Fillar inson xizmatida
Fil — quruqlikda yashaydigan eng ulkan hayvon. Fil tashqi ko’rinishi, g`alati
tabiati bilan boshqa hayvonlardan keskin ajralib turadi.
Fil ko’rinishidan beg`am, qo’pol va beso’naqay bo’lsada, aslida ziyrak, hushyor
va tabiati nozik hayvondir. Fil gavdasining balandligi 3,5 metrgacha, og`irligi 4,5 tonnagacha boradi. Xartumi — filning hidlash,
sezish va ushlash a’zosidir.
U xartumi yordamida besh kilometr naridagi hidni seza oladi. Fil og`ziga
ozuqani xartumi bilan uzatadi. U xartumiga 10—20 litr suvni tortib oladi-da, keyin
og`ziga quyib ichadi, xartumiga suv olib o’zini cho’miltiradi.
Fil xartumida yo’g`on-yo’g`on xodalarni o’yinchoqday ko’taradi. Xartum ichida
barmoqlarga o’xshash tarmoqchalar horki, fil ular yordamida yerdan juda mayda narsalarni,
hatto o’tlar orasidan ignani ham topib oladi.
Fil xartumi bilan urib odamni oldirishi, yo’lbarsni esa mayib qilishi mumkin.
Fillar bir-birini yaxshi ko’rganida xartumi bilan quchoqlashadi, o’pishadi.
Urg`ochi fil bolasini xartumi bilan erkalaydi va silaydi.
Fillar 70-80 yil umr ko’radi. Ular 18-20 yoshida balog`atga etadi. «Sevishgan»
fillar dastlab alohida yashaydilar. Urg`ochi fil homilador bo’lgachgina podaga qaytib
keladi. Shundan keyin uni keksa, tajribali urg`ochi fil nazorat qilib yuradi.
22 oy deganda filning ko’zi yoriydi. Chaqaloq filning banlandligi 1 metr, og`irligi
90 kilogramm keladi. U tug`ilishi bilanoq tik turadi, yurib ketadi, ko’p o’tmay
sho’xlik qilib o’ynoqlay oladigan boladi.
Umuman, ona fil bolasiga juda mehribon bo’lib, uni doimo nazorat qiladi.
Fil ko’rinishidan qo’pol bo’lsada, daraxtlar orasidan epchillik bilan o’tadi.
Fil yurganda changalzorda na barglarning shitirlashi va na shox-shabbalarning ovozi
eshitilmaydi. Fil yurgan yo’ldan ohu yurganda ham ovoz chiqishi mumkin. Fil shunday
ehtiyotkor hayvon.
Fillar ishtahali maxluqdir. Hind fili kuniga 250 kilogrammgacha ozuqa yeydi.
U, asosan, o’simliklar: daraxtlarning barglari, shox-shabbalari, po’stlog`i, mevalari,
bambuklar va har xil o’tlar bilan oziqlanadi.
Қuruqlikda yashaydigan hayvonlar ichida suvga eng o’chi fildir. Bitta fil
kuniga 100—200 litr chamasi suv ichadi. Suvni ko’rdimi, o’tib ketolmaydi. Darhol
suv ichadi, yuvinadi, cho’miladi. Fil suvda rohatlanib, miriqib cho’milishni yoqtiradi.
Beso’naqayligiga qaramay, suvda yaxshi suzadi, ustidagi yuklari bilan ham daryodan
suzib o’ta oladi.
Fil hamiyatli hayvon hisoblanadi. Biron falokat ro’y bergudek bo’lsa, ular
bir-birlariga ko’maklashadilar. Fil jarohatlansa yoki xastalansa, sheriklari uni
xartumi va tishlari bilan oyoqqa turg`izib, suyab, xavf-xatarsiz joygacha eltib
qo’yadilar.
Fillardan biri chuqurga tushib. ketgudek bo’lsa, sheriklari uni chuqurdan
chiqarish payida bo’ladilar: xartumlari bilan tortib olishga urinib ko’radilar,
buning iloji bo’lmasa, chuqurning bir chekkasini tishlari bilan o’yib nishab qiladilar;
xullas, ilojini qilib sheriklarini chuqurdan qutqarib oladilar. Kunlardan bir kuni
Hindistonda fillar podasining boshlig`i — sardori tepalik-dan temiryo’l iziga ag`darilib
tushgan. Boshqa fillar vvni qutqarmoqchi bo’lib temiryo’l atrofida to’dalashib qolishgan.
Natijada poyezdlar qatnovi 4 soatga to’xtab qolgan. Har bir fil podasining sardori bo’ladi.
Fillarning xotirasi juda yaxshi. Ular o’zini qiziqtirgan yoki kuchli taassurot
qoldirgan narsalarni, voqealarni bir necha yilgacha eslaridan chiqarmaydilar. Filni
jabrlasangiz, u buni aslo unutmaydi. Ko’p marta ozor bergan kishidan fil qasos olishi
ham mumkin. AҚShdagi Gollivud kinokompaniyasida bir
qo’pol operator kinoga olayotganida filga bo’lar-bo’lmasga ozor beravergan. Bir
kuni suratga olayotgan paytda operator filning xartumiga oyogg`i bilan bir necha
marta tepgan. Ko’pdan buyon ozor yeb kelgan fil ortiq chidolmay, operatorni xartumi
bilan dast ko’tarib daraxtga qisib qo’ygan. Operatorning ikki qovurg`asi singan,
Fil insof qilgan, u operatorni majaqlab tashlashi ham mumkin edi.
Fil biron kimsaga mehr qo’ysa, uni hech yodidan chiqarmaydi. Ichib mast bo’lgan
egasini uyiga eson-omon eltib qo’yadigan, bola boqadigan fillar ham bor.
Fil, umuman, yuvosh hayvon. Ammo jazavasi
qo’zisa… qilg`ilikni qiladi. Masalan, Hindistondagi qishloqlardan biriga 50 tacha
yovvoyi fil hujum qilib, dehqonlarning uy-joylarini vayron, ekinlarini payhon, odamlarni
halok qilganligi, Afrikaning Chad mamlakati janubida esa fillar juda katta poda
ho’lib dehqonlar dalasiga bostirib kirganligi, ikki qishloqdagi ikki ming gektar
ekinni payhon qilganligi ma’lum. Hindistonning
G`arbiy Bangol viloyatida yovvoyi fillar hujumidan 1973-yilda 14 kishi, 1974-yilda
19 kishi halok bo’lgan. 1974-yildagi fellar hujumi dastidan 250 dan ortiq uy vayron
bo’lgan. Fillar ko’proq och va suvsiz qolganlarida qishloqlarga hujum qilishadi.
Birmada fillar hujum qilib parovozni ag`dargan, degan gap ham tarqalgan edi.
Yer sharida fillarning ikki turi mavjud, bulardan biri hind feli. U Osiyoda:
Hindiston, Bangladesh, Birma, Tailand, Vetnam, Sumatra va Shri-Lankada yashaydi.
Ikkinchisi — Afrika feli — Afrikaning savanna va nam ekvatorial o’rmonlarida yashaydi
Hind fillari Afrika fillariga nisbatan ancha «yuvosh, juda mehnatkash, yumushkor
bo’ladi, qo’lga tez o’rganadi. Hind fili tishining uzunligi 1—1,5 metr keladi. Urg`ochi
filning uzun tishi bo’lmaydi.
Afrika fillari juda badfe’l, odamga o’rganishi qiyin. Hind filidan yirikroq,
qulog`i katta — shalpangquloq, tishlari ancha uzun (uzunligi 3—4 metr, og`irligi
100 kilogramm) keladi; urg`ochi filning ham uzun tishi bo’ladi.
Afrika fili uxlaganida yotmaydi. U tush paytida katta daraxtga suyanib mudraydi
yoki uxlaydi. Fillar har gal ovqatlanganidan keyin yarim soatcha mizg`ib oladi.
Ular uxlagan paytida ham xatarli hidni o’z vaqtida sezib olish uchun xartumini yuqori
ko’tarib turadi.
«Fil sichqondan qo’rqadi, chunki sichqon filning xartumiga kirib ketarmish»,
deyishadi, shu to’g`rimi? Bu, noto’g`ri. Fil xartumiga sichqon kirishidan qo’rqmaydi. Mabodo sichqon filning xartumiga
kirgudek bo’lsa, uni chirpirak qilib tuflab yuboradi. Lekin «fil sichqondan qo’rqadi»
degan iboraning zamirida haqiqat bor. Fil zabardast, ammo tabiati, asabi nozik maxluq.
U qitirlagan tovushga chidab turolmaydi. Sichqon va kalamushlarning narsalarni qitirlatib
kemirishi filni asabiylashtirib yuboradi, jazavasini qo’zg`atadi.
1947-yilda Moskvadan Kiyev hayvonot bog`iga bir nechta hayvon bilan birga
fil ham poyezdda jo’natiladi. Poyezd yo’ldagi bekatlardan birida bir necha kun turib
qoladi. Fil alohida vagonda oyoqlari vagon poliga zanjir bilan mahkamlangan holda
keltirilayotgan edi. Fil negadir g`azabga kelib, vagon taxtalarini ko’chirib tashqariga
ota boshlaydi, qo’shni vagonda qafas ichida yotgan bo’rini, so’ngra yo’lbarsni qafasi
bilan uloqtirib tashlaydi. Yo’lbars qafasdan chiqib ketadi… Bularning hammasiga
kalamush sababchi bo’lgan; uning fil oldidagi qoldiq ozuqani qitirlatib kemirishi
filning jahlini chiqargan, asabini buzgan.
Fillarning maxsus mozori bo’lar ekan, degan rivoyatlar tarqalgan. Қimmatbaho fil suyaklari deb fil mozorlarini axtargan, ularni
topolmay sarson bo’lgan kishilar oz emas. Shri-Lankada yashaydigan xalqlarning aytishicha,
fil hayotining so’nggi kunlarida o’rmonga kirib ketib batamom g`oyib bo’lar emish.
Afrikaliklarda ham shunga o’xshash rivoyatlar bor.
Tadqiqotchilar va sayyohlarning fikricha, fillar qarib qolganidan keyin darmondan
ketadi, muskullari bo’shashadi. Bemajol fil loy yoki botqoqliklarga botib shu yerda
qolib ketishi, timsohlarga yem bo’lishi ham mumkin. Biror sabab bilan o’lib qolgan
filni podadagi sheriklari yerni kavlab ko’mib ketgan hollar ham bo’lgan.
Fil suyagi qimmatbaho hisoblanadi. Fil suyagidan katta daromad olishni dastlab
arablar boshlab bergan. 1900-yilda fil suyagi bilan savdo qilish hind savdogarlari
qo’liga o’tadi. Fil suyagidan har xil ziynat buyumlari, zirak, marjon, pichoq, haykal,
qo’g`irchoq va musiqa asboblari yasaladi. Odamlar fil tishi, fil suyagi uchun qanchadan
qancha fillarni qirib yuborishgan.
Fil — odamlarga el bo’ladigan maxluq. Fillarni xonakilashtirish Hindistonda
juda qadim zamondan rasm bo’lgan. Fillar qadimdan inson xizmatida. Iskandar Zulqarnayn
Hindistonga yurish qilganida fillar jangga solingan. Ular
saf tortib, og`ir tanklardek bostirib borib yovga dahshat solgan, haybatli fillarni
ko’rgan dushman tumtaraqay qochgan.
Changalzorlarda yo’l ochish, xoda-yog`och tashish, og`ir ishlarni qilishda
fil tengi yo’q hayyon. Odamlar shu maqsadda, vovvoyi fillarni tutib qo’lga o’rgatishgan.
Filni tutish usuli bir necha xildir. Biz shularning bir xilinigina aytib
bermoqchimiz. Janubiy Hindistonda mana bu usul qo’llaniladi: fillar ko’proq yuradigan
joy aniqlanadi. Ular o’tadigan yo’l ustiga enini va bo’yini 3 metrdan qilib o’ra
qaziladi, o’raning chuqurligi 4 metr bo’ladi. o’raning usti shox-shabba bilan omonat
yopiladi, ustiga biroz tuproq tashlanadi.
Fillar inson xizmatida. o’raga yiqilib tushganida fil shikastlanmasligi uchun
o’ra tubiga qalin qatlam qilib barg solinadi.
Fil ovlovchilardan bir nechtasi chetda poylab yotadi. O’raga fil yiqilishi
bilanoq ular zudlik bilan tegishli odamlarga xabar beradi. Odamlar ko’pchilik bo’lib
yig`ilishadi. Sherigini qutqarish payida yurgan boshqa yovvoyi
fillar miltiq otib, shovqin ko’tarib haydab yuboriladi. Fil chuqurdan chiqishga
urinadi, lekin maxsus o’rgatilgan fillar uning chiqishiga yo’l qo’ymaydi, 18 soat
shunday davom etadi. Bu vaqt ichida fil chiqishga urinaverib charchaydi, holdan
toyadi. Ana shundan keyin filga sirtmoq solinadi. Chuqurning bir cheti qiya qilib
o’yiladi yoki chuqurga yo’g`on xodalar tashlanadi. o’rgatilgan fillardan ikkitasi
chuqurdan filni tortib chiqaradi. Shu tarzda tutilgan fil belgilangan joyga jo’natiladi.
Agar chuqurga filning bolasi tushgan bo’lsa, ona fil har qancha haydashsa ham chuqurdan
nariga ketmaydi, uning atrofida kun bo’yi «yig`lab» yuradi…
Fil muloyim va xushmuomala, odamoxun va itoatgo’y bo’lib, ancha og`ir ishlami
bajaradi. Fillar ayrim hollarda zamonaviy texnika o’rnini ham bosadi: chakalakzorlarni
tozalaydi, to’nkalarni sug`uradi, yo’llarni tekislaydi, og`ir yuklarni ko’taradi,
vagonlarga yuk ortib-yuk tushiradi, loyga botib qolgan mashinalarni tortib chiqaradi,
yuk va odam tashiydi. Katta daryolarga ko’prik solish, yo’l qurish va yer haydash
ishlarida ham fillardan foydalaniladi. Ular har qanday noqulay sharoitda o’tish
qiyin bo’lgan changalzorlarda ham, botqoqlikda ham ishlayveradi. Changalzorda yog`och
tashish oson ish emas, ammo fil o’rmonda og`irligi bir-ikki tonna keladigan yog`ochlarni
bemalol sudrab ketaveradi.
Fillar xotirasi yaxshi bo’lganligidan uzoq masofalarga boriladigan yo’llarni
yaxshi eslab qoladi. Borilgan yo’ldan o’zi, adashmay manziliga qaytib keloladi.
Fil jami 60-70 xil ish hajarishi mumkin. Bir ish ketidan ikkinchisini o’zi bajaraveradi.
Fillar maxsus «maktab»larda ishga o’rgatiladi, so’ngra ishga yo’llanma oladi.
«Diplom»li tajribali yuk tashuvchi fillarning bahosi 20 ming rupiyagacha boradi.
Boshqa oddiy fillarning bahosi esa 4—5 ming rupiyadan ortmaydi. Hozir Shri-Lankaning o’zida 10 mingdan ortiq ishchi fil
bor. Shri-Lankada fillar «maktabi» bor. «Maktab»ga 5 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan
fillar qabul qilinadi; bu yoshda fillar qobiliyatli, idrokli va xotirasi o’tkir
bo’ladi. Yoshi o’tgan, masalan, 30 yashar filning zehni pasaygan bo’lib, muallimlarini
qiynab qo’yishi mumkin. «Maktab»da o’qishni uddalay olmagan fillar o’rmonga haydab
yuboriladi. Fillarga «maktab»da ikki xil baho qo’yiladi: «qoniqarli» va «qoniqarsiz».
Fillarning «maktab»da o’rganadigan «fan»lari: gimnastika, dala ishlari, og`ir yuk
tashish, filbon bilan muomala qilish, to’nka sug`urish va fillar axloqi. Fillar
suvni yaxshi ko’rishini nazarda tutib, ular har kuni ikki soat cho’miltiriladi.
Har kuni cho’miltirib turilmasa, ularning «dangasa» bo’lib qolishi, tanballik qilishi
hech gap cmas.
Fil, odatda, shovqinni yoqtirmaydi. To’satdan eshitilgan shovqindan fillar
sarosimaga tushib, o’zlarini boshqarolmay qoladi. Shunday vaqtda ular hammayoqni
ag`dar-to’ntar qilishi, odamlarni shikastlashi mumkin. «Maktab»da fillar muntazam
ravishda shovqin eshittirib chiniqtiriladi. Keyinchalik ular poyezd, yuk mashinalarining
shovqinini pisand qilmaydigan bo’lib qoladilar.
O’rgatilgan fillar kunduzi ishlaydi, tunda esa jamoasi bilan hirga bo’ladi.
Fillar yolg`izlikni yoqtirmaydi.
Fil — juda aqlli hayvon. «Maktab»ni bitirgan fil filbonning har xil buyrug`ini darhol
tushunib, uni bajaradi, filbonning qo’lidan tushib ketgan buyumlarni ham olib beradi.
Diniy marosimlarda qatnashuvchi odamlar
o’z ataganlarini odatga ko’ra sochib yuboradilar. Fil sochilgan tangalarni bitta qo’ymay terib olib egasiga topshiradi.
«Maktab»da har filga bitta muallim tayinlanadi. Filga ovqat berish, uni yuvintirish
ham shu muallim zimmasida boladi. «Maktab»da fil estetik tarbiya ham oladi. Shuning
uchun «ma’lumotli» fil yoqimli musiqani zavqlanib tinglaydi.
manba: megadunyo.uz
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.