loading...

Buyuk ko`llar qanday hosil bo`lgan? 

4659

 Beshta Buyuk ko’l birgalikda dunyodagi eng katta chuchuk suv omborini tashkil qiladi. Ulardan biri dunyodagi eng katta chuchuk suvli ko’ldir. Undan faqat sho’r suvli Kaspiy dengizi katta. Buyuk ko’llar basseyni muz davrida muzliklardan hosil bo’lgan. Muzliklar shimoldan bostirib kelgan, ularning og’irligi natijasida vodiylar kengaya va chuqurlasha borgan.

 Muz erib ketgach, muzlikning chekkasi bo’lgan yerlarda qum, mayda tosh va tosh qatlami qolgan. Bu qatlam ilgari quruqlikning vodiy bo’lgan bir qismini chegaralab qo’ygan.

 Muz chekingach, yer dastlab ko’lning janubi-g’arbida ko’tarila boshlagan. Bu ushbu joyda yer yuzasining qiyaligi o’zgarishiga sabab bo’lgan. Shundan so’ng suv janubi-g’arbdan Shimoli-sharqqa qarab oqadi. Muz chekingan paytga kelib, barcha ko’llar Avliyo Lavrentiy daryosi orqali Atlantika okeaniga oqib chiqib ketadi.

  Nega Buyuk ko’llar yana chuchuk suv bilan to’lib qoldi? Ayrim jilg’alar ularga quyilgan bo’lsada, oqimlarning asosiy qismi ko’llarga teskari bo’lgan yo’nalishda oqa boshlagan. Buyuk ko’llar suvi yer ostidan sizib chiqadi, chunki ular ko’llar hududida yer yuzasiga juda yaqin.
 
  Asosiy manba bo’lmish yer osti suvlari ko’llar sathi tushib ketmasligida muhim ahamiyatga ega. Buyuk ko’llar va kanallarning umumiy maydoni —   246 ming kv.km.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash