loading...

Indoneziya sohillari yaqinida "oyoqli" baliq topildi 

3096

 

Fransiyalik dengiz biologi Yemenrik Benxalassa avval fanga ma`lum bo'lmagan, "oyoqlari" bor, chuqur suv ostida yashovchi baliqlar turini aniqladi. Olim bunday "topilma"ga Indoneziya sohillariga ilmiy ekspeditsiya vaqtida duch kelgan va suv osti dunyosining antiqa vakilini videoga oldi.


Keyinroq bu yozuvni okeanshunos mutaxassislar o'rganib chiqib, baliq "oyoq" sifatida pastki ko'krak suzgichlaridan foydalanishi haqidagi xulosaga kelishgan. Bu suzgichlar baliqqa nafaqat dengiz tubi bo'ylab harakatlanishga, balki oziqa qidirishda yordam beradi. 


Shu bilan birga bu "dengiz piyodasi" hali hech bir sinfga kiritilmadi. Olimlarning fikricha, u nurpatli baliqlar otryadi vakillariga o'xshashdir, deb xabar bermoqda National Geographic. 

manba: kun.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash