loading...

Uchar yulduzlar. Meteorlar 

5479

Tun. Osmonda yulduzlar charaqlab turibdi. To‘satdan biror yulduz osmonda yorug‘ iz qoldirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, bamisoli uchib ketadi. «Uchar yulduzlar» deb ataluvchi bu hodisa Quyosh sistemasida harakat qilib turadigan mayda-mayda qattiq jismlaming atmosferadan shiddat bilan o‘tishi natijasida vujudga keladi.

«Uchar yulduzlar», ya’ni meteorlar Quyosh sistemasidagi asteroid va kometalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Meteorlar kosmik fazodan Yer atmosferasiga, havo qatlamiga kirar ekan, havoga ishqalanish natijasida 2000-3000°C gacha qiziydi va yonib yo‘q bo‘lib ketadi. Lekin yirik meteorlar atmosferada yonib ulgurmasdan Yerga tushadi. Yerga tushgan meteor meteorit deb ataladi. Yerga har yili minglab meteorit tushadi; ularning og‘irligi grammning bir necha ulushidan tortib bir necha o‘n, hatto yuz tonnacha kelishi mumkin.

Meteoritlar qayerga tushsa, odatda, shu yeming nomi bilan ataladi. Meteoritlaming tarkibi oddiy tog‘ jinslarini eslatadi, lekin ayrimlari temirdan iborat bo‘ladi.

Yirik meteoritlar juda kam tushadi. Keyingi 100 yil mo­baynida yerga ikki marta katta meteorit tushgan, xolos. Shulardan bin — 1908-yil 30-iyunda Rossiyadagi Sibirga tushgan Tungus meteoriti va ikkinchisi — 1947-yil 12-fevralda Vladi­vostok shahri yaqiniga tushgan Sixote-Alin meteoritidir.
 
Insoniyat tarixida tengi yo‘q ulkan meteorit 1908-yil 30-iyunda sokin Sibir o‘rmoniga, toshloq Tunguska daryosining o‘ng sohilidagi Vanovar qishlog‘iga tushgan. Shuning uchun u Tungus meteoriti deb atalgan. Meteorit tushgan joy atrofida 60 kilometr kenglikdagi o‘rmonlar kuyib ketgan. Meteorit tushganda hosil bo‘lgan havo to‘lqinlari bug‘u podalari va evenklarning kulbalarini olis-olislarga uloqtirib tashlagan. Meteorit tushgan joydan 900 kilometr uzoqda joylashgan Ir­kutsk shahrida meteorit zarbidan yer qimirlagan. Meteorit tushgan paytda 650 kilometr uzoqda yashovchi odamlarga to‘p otilgandek ovoz eshitilgan. Hisoblaming ko‘rsatishicha, Tun­gus meteoritining yerga urilishi natijasida ro‘y bergan portlash Xirosimaga tashlangan atom bombasining portlashidan 1000 barobar kuchli bo‘lgan.
 
Tungus fojiasi butun dunyoni hayratda qoldirdi. Infratovush to‘lqinlarini hatto Fransiya, Angliya, Germaniya va Yavadagi asboblar ham qabul qilgan. Faqat Rossiyadagina emas, balki ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda ham bir necha kun mobaynida kechalari qizg‘ish shafaq hammayoqni yoritib turgani ko‘pgina olimlarni taajjublantirgan, chunki ular bu vaqt­da Tungus meteoriti haqida hali eshitmagan edilar.
 
1927-yilda Rossiya Fanlar akademiyasi L.Kulin boshchiligida ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiya meteorit tushgan joyni sinchiklab tekshirdi, o‘rgandi. Shuncha maydondagi o‘rmonlami kuydirib, hammayoqni vayron qilgan kuchni yuz minglab tonna keladigan ulkan jins hosil qilishi mumkin. Ammo bunday katta hajmdagi narsa yerga urilsa, yerni 500 metrcha chuqurlikda o‘yib yuborgan bo‘lur edi. Qizig‘i shundaki, bu yerda hech qanday chuqurlik-krater ham, meteorit bo'lagi ham topilmadi. 1958- va 1959-yillarda shu yerlarda tadqiqot ishlari olib borgan olimlar meteorit tushgan joydan tarkibida kremniy va oltingugurt gazi bo‘lgan mayda zo‘ldirchalar topdilar. Zo‘ldirchalaming hammasi bir joyga yig‘ilsa, umumiy og‘irligi 200 kilogrammdan oshmas edi.
 
Bunday ulkan energiyaning qayerdan vujudga kelganligini bilish uchun olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettiradilar.
 
Akademik G.Petrov 1975-yil 26-fevralda Rossiya Fanlar akademiyasining umumiy fizika va astronomiya bo‘limining ilmiy sessiyasidagi ma’ruzasida «Tungus mo‘jizasi» haqidagi barcha fikrlarni gaz dinamikasi asosida tahlil qilib berdi. U hisob-kitoblar asosida, Tunguskaga tushgan narsa og‘irligi kamida 100 ming tonna bo‘lgan qor va chang-to‘zondan ibo­rat massa, degan fikrga keldi.
 
1976-yilning yozida Rossiya Astronomiya-geodeziya akademiyasi bilan Ukraina Fanlar akademiyasi hamda Tomsk universiteti «Tungus kosmik jismi tushgan joy»ga kompleks ekspeditsiya uyushtirishdi. Ekspeditsiya rahbari professor N. Vasilyev «Tungus mo‘jizasi» haqida bunday deydi: «1908-yil 30-iyunda mahalliy vaqt bilan ertalab soat yettilar chamasi Yer atmosferasiga kosmik jism yorib kirgan. U 275-295° azimutli trayektoriya bo‘yicha harakatlangan. Kosmik jism Vanovar degan joydan 65 kilometr shimoli g‘arbda osmondayoq parchalangan. Portlashni eslatuvchi bu parchalanish sekundning o‘ndan ikki qismicha vaqt davom etgan. Shu vaqt ichida kosmik jism 18-20 kilometr masofani bosib o‘tgan. Maksimal energiya yer yuzasidan 5 kilometr chamasi balandda ajralib chiqqan. Portlash paytida vujudga kelgan alanga yuzlab kilometrdan ko‘ringan, havo to‘lqini esa 2200 kvadrat kilometr maydondagi o‘rmonni to‘zitib yuborgan. Bu meteoritning tushishi hatto Irkutsk, Toshkent, Tbilisi kabi shaharlarda ham zilzilaga sabab bo‘lgan. Osmonda «kumushsimon bulutlar» hosil qilgan. Shu «bulut»lar tufayli Yeniseydan sharqda to Atlantika okeani sohillarigacha bo‘lgan oraliqda yorug` tun kuzatilgan».

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash