Baykal deyarli
Osiyoning markazida, Moskva va Voronej, London
va Edinburg
kengliklari o’rtaligida joylashgan. Agar Yer yuzida ilk yaratilgan quyi
saqlanib qolgan joylar bo’lsa, bu, avvalo, Baykal ko’lidir.
Baykal Yer sharidagi
ko’llar ichida marvarid donasiday ajralib turadi. U geologik jihatdan ko’hnaligi,
ajoyib hayvonot va o’simliklar dunyosi, ulkan o’lchamlari, o’ta tiniq suvi va
go’zal iqlimi bilan mashhurdir. Dunyodagi uch milliondan oshiq ko’llar ichida
eng kattalaridan biri Baykaldir. Uning uzunligi 636 km.
Uning hududida
Gollandiya, Belgiya yoki Shveysariya bemalol joylashishi mumkin. Baykal —
dunyodagi eng chuqur ko’l. Uning eng teran joyi 1 637 metrdir. Baykal havzasida
Yer sharidagi jami chuchuk suvlarning beshdan bir qismi joylashan. Baykalga
Baltika dengizining suvi va Azov dengizidan yuztasi sig’adi.
Baykal — dunyodagi eng
ko’hna ko’llardan biri. Uning havzasi shakllanishi 30 mln yildan beri davom
etmoqda. Nega davom etmoqda? Chunki ko’l mintaqasida joylashgan seysmik
stansiyalar har yili ikki mingga yaqin zilzilani qayd etishadi. Ulardan
ayrimlari o’ta kuchli bo’ladi. Masalan, 1959 yili yer qimirlashi natijasida
Baykalning tubi 15 metr pasaydi. 1862 yili Selenga
daryosi deltasidagi 200 kv.km. sohil bo’yi yerlari suv ostiga cho’kib ketdi.
Ko’lda o’simliklarning
850, hayvonlarning esa 1400 turi mavjud. U yerdagi o’simliklarning 133,
hayvonlarning esa 848 turi dunyoning boshqa joylarida uchramaydi. Ba'zi tirik
organizmlar dunyoning boshqa hech bir ko’lida yo’q. Baykal ko’hna
mavjudotlarning tabiat muzeyi deb atalishi ham bejiz emas. Bu yerga tub
hayvonlar — endemikalar kelganiga besh million yildan oshgan. U yerdagi omul va
nerpani hamma eshitgan bo’lsa kerak, ammo tirik tug’ladigan golomyanka
balig’ini hamma ham bilavermaydi. Uning yog’i tarkibida foydali darmondorilar
bor va bu darmondorilar azaldan tibbiyotda ishlatilib keladi. Ko’lda yashovchi
jonivorlardan biri epishura qisqichbaqasidir. Har bir kvadrat metr suv ostida,
taxminan, 30 milliondan oshiq bunday qisqichbaqa bor. Epishuralar Baykal
suvining tozaligi uchun «mas'ul»dir. Suvning shaffofligi 40 metrni tashkil
etishi ham uning «mehnatlari» samarasidir. Masalan, suvning shaffofligini
o’lchaydigan Sekki gardishi Kaspiy dengizida 25 metr, Sevan ko’lida esa 20 metr
chuqurlikda ko’rinadi. Shaffoflikda Baykalga mashhur Alp ko’llari ham teng kela
olmaydi.
Baykal ustida ko’pincha
havo ochiq bo’ladi. Uning ustidagi quyoshli kunlar Qora dengiz
kurortlaridagiga, hatto Nitssadagiga nisbatan ham ko’proqdir. Baykaldagi ochiq
kunlar 2 583 soatga yetadi. Endi ko’l ustidagi musaffo osmonni bir tasavvur
qilib ko’ring. Baykal o’z sohillaridagi iqlimni yumshatadi. Nisbatan uzoqroq
mintaqalardagiga qaraganda, qishda bu yerning ob-havosi 5—7 daraja iliq, yozda
esa salqin bo’ladi.
Baykal suvining ta'mi
juda mazali. Buning sababi suv tozaligi bilan bir qatorda tarkibida minerallar
ham kam. Ko’lning toza va chuchuk suvi haqiqiy tabiat xazinasidir. Ammo
xazinalar tadqiqotchilar bilan bir qatorda har xil avantyurist va yengil boylik
orttirish ishtiyoqmandlarini ham o’ziga jalb etadi. 60—70-yillarda Baykal omul
(lososlar turkumiga mansub baliq) tutuvchi brakonyerlar — o’g’rincha
ovchilarning makoniga aylanib qoldi. Asrning boshlarida esa mashhur Baykal
suvsari qirilib ketayozgan edi. Uning sohiliga sellyuloza kombinati qurilganini
vahshiylikdan boshqa narsa deb bo’lmaydi. Albatta, Baykal kuchli va qudratli
ko’l, ammo shu bilan birgalikda himoyasiz hamdir.
Inson Baykal
boyliklarini endigina o’rgana va o’zlashtira boshlagan kezlar uning suvini
bulg’ash qat'iy taqiqlangan edi. Atrofdagi o’simliklarni payhon qilmaslik uchun
faqat so’qmoqlardan yurishga ruxsat etilar edi. Balki ushbu tartiblarni
qaytadan joriy etish kerakdir?
Baykal o’z bag’riga
Rossiyadagi chuchuk suvlarning 80% ini, sayyoradagi chuchuk suvlarning esa
beshdan bir qismini sig’diradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 6-uy
VEB-SAYT YANGILIKLARIGA OBUNA BO`LISH SHAKLI
Eslatma: Agarda Sizni veb-saytdagi ma'lumotlar qiziqtirayotgan bo'lsa, quyidagi shakl orqali veb-sayt ma'lumotlar bazasidagi so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lib turishingiz mumkin. Buning uchun Siz amaldagi mavjud elektron manzilingizni quyidagi qatorga kiriting va elektron manzilingizga jo'natilgan xat orqali obunani tasdiqlang.