loading...

Ilonlar 

9891

Kishi ilon ko‘rishi bilan seskanib tushadi. Darhaqiqat, ilon turqi sovuq maxluqdir. Taxminiy hisoblarga ko‘ra har yili yer sharida 500 ming kishini ilon chaqadi. Janubiy Amerikada yili­ga taxminan 3-4 ming kishi, Afrikada 1000 kishi ilon zahridan halok bo‘ladi.

1948-yili Braziliyaning Abun qal’asida: «Dengiz qirg‘og‘idagi qumloqda nihoyatda katta ilon yotibdi. Uzunligi 35 metr keladigan bu ilonni pulemyotdan o‘qqa tutib arang o‘ldirishdi...» — degan vahimali xabar tarqalgan edi.

1964-yili ham ba’zi bir gazetalarda Vyetnam Demokratik Respublikasining changalzor o‘rmonlaridan birida uzunligi 36 metr keladigan ilon o‘qqa tutib o‘ldirilganligi haqidagi xa­bar bosilib chiqdi. Bu xabarlaming ikkalasi ham uydirma gaplar.

Nyu-York hayvonot bog‘i o‘n metrdan uzun anakonda (ilon)ni tutib kelgan kishiga o‘n ming dollar mukofot va’da qil­gan. Bu mukofotga hali hech kim sazovor bo‘lganicha yo‘q.

Kolumbiyada bir zoolog uzunligi 11 metr 50 santimetr keladigan ilonni — anakondani o‘ldirgani aniq.
San-Diyego (AQSH) hayvonot bog‘ida uzunligi 8 metr 55 santimetr, og‘irligi 115 kilogramm keladigan anakonda bor. Borneo orolida uzunligi 9 metr-u 85 santimetr keladigan bo‘g‘ma ilon tutilgan.
 
Ilon o‘zidan ikki-uch hissa yo‘g‘on jonivorlarni yuta oladi. Lekin ot va sigirlami yutgan ilonlar haqidagi rivoyatlarning turgan-bitgani uydirma. Uzunligi 10 metr keladigan anakonda qo‘y, buzoq, cho‘chqa, kiyik, hatto puma (sherga o‘xshash yirtqich hayvon)ni yutishi mumkin. Ilonlaming og‘zi rezina singari cho‘ziluvchan bo‘ladi.

U o‘ljasini bir amallab og‘ziga sig‘dirsa, bas. 0‘lja katta bo‘lmasa yoki unchalik qarshilik ko'rsatmasa, ilon uni tiriklayin yutadi. Katta va jiddiy qarshilik ko‘rsatuvchi o‘ljasini awalo bo‘g‘ib o‘ldiradi, shundan keyingina yutadi.

Ilon qurt, chuvalchang, har xil hasharot, kemiruvchilar, tuyoqli jonivorlar, qushlar, tuxumlarni ham yeydi, u ovqat tanlamaydi. Ilon och qolganida hayvon o‘laksalaridan ham qaytmaydi. Ayrim ilonlar tuxumxo‘r bo‘ladi. Uzunligi 75-80 san­timetr keladigan ilonlar tovuq tuxumini bemalol yutadi, po‘chog‘ini ezib chiqarib tashlaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash