loading...

Qushlar qanday tozalanadi? 

8235

 Qushlarning tabiat qo'ynida sog'lom yashashi uchun oddiy yuvinishidan tashqari ularga toza va oqar suv lozim. Tabiatdagi ifloslangan suv ularning patlari uchun zararlidir va uchishlariga xalaqit beradi. Ifloslangan qanot-patlar bilan qushlar ucholmaydi ham, suzolmaydi ham.

  Xo'sh, buning sababi nimada? Qanotlarining tuklari bir-biriga chirmashgan holatda bolishi ularning mustahkamliginita’minlaydi. Suvsizlikdan esa ular qurib, yopishib qoladi va natijada oson sinadi.

  Suvda yuvinib chiqqan qushlar silkinib, patlaridagi ortiqcha suvni chiqarishi bilan birga uchishi uchun lozim bo'ladigan qanotlarining tuzilishini qayta tiklaydi.

  O‘rdak, g‘oz kabi qushlar yuvinib, qurinib olgach patlariga yog` surkaydilar. Boshqa sut emizuvchi hayvonlarda va odamda teri ostida uni yog'lab turadigan bezlar mavjud. Qushlar esa buni o‘zlari bajarishga majburlar. Bu ularda tug'ma instinkt bo‘lib, har kuni bajariladigan odatdir. Avval tumshug'i bilan bezni ezib, undan yog‘ ajratib olishadi. So'ngra tumshug'iga yog'dan olib ko'kragi, yon tarafdagi patlari, qorni, dumi va oyoqlarini yog‘laydilar. Oxirida esa boshini yog'laydi. Albatta tumshug'i bilan boshiga yetish mushkul ish. Shuning uchun boshini orqasiga aylanma harakatlar bilan ishqalaydi.
 Buni qarangki, qushlarning ayrimlari o'zlariga upa ham sepishadi. Agar kabutar yuvingan suvga qarasangiz, yuzasi yengil, sezilar-sezilmas qoplam bilan qoplanadi. Qarqara yuvingan suv esa ko'kimtir tusga kiradi. Afrika to'tiqushi yuvinganidan so‘ng esa suv qizil rangdagi upa sepilgan ko'rinishda bo'lib qoladi. Buni to'tiqushni yelkangizga o'tqizganingizda ham sezishingiz mumkin. Yelkangizxuddi un sepilgandek bo'lib qoladi.
  Bulardan tashqari aksari qushlar tanalarini tozalashda chumolilardan foydalanishadi. Ularni tutib, tumshuqlari yordamida qanotlari ostida ezishadi. Chumoli kislotasi ularning parazitlar bilan kurashishida antiseptik vosita hisoblanadi.

  Pashshaning eng ozoda hasharot ekanligini hamma ham bilavermasa kerak. U bo‘sh qoldi deguncha astoydil uzoq va huzurlanib yuvinadi.

 Pashshaning dushmani bo'lgan o'rgimchak bo`lsa, bir chetda pashshani paqqos tushirgandan so'ng shunaqangi tozalanadiki, go'yo tozalik bo‘yicha musobaqada ishtirok etayotgandek tuyuladi.

  Ilonlarning pardoz anjomi juda oddiy va sodda. Ular vaqti kelganda ifloslangan va keraksiz terilaridan voz kechib qo'yaqoladilar. Eski terilari bilan birga ko‘zni himoyalovchi qovoq kabi tuzilishga ega bo'lgan, chang bosgan  "ko`zoynaklarini” ham almashtirishadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash