loading...

Dunyodagi eng xavfli joylar 

3235

Har bir qit’ada o‘ziga xos joylar bor. Ularning ba’zilari o‘z go‘zalligi bilan maftun qilsa, boshqalari esa o‘limga olib keluvchi xavfga ega va ustiga-ustak tashrif buyurish uchun ta`qiqlangan.

Shamol uchirib ketishi mumkin bo‘lgan joy

Sayyoradagi eng xavfli joylardan biri sifatida AQShning Nyu-Gemshir shtatidagi Vashington tog`i tan olingan. Bu yerda 1934-yilda shamolning Yer yuzasidagi rekord darajali tezligi qayd etilgan - soatiga 372 kilometr. Bu yerda shamol yil bo‘yi kuniga o‘rtacha 16 soatdan esadi. Shiddatli shamol odamni yerga qulatishi mumkin. Bundan tashqari, bu joyning yana bir o‘ziga xosligi - havo harorati -40 darajagacha ham tushib ketishi mumkin.

Kuyib ketish mumkin bo‘lgan joy

Afrika qit’asidagi Efiopiya davlati shimolida Danakil deb nomlanuvchi cho‘l bor, uni Yerdagi do‘zax deb ham atashadi. Gap shundaki, bu yerda havo 50, ba’zan 60 darajagacha, yer esa 70 darajagacha qizib ketishi mumkin. Bundan tashhari, sahro hududida ko‘plab vulqonlar bo‘lib, ular vaqti-vaqti bilan oyoq ostidan qaynab chiqadi, shu tufayli, bu yerda qum ustida yurayotib, kuyib ketish hech gapmas. Vulqonlar hosil qilgan daralardan zaharli bug`lar chiqadi, oltingugurt kislotasi va gazdan iborat ko‘llar ham mo‘l.
Danakilning Arab tektonik plitasi darz ketgan yerda joylashgani bularning barchasiga sababchidir. Bu yerda halok bo‘lish yoki gazlardan zaharlanib, sog`liqni yo‘hotish turgan gap.

Tashrif buyurish ta`qiqlangan joy

Sayyoradagi eng xavfli joy esa Keymada-Grandi yoki Ilonlar oroli hisoblanadi. U hatto tashrif buyuruvchilar uchun yopib qo‘yilgan.
Atlantika okeanida joylashgan orol ilonlarga to‘lib-toshgan: ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bir kvadrat metr maydonga bittadan beshtagacha sudralib yuruvchi to‘g`ri keladi. Buning ustiga bu yerda eng xavfli ilonlardan biri - orol botropsi yashaydi. U juda qisqa vaqt ichida o‘ldirishga qodir, chunki uning zahri tananing tezlikda jonsizlanishiga olib keladi.

Ilonlarni orolning hamma joyida uchratish mumkin: ular yerda o‘rmalaydi, daraxt shoxlarida osilib yotadi yoki butalar soyasiga yashirinadi. Ular asosan, hech narsadan gumon qilmay, daraxt shoxiga qo‘nadigan qushlar bilan oziqlanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.