Odamxo`r sherlar
1898-yilda
Uganda davlatining Savo stansiyasida angliyalik injener Jan Patterson
boshchiligida bir necha yuz ishchi temiryo‘l qurilishida ishlaydi. Har kuni
ishchilaming bir-ikkitasi dom-daraksiz ketadi, ulami hech qayerdan topisha
olmaydi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, bu yerda odamxo‘r sherlar bor ekan. Har
kuni bir-ikki ishchining g‘oyib bo‘lishiga shu sherlar sababchi ekanligi hech
kimda shubha tug‘dirmaydi. Dovyurak Jan Patterson odamxo‘r sherlaming iziga
tushib, ular bilan olishganini shunday hikoya qiladi: «Bir kuni tong pal-
lasida bir ishchi chodirimga chopib kirdi:
— Janob injener! Sho‘rimiz quridi,
kechasi bir sher chodirimizga kirib, poygakda uxlab yotgan Ungan Singxni
bo‘ynidan tishlab...
Men uning
gapini oxirigacha eshitmadim, joyimdan irg‘ib turib ularning chodiri tomon
yugurdim. Chodir atrofidagi qumda sheming izi yaqqol ko‘rinib turardi.
Singxning yonida yotgan ishchining aytishicha, yarim tunda allaqanday hayvon
chodirga boshini tiqib, yaqinroqda yotgan Ungan Singxni bo‘ynidan g‘ippa
olganicha tashqariga sudrab ketibdi. Bechora Singx: «Qo‘yib yubor», — deb
baqirishgagina ulguribdi. Chodirdagi odamlar qattiq qo‘rqqanidan nima qilishini
ham bilishmabdi. Tong otguncha hech kim uxlamabdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu
bahaybat sher ekan.
Qanday
dahshat... Men chodirimdan miltiqni oldim va Xeslem degan kapitan bilan birga
odamxo‘r sherni qidirib ketdim. Ikki yarim chaqirimcha yo‘l yurgach, fojia
ro‘y bergan joydan chiqib qoldik: hammayoq qip-qizil qon... G‘ajib tashlangan
odam suyaklari sochilib yotibdi; sal nariroqda irjaygancha qotib qolgan
kalla. Kallani tanidik. Bu - bechora Singx. Biz uning qolgan-qutgan suyaklarini
to‘plab bir joyga ko‘mdik.
Shu kuni men o‘zimga bu joyni odamxo‘r
sherlardan tozalashga qat’iy so‘z berdim. Kech kirdi. Sher bugun ham o‘lja axtarib
kelsa kerak, deb o‘ylab, chodir yaqinidagi daraxtga chiqib, sheming kelishini
kuta boshladim. Qo‘limda ikkita miltiq. Yon-verimdagi daraxtlarga ham besh-olti
ishchi chiqib oldi. Hammayoq jimjit. Ko‘p o‘tmay allaqayoqdan vahimali tovush
eshitildi. So‘ngra bir chaqirimcha narida qiy-chuv ko‘tarildi. Nahotki yana
kimdir sherga yem bo‘lgan bo‘lsa? Afsus, sher yana bir ishchini olib qochganini
tong yorishgachgina bildik...
Temiryo‘lning
bir qismi qurilib bitgach, lager markazi ancha nariga ko‘chdi. Lekin lagerda
ahvol og‘irlashaverdi... Ahvol shunday davom etaversa, lagerda odam qoladimi?
Bir kuni ishdan
endi qaytib kelgan edim, oldimga bir to‘da ishchilar kelib, lagerdagi notinch
ahvoldan norozi ekanliklarini, sherga yem bo‘lmaslik uchun vatanlariga qaytib
ketishga qaror qilganliklarini aytdilar.
Men ularni
tinchitishga urindim va okrugning bosh chinovnigiga xat yozib, yordam
so‘rashga va’da berdim. Ammo ishchilar to‘da-to‘da bo‘lib qocha boshladi.
Temiryo‘l qurilishi to‘xtab qoldi.
Bosh chinovnik
master Uaytxeddan maktubimga javob keldi: u iltimosimni qabul qilganini va
2-dekabr kuni bu yerga yetib kelajagini aytibdi. Biz chinovnikni kutib olishga
tayyorlandik. Biroq nima uchundir undan darak bo‘lmadi... Shu kuni kechqurun
yana «ovga» chiqdim. Pistirmada bir soatcha poylab o‘tirganimdan keyin ko‘zimga
qandaydir sharpa ko‘rindi, keyin sheming o‘kirgani eshitildi. Men ovoz kelgan
tomonga uch-to‘rt marta o‘q uzdim. Tong yorishgach, o‘sha joyga bordim. Ajabo,
qarshimdan, mister Uaytxed chiqib qoldi. Uning rangi o‘chgan, kiyim-boshi
dabdala bo‘lgan, yuzlari shilingan.
—
Iye, janob Uaytxedmilar?
—
Ko‘rib turibsiz-ku!
—
Sizni kecha tush paytida kutgan edik,
nima bo‘ldi o‘zi?
—
Kecha stansiyada sherga yem bo‘lishimga
sal qoldi...
—
Qo‘ysangiz-chi. Stansiyada sher nima
qilsin.
U indamay
o‘girildi-yu, kiyimini yechib orqasini ko‘rsatdi:
—
Bu sizningcha behuda gapmi?
Uning orqasi
momataloq bo‘lib ketgan, jarohatlangan, sherning timoq izlari bilinib turardi.
Ma’lum bo‘lishicha, Uaytxed tushgan poyezd kechikib, Savoga g‘ira-shirada yetib
kelibdi. Stansiyadan lagerimizga olib keladigan so‘qmoq yo‘l butazordan o‘tgan.
Uaytxed Abdulla degan seijant bilan birga poyezddan tushib shu so‘qmoq yo‘ldan
kelishayotgan ekan.
Yo‘lning
yarmiga yetganda butalar orasidan bahaybat sher chiqib ularga tashlanibdi.
Uaytxed qoqilib yiqilibdi-yu, shu zahoti sherga qarab bir-ikki marta o‘q
uzibdi. Sher miltiq ovozidan cho‘chib Uaytxeddan nariroq ketibdi-yu, keyinroqda
kelayotgan Abdullaga tashlanibdi va uni butazorga sudrab olib ketibdi.
Chinovnik yana ketma-ket o‘q uzibdi, lekin foydasi bo‘lmabdi.
9-dekabr
tongida daryo bo‘yida ikkita sher eshakni g‘ajiyotgani haqida bir ishchi
xabar keltirdi. Miltiqni ko‘tarib o‘sha ishchi bilan daryo tomon yo‘l oldim.
Uzoqda butazor orasida sher ko‘rindi. Biz juda ehtiyotkorlik bilan ketayotgan
edik, birdaniga sherigim quruq shoxni bosib oldi. Shox-shabbaning
qasir-qusuridan cho‘chigan sherlar bir-ikki o‘kirdi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushib, lagerga qaytdim. Shunda miyamga bir fikr keldi:
ishchilarga jom, tunuka idishlar, konserva bankalari va boshqa temir-tersaklami
keltirishni buyurdim. Hamma narsa taxt bo‘lgach, ishchilarga yarim davra bo‘lib
olishni buyurdim, ishora qilishim bilan ular bong urishi, xullas, quloqni
batang qilgudek shovqin-suron chiqarishi kerakligini tushuntirdim. Shu
alpozda sherni qidira boshladik. Oradan bir soatcha o‘tgach, sher ko‘rindi.
Men sherdan atigi besh-olti qadam narida pisib yotardim. Sherni umrimda
birinchi bor shunchalik yaqindan ko‘rishim. Bahaybat yirtqich yashiringan
joyidan chiqib nariga keta boshladi. U goh to‘xtab atrofga qarab qo‘yardi. Men
ishchilarga imo-ishora qilishim bilan quloqni batang qiladigan darang-durung
yangradi. Bu shovqin-surondan sher gangidi, shekilli, atrofga alanglab, qochmoqchi
bo‘ldi. Men uni nishonga olib, miltiqning tepkisini endi bosay deb turganimda
sher birdaniga men tomon qarab tishlarini g‘ijirlatdi, timoqlarini yerga qadab
g‘azab bilan na’ra tortdi. Tepkini bosdim, lekin o‘q otilmadi, miltiq «shilq»
etdi, xolos. Qarasam, sher biz tomon lapanglab kelyapti. Shosha-pisha yana o‘q
uzdim. Sher qochib ketdi. Endi lagerga qaytishdan boshqa chora yo‘q edi.
Ketishdan oldin
daryo bo‘yiga bordim. Sher o‘ldirgan eshakning o‘laksasi yotibdi, sher uning
faqat bir sonini yebdi. Demak, u o‘ljasi oldiga yana qaytib keladi. Biz o‘laksa
yotgan yerdan o‘n metrcha nariga balandligi besh metrcha keladigan taxtasupa
yasadik. 0‘laksani yo‘g‘on arqon bilan boglab, arqonning uchini to‘nkaga
tang‘ib qo‘ydik. Shundan keyin shay bo‘lib, taxtasupada sherni kuta boshladim.
Hammayoqda sukunat, faqat yuragimning duk-duk urishigina qulog‘imga eshitilib
turadi. Shu payt ancha yaqindan sherning chuqur va uzoq nafas olgani eshitildi;
bu yirtqichning ochligini bildirardi. Men kuzata boshladim. Sher pisib-pisib,
2-3 metrcha yurgach, atrofga qaradi, oldingi panjalarini yerga qadab,
o‘kirdi: bu yerda odam borligini sezdi. U o‘ljasiga e’tibor bermay men yotgan
supa atrofini aylana boshladi. Sher shu tarzda meni ikki soat chamasi poyladi;
supaga irg‘imasa edi, deb qo‘rqardim.
Vaqt yarim
kechadan og‘gan. Banogoh nimadir gardanimga qattiq urildi, supadan tushib
ketishimga sal qoldi... Sher irg‘idimikin, deb esxonam chiqib ketdi. Qarasam,
boyqush ekan. Patir-putur ovozini eshitgan sher o‘kirganicha taxtasupaga
yaqinlashaverdi. Fursatni boy bermay uning kallasini nishonga olib tepkini
bosdim... Jarohatlangan sher ovozi boricha o‘kirdi, bir necha bor osmonga
sapchidi-da, butalar orasida g‘oyib bo‘ldi. Uning orqasidan yana ketma-ket o‘q
uzdim. Butalar orasidan sheming qattiq ingragan ovozi eshitildi...
Tong ham
yorishib qolgandi. 0‘q ovozini eshitib atrofdan odamlar kelishdi. Biz sheming
izidan yigirma qadamcha yurdik... Yerda harakatsiz cho‘zilib yotgan sherni
ko‘rgan odamlarning sevinchi ichiga sig‘masdi.
Sherlaming
odamxo‘r bo‘lish sababi to‘g‘risida xalq orasida har xil mish-mishlar yuradi.
Bunga tipratikan sababchi emish, degan gaplar ham bor. Tipratikan go‘shti juda
lazzatli bo‘ladi. Sher tipratikanni rosa dumalatib qornini (tikansiz joyini)
ochadi, o‘sha joyidan yeydi. Ba’zan tipratikan ninalari sheming panjalariga
sanchiladi, nina sanchilgan joy yallig‘lanib yiring boylaydi. Sher oqsab-oqsab
yuradi, uzoqqa borolmaydi.
Shu boisdan och qolganida duch kelgan
odamga tashlanadi, odam go‘shtining mazasini bilib olganidan keyin bunday
o‘ljani qidira boshlaydi va bora-bora odamxo‘r bo‘lib qoladi. Ayrim
sayyohlarning aytishicha, Afrikadagi ba’zi qabilalar murdani butazorga olib
borib tashlasharmish. Och qolgan sherlar ana shu murdalarni yermish. Ular shu
tarzda odam ovlaydigan bo‘lib qolarmish. Shuni ham aytish kerakki, urg‘ochi
sher erkagiga qaraganda odamga ko‘proq hamla qiladi. Ehtimol, bunga urg‘ochi
sherning ovga o‘ta moyilligi, abjirligi, vaznining yengilligi, harakatchanligi
sabab bo‘lsa kerak. Urg‘ochi sherlar seijahl va tajovuzkor bo‘ladi».
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.