loading...

Dunyodagi eng sekin hayvonlar 

6211

Tabiat turli g`aroyibotlarga boy. Taqdim etilayotgan maqolada o’zining shoshilmasligi bilan ajralib turuvchi jonzotlar haqida qiziqarli ma’lumotlar beriladi. 

Tabiat tashqi muhitning beshafqat sharoitlarida jon saqlash uchun fauna vakillarini qator imkoniyatlar bilan siylagan. Ulardan eng universali harakat hisoblanadi. Harakatdan ovqat topish, o’ljani quvish va yaxshi hayot sharoitlarida yashash maqsadida migratsiya qilishda foydalaniladi. Harakat tomonidan amalga oshiriladigan asosiy vazifa xavfdan qochish hisoblanadi. Ba’zi hayvonlar uchun bu istalmagan to’qnashuvdan qochishdagi yagona himoya usulidir.

Arizona zaharli tish

Tabiatdagi ba’zi biologik turlar yaxshi reaksiya, tez harakatlanish kabi qobiliyatlardan bebahra qolishgan. Ular zaharli suyuqlik, rangni o’zgartirish va boshqa tusga kirish kabi usullar bilan o’zlarini himoya qilishadi. Ushbu jonzotlar hayotlarini shoshmasdan davom ettiradilar. Ular orasida eng sekin yurish bo’yicha rekordchilar bor, toshbaqa hech qayerga shoshilmaydigan fauna vakillari orasida yagona emas.

Arizona zaharli tishining pastki jag`ida so’lak bezlari bilan zahar ajratiladi. U himoya quroli bo’lib xizmat qiladi. O’ljasiga zaharni faqat chaynayotgan paytda yetkazishi mumkin, chunki unda zaharni tezkor holatda yetkazuvchi mushaklar mavjud emas.

Koala

Kelib chiqishi Avstraliyadan bo’lgan ushbu o’txo’r hayvon butun umri davomida evkalipt daraxtida o’tirib uning barglari bilan oziqlanadi. Barglar juda dag`al va zaharli bo’lib, koala ularni juda sekin yeydi va hazm qiladi. Doimo bunday kam ovqatli parhezni saqlaganligi tufayli o’z quvvatini tejash maqsadida sutkaning ko’p qismini uxlash bilan o’tkazadi, harakatlangan taqdirda ham uning tezligi soniyasiga 447 santimetrni tashkil qiladi.

Amerika o’rmon loyxo’ragi

Qush patlarining rangi unga o’rmondagi butalar bilan bir xil tusga kira olish imkonini beradi. Ratsionining asosiy qismini umurtqasiz yomg`ir chuvalchanglari tashkil etadi. Ularni tutish uchun esa soniyasiga 222 santimetr tezlikda harakatlanishning o’zi yetarli.

Dengiz sigiri

Hozirgi kunda yo’qolib borayotgan yirik hayvonlardan biri hisoblanadi. Modalarining uzunligi 4-5 metr bo’lib, og`irligi esa tonnagacha yetishi mumkin. Ular faqatgina suv bo’ylarida o’suvchi dengiz suvo’tlari bilan oziqlanadi. Quvvat sarflanishini pasaytirish maqsadida ularning tezligi soniyasiga 139-222 santimetrdan oshmaydi.

Ulkan toshbaqa

Odatda sekin harakat qiluvchi odamlar o’xshatiluvchi hayvon - toshbaqa Eng shoshilmas hayvonlar ro’yxatida bor-yo’g`i beshinchi o’rinni egalladi. Og`irligi o’rtacha 300 kg, uzunligi 1,3 metr bo’lgan ulkan toshbaqalar hech qayerga shoshilmaydilar, ular soniyasiga 76 santimetr tezlik bilan harakatlanishadi. 

Lori

Mazkur hayvon daraxtda umrini o’tkazadi. Tirsak bo’g`inida suyuqlik ajratuvchi o’ziga xos temirlar mavjud bo’lib, so’lak bilan qo’shilganda zaharli moddaga aylanadi. Ushbu hayvon yirtqichlardan himoyalanuvchi "qalkon" ga ega bo’lish uchun o’zini tili bilan yalashi yetarli. Yegulikni tunda qidiradi. Shovqin solmaslik uchun juda ehtiyotkorlik bilan bir soniyada 55,5 santimetr tezlikda harakatlanadi.

Uch oyoqli dangasalar

Ushbu jonzotlar deyarli faqtgina daraxt barglari bilan oziqlanishadi. Ular dag`al va kaloriyasi past bo’lganligi uchun dangasalar hazm qilish mikroflorasiga kiruvchi simbiont bakterialarni qo’llashadi. Hazm qilish jarayoni bir oy vaqtni talab qilaganligi bois ularning hayot tarzi quvvatni tejashga yo’naltirilgan. Ular bir soniyada 6,7 santimetr tezlik bilan harakatlanishadi.

Dengiz yulduzi

Dengiz yulduzlarining ko’pchiligi yirtqich hisoblansada, umurtqasizlar sinfiga kiruvchi ushbu vakillar tirnoqqa ham, tezlikka ham ega emas. Dushmanlardan himoyalanish va ovqat topish maqsadida ular qisqich prinsipi asosidagi skelet tuzilmasidan foydalanishadi, shuning uchun ularga turidan qat’iy nazar bir soniyada 0,89-2,7 santimetr tezlikda harakatlanishning o’zi kifoya.

Bog` shilliq qurti

Bog` shilliq qurti chig`anoqlarining hajmi bo’yiga 14-16 mm, eniga 19-21 mm ni tashkil qiladi. Dushmanlar paydo bo’lganda u boshpana bo’lib xizmat qiladi. Ular bir soniyada 1,3 santimetrga o’rmalashadi. 

Dengiz oti

Hajmi 2 santimetrdan 30 santimetrgacha bo’lgan dengiz otlari tana tuzilishining o’ziga xosligi dengiz suvo’tlari orasida sezilmasligi va yirtqichlar uchun ko’rinmasligiga yordam beradi. Ular mayda qisqichbaqalar bilan oziqlanadi. Ovqat topish uchun esa soniyasiga 0,04 santimetr tezlik bilan harakatlanishadi.

Shoshilmas hayvonlar ro’yxati mana shulardan iborat. Toshbaqa eng sekin harakatlanuvchi hayvonlar orasida bor-yo’g`i 5-o’rinda. Uning mazkur ko’rsatkich bo’yicha oldindagi "qo’shnilari" o’zining tezligi bilan insonni lol qoldiradi-ya?!

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash