loading...

Zaharli ilonlar oroli yoki Ilonlar Respublikasi 

7009

Braziliyaning San-Paulu shtatiga qarashli Peruibi munitsipalitetining tarkibida Ilya da Keymada Grande nomi ila ataluvchi orol mavjud bo'lib, u orol San Paulu shtati sohillaridan 33 km uzoqlikda Atlantika okeanida joylashgan. Oldiniga Keymada Grande oroli Braziliya hukumati uchun aslida mazkur mamlakatga keladigan va ushbu mamlakatdan ketadigan kemalarni yo'ldan adashmasligi uchun, ob-havoni ushba kemalarga bildirib turish uchun xizmat qilgan. Shuning uchun ham Keymada Grandega Braziliya armiyasi 1909-yilda uzoqdan ko'rinib turadigan mayoq o'rnatadi. Mayoq oldiniga insonlar tomonidan boshqariladi. Keyinchalik esa u avtomotik rejimga o'zgartiriladi va bu oroldan inson qadami butunlay uziladi. 1917-yildan keyin Keymada Grande orolida ilonlarning evolyutsiyasi tezlasha boradi. Bunga esa asosiy sabab orol muhitining shunga ko'mak berishidadir. Ya'nikim orol sharoitida ilonlar bemalol, xavfsiz ko'payish jarayonini boshdan kechirishadi.
 
Oldiniga bu erda mavjud bo'lgan banan plantatsiyalari 1924-yildan boshlab yo'q qilinadi. Bu esa Kemada Grandeni ilonlarning ixtiyoriga o'tganligidan dalolat berardi va shunday bo'ldi ham. 1977-yilda Kemada Grandega u erdagi zaharli ilonlarni o`rganish uchun borgan Kolumbiyalik Emili Tomas uz kundaligida shunday yozadi. Bu yer endi yerdagi duzaxga aylanibdi. Tezroq meni olib kelgan harbiylarga bu orolga insonlarni qo'ymasligi haqida aytishim kerak, negaki ular shu darajada ko'pki ilonlarning qaysi biri zaharli yoki zaharsiz ekanligini bilish uchun ham narigi dunyoga borib kelish kerak bo'ladi. Ularning hammasi bir joyda, to'da bo'lib yasharkan. Hayron qoldim, ilonlarning to'da bo'lib yashaganini kamdan kam uchratganman. Mana usha Keymada Grand haqida yozilgan ilk qaydlar. Shundan keyin aniqrog'i 1985-yilga kelib Braziliya hukumati Keymada Grandeni butunlay harbiylar va olimlar guruhidan boshqa birovlar uchun yopib tashlaydi.
 
Eng so'nggi aniq faktlarga ko'ra ilonlar respublikasi deb ataladigan orolda bugungi kunda 430 mingdan ortiq zaharli ilon mavjud. Aytishlariga qaraganda chatishish natijasida bu orolda paydo bo'lgan ayrim ilonlar hali fan uchun ham noma'lum zaharga ega hisoblanarkan. 2015-yilning 8-avgust kuni Kemada Grande haqida olim Markes Otavio portugal tilida bormasdan oldin qaerga ketayotganingni bilib qo'y nomli maqola e'lon kiladi. Unda olim ilonlar orolida shu kungacha qurbon bo'lganu ammo jasadlari olib ketilmagan kishilar haqida yozgan. Bundan kelib chiqadiki u erga borish bor ammo qaytish yo'q agar maxsus kiyim bo'lmasa. Ilonlar orolini eng so'ngi marta 2015-yilning mart oyida Diskoveri telekanali o'rgangan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash