay qolgan holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz kerak. Sovun yaxshi emasmi? Yo‘q, gap sovunda emas suvda! Siz duch kelgan suv kir yuvish uchun yaroqli emas, buning sababi uning xususiyatlaridan bin - qattiqlikdir.
  Suvning qattiqUgi uning tarkibidagi kalsiy va magniy tuzlari miqdoriga bog‘liq. Ushbu tuzlarning jamlanmasi suvning umumiy qattiqligi deyiladi, u esa karbonat va pokarbonatga bo‘linadi, chunki suv tarkibidagi kalsiy va magniy gidrokarbonat sifatida va kuchli kislota tuzi, masalan, sulfat kislotasi turida qatnashadi.
  Suvning qattiqligi suv manbasiga ham bog‘liqdir. Quduqlaming suvi daryo va ko‘llarning suvidan ko’ra qattiqroq bo’ladi, chunki ochiq suv havzalari qor va muzlaming erigan suvidan hamda yog‘ingarchilik tufayli to‘lib turadi. Yer osti suvlari esa yer qatlamlaridagi tuzlar bilan o‘zaro bog‘lanadi va qattiqlik ionlari bilan to’yinadi.
Dengiz va okean suvi eng qattiq hisoblanadi. Ulardagi kalsiy va magniy tuzlari chuchuk suvdagiga nisbatan o‘n va hatto yuz barobar ortiq bo‘lishi ham mumkin. Ushbu suvdan foydalanib bo‘lmaydi. 
  Suvning karbonat qattiqligini oddiy qaynatish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Qaynatilganda bikarbonatlar erimaydigan karbonatlarga aylanadi. Karbonatlar - bu choygum ostida qoladigan qatlamdir.
 Suvning karbonatga bog’liq boimagan qattiqligini uy sharoitida bartaraf etish oson emas. Buning uchun maxsus moddalar - ionitlar kerak. Ular qattiqlik ionlarini o’z tarkibiga kiradigan boshqa ionlarga almashtirish qobiliyatiga ega.
  Qattiq suvda ovqat pishirish qiyin. Unda pishgan ovqatning xushta’m emas, choyning ta’mi ham yaxshi bo’lmaydi. Biroq qattiqlik ionlari xavfli emas. Suv tarkibida magniy ionlari ko‘p miqdorda boisa, suv taxir boiadi va inson ichaklarini bo‘shashtiradi.
  Suvning yuqori darajadagi qattiqligi nafaqat insonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki turli ishlab chiqarish jarayonlariga va shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulot va buyumlar sifatiga ham ta’sir qiladi. Qattiq suvni ishlatishdan oldin yumshatishadi, buning uchun undan kalsiy va magniyni yo'q qila oladigan moddalar qo‘llanadi.
  Qattiq suvni ishlatib boimaydigan korxonalarda suv maxsus stansiyalarda yumshatiladi. Buning uchun suv qum filtrlaridan o'tkaziladi, keyin esa ion toidirilgan maxsus filtrlarda tozalanadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.