Shahar osmonini qoplagan muallaq tuman
Katta
sanoat shaharida yashaydigan kishi shahar havosi bilan shahar tashqarisidagi,
tog‘ yoki o‘rmon havosi farqini yaxshi ajratadi. Shahar osmonini bulut kabi
qamrab olgan og’ir muallaq tumandan quyosh nurlari ham yaxshi o'tmaydi.
Ushbu
og’ir tutunni chet ellarda "smog” deb atashadi. "Smog” atamasi ikki ingliz
so‘zi: "smoke” - tutun va "fog” - tuman so'zlarining birikmasidan iborat. Demak
uni o’zbek tilida "muallaq tuman” deb atasa ham bo’ladi, chunki u yozning
shabodasiz kunlarida shahar tepasida maullaq turib qoladi. U nafaqat shahar
ko‘rinishi va kayfiyatimizga salbiy ta’sir koisatadi, balki salomatligimiz
uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi, chunki bu atmosferaning oddiy ko'z bilan ham ко ‘rsa bo’ ladigan ifloslanishidir.
Muallaq tumun atrof-muhitning ayrim ob-havo
sharoitlarida ifloslanishi natijasida yuzaga keladi. Havodagi zaharli
aralashmalar tuman tomchilari bilan qo‘shilganda, muallaq tuman hosil bo’ladi.
Buning uchun eng qulay ob- havo sharoiti - havoning namligi, yuqori harorat va
shamol yo‘qligidir.
Sanoat
chiqindilari atmosferadagi kondensat yadrolari (suv bug‘lariga uriladigan chang
zarrachalari) darajasini ko'paytirib yuboradi. Bu esa sanoati rivojlangan katta
shaharlarda bulutli hamda tumanli kunlar sonining ko‘payishiga sabab bo`lmoqda.
Ushbu
hodisaning noxushligi yana shundaki, nafaqat tumanli kunlar soni ortadi, balki
tumanning o‘zi zavod tutuni va avtoulovlar gazi bilan birlashib zaharli bo‘lib
qoladi.
Muallaq tuman hosil bo‘lganda havoda noxush hid paydo bo‘ladi
va RB ko‘rinish yomonlashadi.
Maullaq
tutun meteorologik sharoitlar qulay kelgan paytlarda yoki neft va ko‘mir
yonishidan hosil bo'lgan zaharli gazlar ko‘payganda hosil bo’ladi. Kishilaming
salomatligi yomonlashadi, tumov bilan kasallanganlar soni ortib, gripp
epidemiyasi paydo bo‘ladi.
Kuz va
qish fasllarida(oktabr-fevral oylari) quyuq zaharli tuman sifatida paydo
bo‘ladigan muallaq tuman - London
smogi degan nom olgan. 1952 yildagi xiddi shunday smog Londonda 4 ming
kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Uning xavfli va asosiy komponentlaridan biri
- zaharli oltingugurt gazidir.
Muallaq
tumanning yana bir turi mavjud - bu Los-Anjeles turi. Uning shunday deb
nomlanishiga sabab u birinchi marta Amerikaning Los-Anjeles shahrida
kuzatilgan. Muallaq tumanning ushbu turi yanada xavfliroqdir, chunki u yilning
issiq kunlarida ham paydo bo’ladi.
Hozirgi
kunda jahonning barcha yirik shaharlarida: Nyu-York, Chikago, Boston,
Detroit, Tokio, Milan, Madrid
kabilar Los-anjeles smogidan aziyat chekmoqdalar. U o‘simlik va hayvonlarga ham
ta’sir ko‘rsatmoqda, metal va imoratlar zanglamoqda, transport vositalari
yemirilmoqda va hatto kishilarning kiyimlari ham uqalanmoqda.
Smogdan
qutilishning yagona vositasi - zavod, avtotransport va qozonxonalardan
chiqayotgan gazlarni kamaytirishdir.
Ushbu
muammoni hal qilish uchun barcha ekolog-mutaxassislar bosh qotirmoqdalar. Biz
esa sanoat shaharlarining aholisi ham bir kun kelib toza havodan nafas olish
imkoniga ega bo‘ladi, "smog” so‘zining ma’nosini esa Konan Doylning
hikoyalaridan bilib oladi, deya umid qilamiz.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.