loading...

Global iqlim o'zgarishi 

14747

IQLIM VA UNING O’ZGARISHINI INSONIYAT RIVOJIGA TA’SIRI.
Iqlim atamasini birinchi bo’lib taxminan 2200 yil oldin yunonistonlik Gipparx kiritgan va u yunonchada quyosh nurlarini kun yarmida yer yuzasiga og’ishini bildiradi. Hozir iqlim deganda harorat, namlik va atmosfera sirkulatsiyasining o’ziga xos rejimini vujudga keltiradigan ma’lum joy uchun eng ko’p takrorlanadigan ob–havo xususiyatlari tushuniladi. Iqlimning o’zgarib turishi o’simlik, hayvon va insoniyatning rivojiga ta’sir etadi. Oxirgi yuz yillikda, ayniqsa, XX asrning muhim xususiyati shundan iboratki, inson faoliyati ma’lum joy va hududni iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan o’simlik va hayvon turlarinini yaratish va o’stirishga qaratilgan.

ISSIQXONA SAMARASI.
Yerdagi hayotning bosh manbai quyosh radiatsiyasidir. Quyosh radiatsiyasining bir qismi (taxminan 30%) yer yuzi va atmosfera asosan bulutlar orqali darhol kosmosga qaytadi. 55% ga yaqini atmosfera orqali yerga tushadi va uni isitadi. Yer yuzasi uzun to’lqinli radiatsiyani tarqatadi. Atmosferani tashkil qiluvchi ayrim gazlar ushbu radiatsiyani yutish qobiliyatiga ega va shuning hisobiga atmosfera isiydi.Insoniyat o’z ehtiyojlarini amalga oshirish maqsadida yer atmosferasini faoliyatini o’zgartirdi. Buni biz atmosferadagi gazlar muvozanatini o’zgartirganimiz misolida ko’rishimiz mumkin. Bu ayniqsa karbonat angidrid (CO2), metan(CH4), azotning chala oksidi(N2O) kabi gazlar uchun tegishlidir. Tabiatda bu gazlar atmosferaning 0.1%dan kamrog’ini tashkil qiladi. 

Iqlimning isishi haqida ayrim taxminlar bor. Iqlim o’zgarishi bo’yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi (IUXEG) fikrlariga ko’ra, 1850-yildan boshlab havoning global isishi 0,50 ga oshgan. Iqlim o’zgarishi qanday ta’sir etishini oldindan aniq aytish qiyin, chunki iqlim faqat atmosferada amalga oshayotgan jarayonlar bilan belgilanib qolmasdan, balki u yana muzliklar, tirik organizmlar bilan ham bog’liqdir. Iqlim o’zgarishi harorat va yog’inlarni o’zgarishiga olib keladi. Bu esa iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi va chorvachilik kabi tarmoqlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi, okean sathini ko’tarishiga olib keladi. Natijada, orollar va pasttekisliklar suv ostida qolishi mumkin. Bu esa ocharchilik va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.

Iqlim o’zgarishini qishloq xo’jaligiga ta’siri katta. O’rtacha harorat o’zgarishidan dengiz sathi ko’tariladi va qishloq xo’jaligi yerlarini suv bosishi va sho’rlanishi. Iqlim mintaqalarini qutblarga qarab ko’chishi va quruqlik yuzasi katta qismiga tuproq namligini kamayishiga olib keladi. Iqlim va agroiqlim zonalari qutblarga qarab siljishi mumkin. Mo’tadil mintaqalarda yillik harorat 10 C ga oshishi natijasida bug’lanish taxminan 5%ga ko’payadi.

Oxirgi yuz yil ichida okeanning global sathi taxminan 15sm ga ko’tarilgan. Agar iqlim o’zgarsa bu 18 sm bo’lishi kutilmoqda. Maldiv va Tinch okeanidagi ba’zi orollarga juda katta qiyinchilik tug’dirishi mumkin.

Cho’llashishning 2 ta asosiy sababi bor. Biri insoniyat bo’lsa, ikkinchisi qurg’oqchil rayonlarda kuzatilayotgan iqlim tebranishidir. Quruqlikning 1/3 qismi qurg’oqchil mintaqa bo’lib, jahon aholisini 1/6 qismi yashaydi. Iqlimning global o’zgarishi cho’llashishga ta’sir ko’rsatishi mumkin chunki harorat, bug’lanish va yog’inlarning o’zgarishi hududlar bo’yicha turlicha kechadi. Natijada cho’llashish ba’zi joylarda tez, ba’zi joylarda sekin kechadi.

Iqlim o’zgarishi siyosiy va iqtisodiy beqarorliklarni keltirib chiqaradi. Taxminlarga ko’ra, iqlim o’zgarishi aholi sonining keskin oshishi va ocharchilik, qashshoqlik kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida qishloq rayonlaridan shaharga, kam rivojlangan davlatlardan rivojlangan davlatlarga ko’chishni tezlashtiradi. Har qanday vaziyatda bunday mojarolarni hal qilish iqlim o’zgarishiga bevosita qarshilik ko’rsatish uchun kerak bo’lgan resurslarni va kuchlarni talab qiladi.
Normurod LATIPOV 
                                      Navoiy davlat pedagogika instituti
tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o`qitish metodikasi yo’nalishi
                                                         2-A guruh talabasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash