loading...

Eng uzun daryo 

14278

Ko‘pincha, Nil daryosi Viktoriya ko`lidan boshlanadi, deb hisoblaniladi. Bu - noto‘g‘ri fikr. Aniqrog‘i, Nil daryosi Viktoriya ko‘lidan oqib o‘tadi. Nil daryosi Viktoriya ko‘liga quyiladigan Kagera daryosidan boshlanib, 0‘rtayer dengiziga quyiladi. Nil daryosining uzunligi 6671 kilometr. U Yer sharidagi eng uzun daryodir. Nil daryosining boshlanish joyida qayiqqa o‘tirgan kishi har kuni 100 kilometr yo‘l bosib o‘tsa, daryoning deltasiga — Qohiraga ikki oydan keyingina yetib keladi.

Nil daryosi suvidan, asosan, Misrning shimolida yashovchi kishilargina bahramand bo‘ladilar. Eramizdan oldingi V asrda yashagan yunon olimi Geradot: «Misr Nilning sovg‘asidir»,— degan. Darvoqe, qadimgi madaniyat markazlaridan biri — Misr Nil daryosi tufayligina vujudga kelgan.

Har yili kuzda, ya’ni oktabr — noyabr oylarida Nil daryosi 40 kun toshadi. Toshqin paytida qishloqlarni suv bosmasligi uchun ular nisbatan balandroq joylarga qurilgan. Toshqin vaqtida qishloqlardagi aholi bir-birlari bilan qayiqlar yordamida aloqa bog‘laydi. Shunga qaramay Nil daryosining toshishidan aholi faqat xursand bo‘ladi, chunki suv qancha ko‘p toshsa, ekin hosili shuncha mo‘l bo‘ladi. Suv qaytgandan keyin yerlarda unumli loyqa qatlami qoladi, dehqon (fallax)lar ekin ekishga kirishadilar. Bahorda hosil yig‘ishtirib olingandan keyin yerlar yoz bo‘yi yana qaqrab yotaveradi.

Viktoriya ko`lidan oqib chiquvchi daryo Viktoriya - Nil daryosi deyilib, Kioga koiiga quyiladi. Kioga koiidan oqib o‘tgach, 40-50 metrcha balandlikdan tushib Myorchison sharsharasini vujudga keltiradi, keyin Albert koiiga quyiladi.
 
Sharshara suvi pastga tushayotganda changdek mayda zarralarga boiinib ketadi. Bu suv zarralari quyosh nurida rang-barang tovlanib, chiroyli kamalak hosil qiladi.

Albert koiidan Albert-Nil daryosi oqib chiqadi. Bu daryo togiar orasidan o‘tib ostona va daralar hosil qilganligi uchun Bahril Jabal, ya’ni «Tog‘ daryosi» deb yuritiladi. Bahril Jabal daryosiga o‘ng tomondan Habashiston togidan Sobat daryosi kelib qo‘shilgandan keyin daryo Oq Nil — Bahril Abyod nomi bilan atala boshlaydi. Bahril Abyod sohillarida kiyiklar, tuyaqushlar, fillar, begemot, hatto sher ham uchraydi. Yowoyi hayvonlar ba’zan qishloq, hatto shahar aholisini ham bezovta qilib turadi.

Oq Nilning Tana koiidan oqib chiqqan Ko‘k Nil (Bahril Azrok) bilan qo‘shilishidan haqiqiy Nil daryosi hosil boiadi. Xartum shahridan Asvongacha Nil daryosi 6 ta ostona hosil qilib oqadi.

Odatdagi daryolaming suvi quyiladigan joyigacha ko‘payib boraveradi. Nil daryosining suvi esa aksincha, kamayib boradi. Chunki Xartum shahridan keyin daryoga biron-bir irmoq qo‘shilmaydi; buning ustiga daryo suvi kuchli bugianib va yerga shimilib kamaya boradi.

Nil daryosi 0‘rtayer dengiziga quyilish joyida katta delta hosil qiladi. Delta 24 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan. Misming ekin ekiladigan maydonining 3/5 qismi ana shu deltada joylashgan. Deltada ko`llar ham bor. Ularni 0‘rtayer dengizidan tor, ensiz quruqlik — kokillar ajratib turadi.

Nilning deltasi kuzda bizdan uchib ketgan qushlaming qishki manzilgohi hisoblanadi. Uzoq shimoldan kelgan qush­lar butun qish bo‘yi va erta bahorda bu yerni «obod» qiladilar. Bu vaqtda 0‘rtayer dengizi sohili yaqinidagi sayoz koilar, ayniqsa, gavjum boiadi. Yevropadan uchib kelgan son-sanoqsiz o‘rdaklar ko‘karib ketgan suvlarda g‘ujg‘on o‘ynaydilar, yovvoyi g‘ozlar ovozi uzoq-uzoqlargacha taraladi, osmonda dengiz qaldirg‘ochlari, oqqushlar galasi, burgut va qirgiylar parvoz qilishadi; burgut va qirgiylar o‘zlariga olja qidirib ko‘p ham ovora boimaydilar, chunki ularning oljasi uchishni xayoliga ham keltirmaydigan qushlar olamida xohlagancha topiladi.

Ayrim joylarda oppoq soqaqushlar, qizgish-pusht rang flamingo, ola-bula chibislar galasidan suv yuzi ham, botqoqlik ham ko‘rinmaydi. Oqqushlaming katta guruhlari suv chekkalarida xuddi ulkan nilufar guliga o‘xshab yotadi. Daraxtlar, butalar, o‘tlar orasida ham turli qushlami uchratish mumkin. To‘rg‘aylar va boshqa rang-barang qushlar xonishi har tomon­dan eshitiladi.

Ikkinchi Nil «tug‘ilishi» mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish mumkin. Nil daryosi bepoyon Sahroyi Kabirning kichik bir qismini suv bilan ta’minlaydi, xolos. Sahroning katta qismi hozirda ham suvsiz qaqrab yotibdi; lekin fan va texnika jadal rivojlanayotgan asrimizda Sahroyi Kabirga suv chiqarish masalasini hal etish mumkin.

Sahroyi Kabimi suv bilan ta’minlash va sug‘orish masalasiga doir bir necha loyiha tuzilgan. Shunday loyihalardan biri — Kongo daryosi yordamida «ikkinchi Nil» barpo etish loyihasidir. 1935-yilda nemis muhandisi G. Zergel Afrikadagi eng katta va sersuv Kongo daryosining yo‘nalishini o‘zgartirish loyihasini tuzdi. Bu loyihaga muvoflq Sahroyi Kabimi, shuningdek, butun Afrika tabiatini o‘zgartirish mumkin.

Kongo (Zair) daryosi sersuvligi jihatidan dunyoda Amazonka daryosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bu daryoning suvi Volga daryosi suvidan 5 baravar ko‘p. Kongo havzasining o‘rta qismi soylik, tevarak-atrofi esa togiar bilan o‘ralgan. Kongo daryosi okeanga yaqin joyda ancha torayib, eni ikki kilometrga yetar-yetmas Stenli sharsharasini vujudga keltiradi. Darada esa 26 kilometr masofada 96 metr balandlikdan oqib tushib 32 ta sharshara hosil qiladi. Loyihada ana shu daraga katta to‘g‘on qurish ko‘zda tutilgan. Qarabsizki, tropik changalzorlardan iborat ulkan soylik — Kongo havzasi bir necha yildan keyin chuchuk suvli katta dengizga aylanadi qoladi. Bolajak Kongo dengizining maydoni Angliya maydonidan 3 baravar, Niderlandiya davlati maydonidan 21,5 baravar katta boiadi. Bu dengiz suvining bir qismi diametri 7-10 metr keladigan tonnellar orqali Atlantika okeaniga chiqariladi. Tonnellardan chiquvchi suvlar elektr stansiyalarning kuchli turbinalarini aylantiradi. Boiajak Stenli GESida 200 ta gene­rator ishlaydi; GES yiliga 240 milliard kilovatt - soat elektr energiya beradigan boiadi. Bu butun Yevropaning shu kungi ehtiyojini qondiroladigan energiya miqdoriga teng boiib, Kongo havzasiga yondosh hududni dunyodagi eng yirik indu­strial o‘lkalardan biriga aylantirish imkoniyatini beradi.

Kongo dengizidagi suvning ko'proq qismi Chad havzasiga yo‘naltiriladi. Muayyan vaqt o‘tgach, kattaligi Baltika dengizi, Qora dengiz, Kaspiy dengizi, Oq dengiz va Azov dengizining jami maydoniga teng keladigan ulkan Chad dengizi hosil boiadi. Chad dengizi suv bilan toigach, uning suvi qush uchsa qanoti, odam yursa oyogi kuyadigan ulkan Sahroyi Kabir tomon yo‘l oladi. Sahroning g‘arbiy qismida sun’iy yo‘l bilan yaratilgan bu yangi daryo Tunis yonida 0‘rtayer dengiziga quyiladi. Uni ikkinchi Nil deb atasa bo`ladi. Hozirgi Nil daryosi Misr uchun qanday ahamiyatga ega bo`lsa, ikkinchi Nil ham Chad, Niger, Jazoir, Tunis va Liviya mamlakatlari uchun shunday ahamiyatga ega boiadi.

Ikkinchi Nil tug‘ilgach, Sahroyi Kabirning, umuman, Afri­kaning iqlimi, tabiati tubdan o‘zgaradi. Jazirama issiqning shashti qaytadi, iqlim ancha yumshaydi.

Sahroyi Kabirdagi qaqragan cho`llar o‘mida katta-katta vohalar, soya-salqin bog`lar, ekinzorlar paydo bo`ladi, shahar va qishloqlar barpo etiladi, turli sanoat korxonalari qad ko‘taradi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash