loading...

UNEP - BMTning "Ekologik ovozi" 

12416

  Butun sayyoramizni qamrab olgan global ekologik muammolami hal etishda barcha mamlakatlar kuchini birlashtirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1972-yilda UNEP (United Nations Environment Programme - BMTning Atrof-muhit Dasturi)ga asos soldi.
 Shundan buyon UNEP atmosfera havosini tozalash, chegaralararo ifloslanishlarning oldini olish, iqlim o'zgarishi, ozon qatlamini himoya qilish kabi jahonshumul ekologik muammolar bo‘yicha global kurashni muvofiqlashtirish bilan shug'ullanmoqda.
 Dastur biologik xilma-xilligini saqlab qolish, biotexnologiyalardan ekologik xavfsiz foydalanish, xavfli chiqindi va zaharli moddalarni ekologik xavfsiz saqlash, atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashish bo‘yicha turli mamlakatlar faoliyatini mu vofiqlashtiradi.
UNEP faoliyati samarali natijalarberishi uchun maxsus usul ishlab chiqilgan.
 Avval ekologik muammolar hamda ularni yechish uchun qoilanayotgan choralar to‘g‘risida axborot yig‘iladi, yetishmovchiliklar va amalga oshirishdagi kamchiliklar aniqlanadi va shuningdek, vaziyatni tiklash uchun qanday tashkilotlar jalb qilinishi kerakligi belgilanadi.
  Keyin esa Dasturning maqsad va strategiyasi belgilanadi, amaliy tadbirlar ishlab chiqiladi. Ushbu dastur xalqaro, hukumat va nohukumat tashkilotlari darajasida muhokama uchun taqdim etiladi. Va nihoyat, yakunlovchi bosqichda, atrof-muhit jamg‘armasi tomonidan qo‘llanadigan tadbirlar tanlab olinadi.
  UNEPda juda yaxshi axborot xizmati-"Infoterra” bor. U BMTning hamma a’zo davlatlarini barcha yo’nalishlar bo‘yicha axborot bilan ta’minlaydi, ekologik qabul qilish uchun kerakli ma’lumotlar taqdim etadi. Bu o‘z ilmiy tadqiqotlarini o'tkazish uchun yetarli mablagiari boimagan mamlakatlarga juda qoi keladi.
  UNEPning bosh qarorgohi Afrika qit’asidagi Keniya davlati poytaxti-Nayrobida joylashgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash