O`rdak nega cho`kmaydi?
Barcha
qushlar patlari ularga a’lo darajada xizmat qilishi va suv o'tkazmasligi uchun
zarurdir. Barcha
qushlar har kuni yuvinadi. Ularning ba’zilariga tonggi shudringning o'zi kifoya
boisa, ayrimlari esa astoydil suvga tushib yuvinadi.
Havo
iliqligida tomchilab yomg‘ir yog‘gan kun qushlar uchun eng quvonchli, bayram
bo'ladigan kundir. U xuddi dush qabul qilgandagi kabi yoqimlidir.
Qushlar
barcha patiarini yaxshilab yuvib olish maqsadida xursandchilik bilan qanotlarini yozadilar.
Boyqush iliq yomg'irda qanotlarini keng yozib uchadi. Hattoki
doim suvda yashaydigan qushlar ham patlarining asl tuzilishini saqlab qolish
uchun vaqti-vaqti bilan yuvinib turadilar. Ular suzganlarida patlari quruq
holatda qoladi. Faqatgina qorin qismi ozgina namlanadi. Ularning ichki
patlariga va terilariga umuman suv tegmaydi.
Suvga
sho‘ng‘iydigan o'rdaklar suvda suzib yursa-da hech qachon ho‘l bo'lishmaydi.
Ular doim suvda ham parvozga shay holatda turishadi.
Bir necha kun qanotlari suvda bo'lsa ham yuvinmagan
o‘rdak darhol chuqurroq suvga solinsa cho'kib ketadi. Buni o‘rdak ovlab yurgan
ovchilar juda yaxshi bilishadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.