Iqlim o’zgarishi muammolari
XX-asrning 80-yillarida XIX-asrning oxiriga qaraganda shimoliy yarim sharda o’rtacha harorat +0,6 C ga ko’tarilganligi ma’lum. "Parnik effekti”. Bashoratlarga qaraganda asrimizning boshlarida sayyoramizdagi o’rtacha harorat, yana +1,2 C ga ko’tarilishi mumkin. Yer yuzasining o’rtacha harorati esa +15 C hisoblanadi.
Karbonat angidrid miqdoriga bog’liq. Atmosferada freonlarning ortishi bilan bog’lab tushuntirish mumkin. Bunday parnik effektining yaralishida IES ca AES larning xissasi katta. 1994-yilda Kioto bayonnomasi tuzildi. Bunda "Issiqlik gazlarini ishlab chiqarishni 10-yil ichida 5%ga kamaytirish to’g’risida” nizom qabul qilingan. Iqlim o’zgarishini o’rganish muammolari Buyuk Britaniya olimlari zimmasidadir. Gollandiyadagi to’g’on buziladigan bo’lsa bu davlat hududining 2/3 qismi suv ostida qoladi. Haroratning ko’tarilishida atmosferada karbonat angidrid va freonlarning ko’payishi bilan bog’liq. Biroq Buyuk Britaniya olimlarining fikri boshqacha. Sababi iqlim bundan bir necha o’n yillardan keyin bundanda sovib ketishi mumkin ekan. Buning sababi – Atlantika okeanidan keladigan oqimlar yo’nalishinig o’zgarishi bilan bog’liq.
Milliy Okeanografiya markazi olimlarining aniqlashicha bunga yana bir sabab Buyuk Britaniya va SHimoliy Yevropani yuvib turuvchi Golfstrim iliq oqimining sustlashib borayotganligidadir. Bu Atlantika okeanidagi 50–yillik kuzatuvlar natijasidir. Bu borada dastlabki ekspeditsiyalar 1957, 1981, 1992–yillarda amalga oshirilib, oqimlarning kuchi o’zgarganligi kuzatilgan . 1998–yilda esa oqimlarning tezligi pasayganligi aniqlangan. Rossiyalik ko’pgina olimlar ham shu fikrda, ya’ni yer yuzasi "global isish” emas balki "global sovish” arafasida ekan.
Rus akademigi Yuriy Izrael ushbu vaziyatga quydagicha ta’rif beradi: –"ko’pgina mutaxassislar yer yuzining o’rtacha harorati so’nggi 100–yil ichida +0,6C ga ko’tarilganligini ko’p gapirishadi, bu haqda baxslashish qiyin. Biroq bu sayyoramizning taqdiri. Yerning iqlimi uning butun tarixi davomida o’zgarib turgan. Yerda ko’p marotaba o’ta, sovib ketish va isib ketish jarayonlari sodir bo’lgan”.
Bundan tashqari so’nggi 500 ming yil ichida 4 marta muzlash va isish jarayonlari yuz bergan. Iqlim isimoqdami yoki sovimoqdami? – degan savol tug’iladi. Bunga javoban, global isish davom etmoqda degan javobni berish mumkin.
Parnik effektiga oid fikr mulohazalar XX-asrning 60-70 yillarida bashorat qilingan edi. Bunga ko’ra sayyoramiz iqlimi global ko’lamda o’zgarishi bashorat qilingan. Hisoblarga qaraganda oxirgi 100-yillikda Yer yuzasi 0,6 C ga isigan. Agar parnik effekti hozirgi davrdagidek rivojlansa, har o’n yilda harorat 0,5 C ga ortadi. Bu kutilmagan salbiy oqibatlar olib kelishi mumkin.
Aniqlangan ma’lumotlarga qaraganda, agar harorat 3–4 C ga ortsa, iqlim mintaqalarining chegaralari yuzlab kilometr shimolga va janubga cho;zilishi mumkin. Antarktida, Grenlandiya va Shimoliy muz okeanidagi muzliklar erib ketishi oqibatida dunyo okeani sathi 66 m ga ko’tarilishi va 25% aholi yashab turgan sohillarni suv bosishi mumkin.
Iqlim o’zgarishlaridan rivojlanayotgan davlatlar aziyat chekmoqda. Yevropa va boshqa qit’alarda o’rmon yong’inlari yuz bermoqda. 2000–yilda JARda 1.2 mln odam jabr ko’rgan. Texas shtatinig "El-Paso” shahrida 1.5 odam yashaydi va suv oqadigan joylarda qattiq nazorat o’rnatilgan. 1994-yilda Kioto bayonnnomasi tuzilgan. Bunda: issiqlik gazlarini chiqarishni 10-yil ichida 5% ga kamaytirish to’g’risida bayonnnoma imzolangan. Gollandiyadagi damba buzilsa mamlakatning 2/3 qismi suv ostida qoladi.
Keyingi yillarda sayyoramizda havoning o’rtacha harorati 0.4–0.6 C ga ko’tarilganligi natijasida Arktika va Antarrktida muzliklari erib ayrim mintaqalarda, okean sathi ko’tarilishi va ayrim mintaqalarda qurg’oqchilik va cho’llashish jarayonining kamayishi kabi global iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqarmoqda. 2050-yilga borib 2 barobar kamaytirish rejalashtirilmoqda. AQSH 2050-yilgacha 60% ga qisqartirish rejalashtirilgan.
Sayyoramizdagi havoning global isishi oqibatida keying o’n yillikda 250 ming odam yashash joyini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Global isishdan va ekologik halokatlardaneng avvalo bolalar azyat chekmoqda. Hattoki rivojlangan mamlakatlarda ham globalisishdan aholining eng muhtoj va zaif qatlami zarar ko’radi. Bu haqida Bryusselda bo’lib o’tgan ekologik konferensiyada ham ma’lum qilindi.
Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, ushbu yuz yillik so’ngida suv bilan ta’minlovchi Alp muzliklarining 75%i va Tibet cho’qqilari eriydi. Tinch okeanidagi riflar, yo’lbarslar, katta toshbaqalar, Amazonka, Ganga oqib o’tadigan Sundarbans milliy bog’idagi mango o’rmonlari, Maldiv orollari tillog’ochlari–bularning barchasi suv ostida qoladi deb taxmin qilinmoqda. Lekin BMT mutaxassislarinig fikricha, bir qancha mamlakatlarda iqlim yaxshilanadi. Bular Rossiya, Kanada va Skandinaviya mamlakatlaridir. Gap bir qator o’zgarishlar haqida aynan qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish keskin ko’tarlishi bo’yicha ketmoqda. Bu xulosalarga qarshi chiqish qiyin, chunki xulosalar 29 mingdan ortiq ilmiy axborotlar tekshirilgandan so’ng bayon qilingan. Bu axborotlarning 2/3 qismi esa sayyoramiz tobora isib borayotganligini ko’rsatmoqda.
AQSH 2050-yilga borib atmosferaga chiqarilayotgan iflos gazlarni 60% ga qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.