loading...

Nega suv muzga aylanadi? 

7044

 Agar muzlayotgan hovuz, ko’l yoki daryoga e'tibor bergan bo’lsangiz, dastlab suvning yuzasi muzlay boshlaganini ko’rgansiz, albatta. Agar hovuzlar, ko’llar, dengizlar tubidan muzlay boshlasa, hayotimizda ko’p narsalar o’zgarib ketishi mumkinligini hech o’ylab ko’rganmisiz? Unda Yerdagi iqlim o’zgaribgina qolmasdan, suvda yashaydigan ayrim mavjudotlar butunlay qirilib ketishi mumkin edi.
 Endi hovuzdagi suv qanday qilib muzga aylanishini ko’zdan kechiraylik. Suv ustidagi havo sovigach, u suvning yuqori qatlamini ham sovitadi va sovuq quyi iliq qatlamga nisbatan og’irlashib, pastga tusha boshlaydi. Bu jarayon butun hovuzdagi suvning temperaturasi Selsiy shkalasi bo’yicha 4 gradusga yetgunga qadar davom etadi.
Ammo havo temperaturasi pasayaveradi. Suvning ustki qatlamlari 4 darajadan pastroq temperaturaga yetgach, pastga tushmaydi. Chunki 4 darajadan quyi temperaturagacha sovigan suv yengilroq bo’lib qoladi.
  Shunday qilib, suvning yuqori qatlamlari muzlagan holga keladi. Temperatura muzlash nuqtasi — 0 darajaga yetgach yoki undan ham quyi tushgach, o’ta mayda kristallchalar paydo bo’la boshlaydi.
  Bunday har bir kristallning olti nuri bo’ladi. Ular o’zaro birlashib, suv yuzasida muz po’stlog’ini hosil qiladi. Muz ba'zan shaffof bo’ladi. Ba'zida esa bunday bo’lmaydi. Nega? Suv muzlayotganda, undan o’ta mayda pufakchalar ajralib chiqa boshlaydi. Ular muz kristallari nurlariga yopishib oladi. Qancha ko’p muz kristallchalari hosil bo’lsa, shunchalik ko’p pufakchalar paydo bo’ladi. Bu esa tiniq bo’lmagan muz paydo qiladi.
Agar muz ostidagi suv oqar bo’lsa, havo pufakchalari bir joyga yig’iladi va shaffof muz hosil bo’ladi. Suvning, boshqa ayrim moddalar qatori suyuq holatdan qattiq holatga o’tganda, hajmi toraymaydi. U muzlaganda, o’z hajmining to’qqizdan bir qismi qadar kengayadi, ya'ni to’qqiz litr suv muzlaganda, undan 10 litr qattiq muz hosil buladi. Qishda avtomobillar radiatori va suv quvurlari suv muzlashi oqibatida kengayib, yeriladi.
 FIORD NIMA?
 Fiord (qirgoqlari qoyali, tor va chuqur dengiz kurfazi)lar qit'alar qalin muz va qor qatlam bilan qoplangan muz davrida paydo bo’lgan. Bu muzlar, o’z navbatida, sekin harakatlanayotgan muz daryolaridaya iborat muzliklar yuzaga kelishiga sabab bo’lgan.
Bir necha o’n metrdan iborat muzliklar tog’lardan vodiylar tomon siljiyotib, o’ziga yo’l ocha boradi. Ularning harakat kuchi o’ta yuqori bo’ladi.
 Dastlab muzliklar o’tgan yo’llarda tor daralar hosil bo’ladi, keyinchalik muzning betizgin kuchi, o’ziga pastga tomon yo’l ochajak, ularni kengaytirib yuboradi. Dara asta-sekin chuqurlasha va kengaya boradi.
  Muz davri tugagach, qor va muz eriy boshlaydi. Muz erigan sari daryolar ham kengaya boradi. Shu bilan bir vaqtda dengiz suvi ko’tarila boshlaydi. Shunday qilib, daryolar o’rnida fiordlar paydo bo’ladi.
  Fiord qirgoqlari, odatda, nishab qoyalardan iborat bo’ladi. Qoyalarning balandligi 1000 metr (3000 fut) gacha yetadi. Ba'zi fiordlar shu darajada chuqurki, ulardan kemalar ham bemalol o’tib ketishi mumkin. Aksariyat fiordlar Finlyandiya va Grenlandiyaning qirg’oq bo’ylarida joylashgan. Ammo eng chiroyli fiordlar Norvegiyadadir. Eng uzun fiord ham Norvegiyada bo’lib, Sogneford deb ataladi. Uning uzunligi — 180 km.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash