Asteroid nima?
Dunyoda osmon jismlarini kashf etish sirning oshkor bo`lishiga o`xshaydi. Asteroidlar ham xuddi shunday kashf qilingan. Titsius va Bode degan ikki olim turli vaqtda, Mars — Mirrix bilan Yupiter — Mushtariy o`rtasida qandaydir sayyora bo`lishi kerak, degan bir xulosaga kelishdi, chunki bu ikki sayyora urtasidagi masofada qandaydir ochiq joy bor edi. Shuning uchun bir necha munajjimlar bu sayyorani izlashga kirishib ketishdi.1801 yilda haqiqatan ham o`sha joyda Serera deb nom olgan sayyora topildi. Lekin uning diametri, bor-yo`gi, 600 mil.dan iborat. Olimlar, u kichik sayyoralar guruhiga mansub bo`lishi kerak, degan qarorga kelishdi va izlanishlarni davom ettirishdi. Bir oz vaqt o`tgach, eng kattasi Sereradan ikki marta kichik bo`lgan yana uchta sayora kashf etildi. Munajjimlar bu to`rt sayyora qaysidir bir noma'lum sayyora portlashi natijasida hosil bulgan to`rt bo`lak, degan xulosaga kelishdi. Ammo o`n besh yillik muttasil izlanishlardan so`ng bir munajjim yana bir kichik sayyorani izlab topdi va izlanishlar davom ettirildi. 1890 yilga kelib 300 ta kichik sayyora topildi, 1890 va 1927 yillar oraligida esa ulardan yana 2000 tasi kashf etildi. Asosan, Mars va Yupiter o`rtasidagi fazoda Quyosh atrofida aylanadigan bu kichik sayyoralar asteroidlar nomini oldi. Hisob-kitoblarga qaraganda, ularning soni 100 000 taga yetadi, ulardan ayrimlari juda kichik bo`lgani uchun topish ancha mushkul bo`lgan. Ayrimlarining ko`ndalang o`lchami bir necha yuz metr, xolos, ularning umumiy massasi Yer massasining arzimas qisminigina tashkil etadi. Asteroidlariing paydo bo`lishi to`g’risidagi farazga ko`ra, ular Yupiter yo`ldoshi portlashi natijasida hosil bo`lgan parchalardir.
UCHAYOTGAN YULDUZ NIMA?
Inson ming yillar mobaynida uchayotgan yulduzni kuzatib, bu qanday sodir bo`lishi to`grisida xayollarga tolgan. Bir vaqtlar, ular o`zga dunyolardan uchib keladi, degan qarash ham hukm surgan. Endilikda uchayotgan narsa «yulduz» emasligini yaxshi bilamiz va ularni «meteorlar» deb ataymiz. Ular qattiq jismlardan tarkib topgan, kosmik fazoda harakat qilayotib, ba'zan Yer atmosferasiga ham kirib qoladi. Meteor atmosferadan o`tayotganda, osmonda yorqin iz qoldirishini kuzatishimiz mumkin. Bu iz meteor yuzasi havoda ishqalanishi natijasida issiqlik ajralib chiqishidan hosil bo`ladi. Qizig’i shundaki, aksariyat meteorlar juda kichkina, to`nog’ich boshchasi kattaligidadir. Shu bilan birgalikda, ayrim meteorlarning og’irligi bir necha tonnaga ham yetishi mumkin. Aksariyat meteorlar atmosferada yonib ketadi, faqat katta meteorlargina Yer yuzasiga yetib keladi. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, bir kecha-kunduzda Yerga minglab meteorlar tushadi, ammo Yer yuzasining asosiy qismini dengiz va okeanlar tashkil etgani uchun ham meteorlar ko`pincha suvli yerlarga inadi. Biz biror yo`nalishda uchib o`tayotgan meteorni ham ko`rishimiz mumkin, lekin, minglab uchayotgan yulduzlardan iborat meteorlar oqimiga ham ko`zimiz tushib qoladi. Yer meteor oqimini kesib o`tayotganda, atmosferaning yuqori qatlamlariga tushgan ko`plab meteorlar qizib ketadi va biz shunda «meteorlar yomg’iri»ning guvohi bo`lamiz. Meteorlar qanday paydo bo`lgan? Hozirgi munajjimlar meteorlar oqimini kometalarning qoldig’i deb hisoblashadi. Kometa parchalanib ketganda, uning millionlab zarralari kosmosda meteorlar oqimi sifatida aylana orbita bo`ylab harakat qila boshlaydi. Yer har 33 yilda shunday meteorlar oqimi orbitasini kesib o`tadi. Yer yuzasiga yetib kelgan meteor «meteorit» deb ataladi. U yerga og’irlik kuchi bilan tushadi. Moloddan avvalgi 467 yilda Qadimgi Rimda meteorit tushgani qayd etilgan. Qadimgi Rim tarixchilari buni muhim voqea sifatida solnomalarga raqam etishgan.
QANDAY OB'YEKTLAR KOINOTDA KO`CHIB YURADI?
Gravitatsiya Koinotdagi bir ob'yektni ikkinchi bir ob'yektga tortib turadigan kuchdir. Bu kuch kosmik ob'yektlarni Yerga tomon harakat qilishga majbur etadi. Faqat Galileo Galiley (1564—1642) zamoniga kelib gravitatsiya kattaligini aniqlashga urinishlar boshlandi. U vaqtga qadar Yer yuzasiga kelib uriladigan predmetning qo’lash tezligi uning vazniga bog’liq, deb hisoblanar edi. Galiley Piza shahridagi minora tepasidan vazni har xil bo`lgan predmetlarni ularga gravitatsiya «kuchlari» ta'sirini o`rganish maqsadida Yerga tashlab ko`rar edi. U vazni turlicha bo`lgan predmetlar bir vaqtda pastga tashlab yuborilganida, ular Yer yuzasiga bir vaqtda yetib kelishini isbotlab berdi. U sharni qiyalik bo`ylab dumalatib ko`rar va ma'lum bir vaqt oralig’ida uning holatini char edi. Galiley shar tezligi oshishi uning harakat vaqtiga mutanosib ekanini kashf qiyadi. Buning ma'nosi shuki, shar ikkinchi sekundning oxiriga kelib, birinchi sekundning oxiridagiga nisbatan ikki marta, uchinchi sekundning oxiriga kelib uch marta tez harakat qila boshlaydi va hokozolar. U, shuningdek, shar bosib o’tgan masofa uning harakat vaqti kvadratiga teng ekanini hisoblab chiqdi. Son kvadrati u o’sha sonni o’ziga ko’paytirganda hosil bo’ladi. Demak, shar ikkinchi sekund oxiriga kelib, masofani birinchi sekund oxiridagiga nisbatan to’rt barobar, uchinchi sekund oxiriga kelib, to’qqiz marta tez bosib o’tadi va hokozolar. Isaak Nyuton gravitatsiya sohasidagi kashfiyotlarni davom ettirdi. U, predmetni Yerga tortadigan kuch ular o’rtasidagi masofa ortishi bilan kamayib boradi, deb taxmin qildi. Tajriba va kuzatishlar natijasida butun olam tortish qonunini kashf qildi. Qonunning asosiy mazmuni shundan iboratki, agar o’zaro tortishayotgan predmetlardan birortasining massasi (modda miqdori) ikki marta ortsa, tortish kuchi ham shuncha ortadi, agar ular o’rtasidagi masofa ikki marta ortsa, tortish kuchi dastlabki kattalikning to’rtdan bir qismini tashkil etadi. Albert Eynshteyn «Gravitatsiya nima?» degan savolga javob berishga harakat qilib, fazo — vaqt to’rt o’lchamga ega ekanini isbot qildi. Bu o’ta murakkab nazariyadir. Uni tushunish uchun chuqur ilmiy bilimga ega bo’lish talab etiladi. Uning so’nggi nazariyasiga ko’ra, gravitatsiya maydoni elektr, magnit va elektromagnit maydoni bilan bog’liq. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, shu vaqtgacha hech kim gravitatsiyaning hammani birday qanoatlantiradigan qoidasini o’ylab topgani yo’q. Shunga qaramasdan, hammamiz bilamizki, gravitatsiya ta'sirida tezlik har sekundda oldingisiga nisbatan 10 metr ortib boradi, ya'ni tushayotgan predmetning tezligi sekundiga 10 metr oshaveradi. Ilk sekund oxirida tezlik sekundiga 10 metr, ikkinchi sekund oxirida — 20 metr va hokozolar bo’ladi. Agar birinchi sekund oxirida predmet 5 m masofani bosib o’tsa, ikkinchi sekund oxirida 20 m, uchinchi sekund oxirida 45 m. yo’l bosadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.